$
12344.61 UZS
-82.22
149.70 UZS
2.74
14501.21 UZS
-65.52
31° Kechasi 18°

DXX: Prokuror, advokat va sudya katta yordamchisi pora bilan ushlandi

09:31 / 13.09.2025

Surxondaryo viloyat prokuraturasining bo‘lim prokurori xizmat mavqeidan foydalangan holda, Denov tumani Ichki ishlar boshqarmasi huzuridagi Tergov bo‘limi yurituvidagi 1999-yilda tug‘ilgan fuqaroga nisbatan to‘plangan tergovga qadar tekshiruv materiallarida jinoyat alomatlari mavjud bo‘lsa-da, lekin, jinoyat ishi qo‘zg‘atmaslik to‘g‘risida mazkur tuman IIBga ko‘rsatma berishini aytib, evaziga 2000 AQSh dollari talab qiladi.

Shu yilning 5-sentyabr kuni u so‘ralgan pul mablag‘idan 5 mln so‘mni o‘zining nomidagi plastik kartaga o‘tkazdirib oladi.

Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan Termiz shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbirda, u talab qilingan puldan 1300 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Holat yuzasidan prokurorga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 3-qismi “v” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Boshqa holatda esa Andijon viloyat sudi fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati sudyasining katta yordamchisi Andijon shahrida yashovchi, 1992-yilda tug‘ilgan ayolning nomidan Andijon tumanlararo FIB sudiga da’vo arizasi kiritib, yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali ayolning sobiq turmush o‘rtog‘iga tegishli mol-mulklarning bir qismini uning foydasiga hal qilish haqida qaror chiqartirib berish evaziga 500 AQSh dollari talab qiladi.

Sudya katta yordamchisi hozirga qadar so‘ralgan pul mablag‘idan 200 AQSh dollari oladi.

Davlat xavfsizlik xizmati va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari hamkorligida Andijon shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbirda, u qolgan 300 AQSh dollariga teng hisoblab, 3 mln 800 ming so‘m olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Hozirda sudya katta yordamchisiga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 3-qismi “v” bandi va 28,211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Bu kabi qonunbuzilishi Jizzax shahrida ham qayd etilib, unda mahalliy advokatlik hay’ati advokati o‘z xizmat mavqeidan foydalangan holda, Mirzacho‘l tumanida yashovchi, 1981-yilda tug‘ilgan fuqaro bilan o‘zaro til biriktirib, Sirdaryo viloyatining Guliston tumanidagi manzil koloniyada ozodlikdan mahrum qilish jazosini o‘tayotgan mahkumni Jizzax viloyat sud tizimidagi tanishlari orqali oqlov hukmi asosida muddatidan oldin ozodlikka chiqarib berish evaziga 6 ming AQSh dollari talab qilishadi.

Davlat xavfsizlik xizmati va Prokuratura organlari xodimlari hamkorligida Jizzax shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbirda, ular so‘ralgan pul mablag‘ini olgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat Kodeksining 25,168-moddasi 3-qismi “v” bandi va 28,211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.


O‘zbekiston


														
														16-sentyabr kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

16-sentyabr kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati agentligining xabar berishicha, 16-sentyabr kuni Toshkentda havo o‘zgari…
18:14 / 15.09.2025

														
														Mubashshir Ahmadning sudi 18-sentyabrga qoldirildi

Mubashshir Ahmadning sudi 18-sentyabrga qoldirildi

Mubashshir Ahmad bugungi sud majlisida har bir ayblov moddasi bo‘yicha so‘ralgan savollarga javob berganlari aytilmoqda.
18:08 / 15.09.2025

														
														Prezident pedagoglar uchun yangi imtiyozlarni e’lon qildi

Prezident pedagoglar uchun yangi imtiyozlarni e’lon qildi

Yangi yildan kamida 15 yil stajga ega oliy toifali pedagoglarga ipoteka krediti boshlang‘ich badalining 25 foizi qoplab beri…
15:56 / 15.09.2025

														
														9 va 11-sinf bitiruvchilari uchun yagona davlat imtihonlari joriy qilinadi

9 va 11-sinf bitiruvchilari uchun yagona davlat imtihonlari joriy qilinadi

Prezident Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida o‘qituvchi va murabbiylar kuni arafasida soha xodimlari bilan muloqot o‘tkaz…
14:46 / 15.09.2025

														
														Hafta o‘rtasida harorat 20 darajagacha pasayishi kutilmoqda

Hafta o‘rtasida harorat 20 darajagacha pasayishi kutilmoqda

“Ish haftasi davomida O‘zbekiston hududi Janubiy Qozog‘iston ustidagi yuqori siklon bilan bog‘liq bo‘lgan salqin va nam havo…
14:09 / 15.09.2025

														
														Ekologiya vazirligi Toshkentda 20 ta korxona faoliyatini vaqtincha to‘xtatdi

Ekologiya vazirligi Toshkentda 20 ta korxona faoliyatini vaqtincha to‘xtatdi

“Joriy yilning dastlabki 8 oyi davomida Toshkent shahri atmosfera havosini yaxshilash maqsadida bir qator ijobiy o‘zgarishla…
13:05 / 15.09.2025

														
														Toshkentda yer cho‘kib, avtobus botib qoldi

Toshkentda yer cho‘kib, avtobus botib qoldi

Mazkur hodisa oqibatida yo‘lovchilar orasida tan jarohati olganlar bo‘lmagan.
12:06 / 15.09.2025

														
														Bugun Shavkat Mirziyoyev Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumaniga tashrif buyuradi

Bugun Shavkat Mirziyoyev Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumaniga tashrif buyuradi

Tashrif doirasida Prezident o‘qituvchi va murabbiylar bilan muloqot qiladi.
11:04 / 15.09.2025

														
														Toshkentda YTHga uchragan avtomobil yonib ketdi

Toshkentda YTHga uchragan avtomobil yonib ketdi

Xabarga ko‘ra, yong‘in oqibatida tan jarohati olganlar bo‘lmagan.
10:17 / 15.09.2025

														
														15-sentyabr kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

15-sentyabr kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

Kechasi 17-19, kunduzi 27-29 daraja iliq bo‘ladi
22:54 / 14.09.2025

Bu ham qiziq

Pokistonning Panjob viloyatida yuz bergan suv toshqinlarida 97 kishi halok bo‘ldi

Pokistonning Panjob viloyatida yuz bergan suv toshqinlarida 97 kishi halok bo‘ldi

Tabiiy ofat natijasida 2,4 millionga yaqin aholi evakuatsiya qilinishi kerak edi. Bu haqda Pokistonning Dawn nashri xabar be…
13:02 / 14.09.2025
Markaziy osiyoliklarga Rossiya fuqaroligini berishni to‘xtatish taklif qilindi

Markaziy osiyoliklarga Rossiya fuqaroligini berishni to‘xtatish taklif qilindi

Fikrlarga ko'ra, migrantlar oqimining ortishi Rossiya milliy xavfsizligiga tahdid solmoqda
20:59 / 14.09.2025
Charli Kirkni o‘ldirishda gumonlanayotgan shaxs aybini tan olmadi

Charli Kirkni o‘ldirishda gumonlanayotgan shaxs aybini tan olmadi

U tergov bilan hamkorlik qilishdan bosh tortmoqda
22:52 / 14.09.2025
Yevropa mamlakatlari rossiyaliklar uchun Shengen vizasini olish tartibini yanada qiyinlashtirdi

Yevropa mamlakatlari rossiyaliklar uchun Shengen vizasini olish tartibini yanada qiyinlashtirdi

Yevroittifoq bu qarorni Ukrainadagi harbiy harakatlar bilan izohladi
22:19 / 14.09.2025
Isroilning G‘azoga uyushtirgan oxirgi hujumlarida 7 kishi halok bo‘ldi

Isroilning G‘azoga uyushtirgan oxirgi hujumlarida 7 kishi halok bo‘ldi

Ma’lumotlarga ko‘ra, Isroil armiyasining G‘azoning turli hududlarida uyushtirgan hujumlarida 7 kishi halok bo‘lgan va ko‘pla…
14:21 / 14.09.2025
Avstriya tashqi ishlar vaziri NATOga qo‘shilish tarafdori emasligini aytdi

Avstriya tashqi ishlar vaziri NATOga qo‘shilish tarafdori emasligini aytdi

1-sentyabr kuni Avstriya kansleri Kristian Stoker Avstriyaning NATOga qo‘shilishi masalasi kun tartibida emasligini, respubl…
15:55 / 14.09.2025
Ertadan shaharning ayrim hududlarida issiq suv ta’minoti to‘xtatiladi

Ertadan shaharning ayrim hududlarida issiq suv ta’minoti to‘xtatiladi

“Veolia Energy Tashkent” noqulayliklar uchun uzr so‘ragan
20:23 / 14.09.2025
Poytaxtdagi avtobus yo‘nalishlari tutash hududlargacha uzayadi(mi?)

Poytaxtdagi avtobus yo‘nalishlari tutash hududlargacha uzayadi(mi?)

Toshkent shahar transport bosh boshqarmasi bu borada tushuntirishlar berib o‘tdi
18:25 / 14.09.2025
Bugun Shavkat Mirziyoyev Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumaniga tashrif buyuradi

Bugun Shavkat Mirziyoyev Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumaniga tashrif buyuradi

Tashrif doirasida Prezident o‘qituvchi va murabbiylar bilan muloqot qiladi.
11:04 / 15.09.2025
Zoxran Mamdani: “Agar Nyu-York merligiga saylansam Netanyaxuni hibsga olishga order beraman”

Zoxran Mamdani: “Agar Nyu-York merligiga saylansam Netanyaxuni hibsga olishga order beraman”

Nyu-York merligi uchun saylovlar noyabr oyida bo‘lib o‘tadi
19:20 / 14.09.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!