2025-yilning yanvar-sentyabr oylarida 35 284 nafar jismoniy shaxs elektr tarmoqlariga o‘tkazilgan quyosh energiyasi uchun 153 mlrd 643 mln so‘m davlat budjetidan subsidiya olgan. Bu haqda Energetika vazirligi xabar bermoqda.
Subsidiyaning eng katta qismi quyidagi hududlarga to‘g‘ri kelgan:
– Xorazm viloyati – 42,6 mlrd so‘m;
– Qoraqalpog‘iston Respublikasi – 22,4 mlrd so‘m;
– Buxoro viloyati – 15,3 mlrd so‘m.
“Subsidiyani “Soliq” mobil ilovasi “Keshbek va imtiyozlar” xizmatining “Quyoshli xonadon” bo‘limidagi “Kartaga pul o‘tkazish” oynasi orqali bank kartasiga o‘tkazib olish mumkin”, deyiladi xabarda.
Ma’lumot uchun, 2023-yil 1-apreldan “Quyoshli xonadon” dasturi doirasida xonadoniga quyosh panellarini o‘rnatgan jismoniy shaxslarga quyosh paneli orqali ishlab chiqarilgan va yagona elektr energetika tizimiga uzatilgan elektr energiyasining har bir kilovatt/soati uchun 1000 so‘mdan subsidiya ajratilishi belgilangan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!