$
12439.41 UZS
-81.37
151.87 UZS
-1.83
14583.96 UZS
-50.33
31° Kechasi 18°

DXX: “Farg‘ona, Toshkent va Surxondaryo viloyatlarida korrupsion holatlar aniqlandi”

22:55 / 05.09.2025

Joriy yilning yanvar oyida Farg‘ona viloyati Furqat tumanidagi “Yoshlar kichik sanoat zonasi” hududidan mahalliy mas’uliyati cheklangan jamiyatga qurilish materiallari ishlab chiqarish maqsadida uzoq muddatga 22 sotix yer maydoni ijaraga berilgan.

Lekin, muqaddam sudlangan MCHJ rahbari sotish huquqi bo‘lmasa-da, ushbu yer maydonini xaridorga 52 ming AQSH dollariga sotishga kelishib hamda viloyat hokimligi huzuridagi “Kichik sanoat zonalarini boshqarish direksiyasi”da ishlovchi tanishi orqali uning nomiga xususiylashtirib berishi evaziga 15 ming AQSH dollari, jami 67 ming AQSH dollari talab qilgan.

Davlat xavfsizlik xizmati, Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti va Ichki ishlar organlari xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda Farg‘ona viloyati hokimligi huzuridagi “Kichik sanoat zonalarini boshqarish direksiyasi”ning Furqat tumani bo‘yicha yetakchi mutaxassisi MCHJ rahbari bilan birga 15 ming AQSH dollarini olgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat Kodeksining 25, 168-moddasi 3-qismi “A, “V”bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan Bosh prokuratura huzuridagi Departament bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda esa Toshkent viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bosh boshqarmasi yuriskonsulti viloyat ma’muriy sudining apellyatsiya instansiyasida ko‘rib chiqilayotgan ma’muriy ishni mansabdor tanishlari orqali Bo‘ka tumanida aholiga xizmat ko‘rsatuvchi MCHJ ta’sischisi foydasiga ijobiy hal qilib berish evaziga 15 ming AQSH dollari olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Holat yuzasidan yuriskonsultga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 3-qismi “A” bandi va 28, 211-moddasi 2-qismi “B” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llanildi. Bu kabi qonun buzilishi holati Surxondaryo viloyatida ham qayd etilib, unda Sho‘rchi tumani davlat soliq inspeksiyasining soliq inspektori xizmat mavqeidan foydalangan holda 1999-yilda tug‘ilgan fuqaro bilan o‘zaro til biriktirib, mahalliy tadbirkorga tegishli bo‘lgan MCHJning 19 mln. 400 ming so‘mlik soliq qarzdorligini so‘ndirib berish evaziga 8 mln. so‘m talab qilishgan.

Davlat xavfsizlik xizmati, Prokuratura va Ichki ishlar organlari xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda, dastlab 1999 yilda tug‘ilgan fuqaro so‘ralgan pul mablag‘ini olgan vaqtida ushlandi.

So‘ngra tezkor tadbir davom ettirilib, ushbu fuqarodan 6 mln. so‘mni uchinchi shaxs orqali olgan vaqtida soliq inspektorining noqonuniy harakatiga chek qo‘yildi.

Hozirda soliq inspektoriga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 3-qismi “V” bandi va 210-moddasi 2-qismi “V” bandi bilan, uning jinoiy sherigi bo‘lgan fuqaroga esa Jinoyat Kodeksining 28,168-moddasi 3-qismi “V” bandi va 212-moddasi 3-qismi “A” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanildi.

Tergov harakatlari olib borilmoqda.


O‘zbekiston


														
														Bo‘stonliqqa olib boruvchi yo‘l 3 kunga yopiladi

Bo‘stonliqqa olib boruvchi yo‘l 3 kunga yopiladi

Xabarga ko‘ra, Bo‘stonliq tumaniga boruvchi fuqarolar Chirchiq shahri, yoxud Qoramanas, Qo‘shqo‘rg‘on mahallalari orqali har…
09:58 / 09.09.2025

														
														Andijonda hokim o‘rinbosarlari qo‘lga olindi

Andijonda hokim o‘rinbosarlari qo‘lga olindi

Davlat xavfsizlik xizmati va boshqa huquq-tartibot organlari hamkorligida korrupsiyaga qarshi kurashish yo‘nalishida olib bo…
09:29 / 09.09.2025

														
														9-sentyabr kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

9-sentyabr kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

Kechasi 18-20 daraja iliq, kunduzi 30-32 daraja issiq bo‘ladi
22:31 / 08.09.2025

														
														Abu Ali ibn Sino nomidagi maktab tabiiy fanlar yo‘nalishida tayanch maktab sifatida xizmat qiladi

Abu Ali ibn Sino nomidagi maktab tabiiy fanlar yo‘nalishida tayanch maktab sifatida xizmat qiladi

Tayanch maktab va filiallarga qabul 7-sinfdan boshlanadi
21:43 / 08.09.2025

														
														Muhandislik maktablarida 240 nafar o‘quvchi byudjet hisobidan ta’lim oladi

Muhandislik maktablarida 240 nafar o‘quvchi byudjet hisobidan ta’lim oladi

Muhandislik maktablari STEAM modeli asosida yuqori malakali muhandis kadrlar tayyorlaydi
21:40 / 08.09.2025

														
														Maktabgacha ta’limda tadbirkorlarga 7-yilgacha imtiyozli kreditlar va “nol” qiymatida yer uchastkalari beriladi

Maktabgacha ta’limda tadbirkorlarga 7-yilgacha imtiyozli kreditlar va “nol” qiymatida yer uchastkalari beriladi

38 ta “qizil” hududga 1 foiz ijtimoiy va daromad solig‘i, 41 ta “sariq” hududga 5 foiz ijtimoiy va daromad solig‘i belgilana…
21:35 / 08.09.2025

														
														Buyuk Britaniyaga turistik maqsadlarda safar qilgan o‘zbekistonliklar soni oshgan

Buyuk Britaniyaga turistik maqsadlarda safar qilgan o‘zbekistonliklar soni oshgan

2025-yilning yanvar-iyul oylarida jami 3,8 ming nafar O‘zbekiston fuqarolari turistik maqsadlarda Buyuk Britaniyaga safar qi…
20:21 / 08.09.2025

														
														2026-yildan boshlab, maktablar o‘rtasida Prezident sovrini uchun “Ilg‘or muhandislik maktabi” milliy tanlovi o‘tkaziladi

2026-yildan boshlab, maktablar o‘rtasida Prezident sovrini uchun “Ilg‘or muhandislik maktabi” milliy tanlovi o‘tkaziladi

Ta’lim tizimini rivojlantirish bo‘yicha takliflar taqdimot qilindi
18:59 / 08.09.2025

														
														Sud-ekspertlik faoliyati raqamlashtiriladi

Sud-ekspertlik faoliyati raqamlashtiriladi

“Sud-ekspertlik faoliyatini yanada takomillashtirish va sohaga zamonaviy texnologiyalarni keng joriy etish chora-tadbirlari …
17:52 / 08.09.2025

														
														AQSh 39 nafar o‘zbekistonliklarni deportatsiya qildi

AQSh 39 nafar o‘zbekistonliklarni deportatsiya qildi

7-sentyabr, yakshanba kuni Amerika Qo‘shma Shtatlari O‘zbekistonga deportatsiya reysini amalga oshirib, AQShda qonuniy qolis…
15:02 / 08.09.2025

Bu ham qiziq

Qishloq xo‘jaligida QQSni hisoblashning soddalashtirilgan tartibi joriy etiladi

Qishloq xo‘jaligida QQSni hisoblashning soddalashtirilgan tartibi joriy etiladi

2026–2027 yillarda qishloq xo‘jaligi sohasida rasmiy tovar aylanmasini kamida 3 baravar oshirish Farmonni qabul qilishdan ko…
23:04 / 07.09.2025
2026-yildan boshlab, maktablar o‘rtasida Prezident sovrini uchun “Ilg‘or muhandislik maktabi” milliy tanlovi o‘tkaziladi

2026-yildan boshlab, maktablar o‘rtasida Prezident sovrini uchun “Ilg‘or muhandislik maktabi” milliy tanlovi o‘tkaziladi

Ta’lim tizimini rivojlantirish bo‘yicha takliflar taqdimot qilindi
18:59 / 08.09.2025
Rossiya hujumida 4 kishi halok bo‘ldi

Rossiya hujumida 4 kishi halok bo‘ldi

Rossiyaning Ukrainaga tungi hujumi oqibatida to‘rt kishi halok bo‘lgani, 44 kishi yaralangani ma’lum qilindi.
09:55 / 08.09.2025
Isroil Suriyaga havo hujumlarini boshladi

Isroil Suriyaga havo hujumlarini boshladi

Ma’lumotlarga ko‘ra, Isroil harbiy samolyotlari Suriyaning markaziy qismidagi Xoms viloyatiga havo hujumlarini amalga oshirg…
10:39 / 09.09.2025
Tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalari mavjud vositalarni sotuvga qo‘ygan shaxs aniqlandi

Tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalari mavjud vositalarni sotuvga qo‘ygan shaxs aniqlandi

Hozirda holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda
21:39 / 07.09.2025
Andijonda hokim o‘rinbosarlari qo‘lga olindi

Andijonda hokim o‘rinbosarlari qo‘lga olindi

Davlat xavfsizlik xizmati va boshqa huquq-tartibot organlari hamkorligida korrupsiyaga qarshi kurashish yo‘nalishida olib bo…
09:29 / 09.09.2025
Alkaras Sinnerni mag‘lub etib, US Open chempioni bo‘ldi

Alkaras Sinnerni mag‘lub etib, US Open chempioni bo‘ldi

Shuningdek, u italiyalik hamkasbidan ATP reytingidagi karvonboshilikni ham tortib oldi.
15:37 / 08.09.2025
WhatsApp’ning sobiq xodimi Meta’ni sudga berdi

WhatsApp’ning sobiq xodimi Meta’ni sudga berdi

New York Times gazetasining yozishicha, WhatsApp’ning sobiq xavfsizlik boshlig‘i Attaullah Baig, kiberxavfsizlik bilan bog‘l…
09:34 / 09.09.2025
9-sentyabr kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

9-sentyabr kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

Kechasi 18-20 daraja iliq, kunduzi 30-32 daraja issiq bo‘ladi
22:31 / 08.09.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!