$
12149.84 UZS
7.74
151.10 UZS
0.57
14003.91 UZS
-76.07
31° Kechasi 18°

O‘zbekistonda haydovchilik huquqidan mahrum bo‘lganlarni kameralar orqali aniqlash boshlandi

12:17 / 05.03.2026

O‘zbekistonda endi haydovchilik huquqidan mahrum etilgan inson mashina boshqarsa, holat kameralar tomonidan aniqlanib, huquqbuzarga nisbatan chora ko‘riladi. Bu haqda YHXX axborot xizmati rahbari Zoir Yo‘ldoshev xabar berdi.

“Haydovchilik huquqisiz yoki ushbu huquqdan mahrum etilgan shaxslarning qonunbuzarliklari jamiyat uchun katta ko‘ngilsizliklar keltirib chiqarishining oldini olishda endi raqamli texnologiyalar imkoniyatlaridan keng foydalaniladi”, – dedi Zoir Yo‘ldoshev.

​Unga ko‘ra, hozirda O‘zbekistondagi avtomobil yo‘llarida shaxsning yuzini aniqlash funksiyasiga ega kameralar hamda foto va video qayd etish qurilmalari o‘rnatilgan bo‘lib, 2026-yilning 23-fevralidan 3-martgacha test rejimida ishlagan ushbu qurilmalar orqali bir qancha haydovchilik huquqidan mahrum etilgan fuqarolarning mashina boshqargani, boshqaruv vaqtida telefondan foydalangani aniqlangan. Endilikda ushbu qurilmalar qoidabuzarliklarga nisbatan onlayn ravishda chora ko‘rishni  boshlaydi. Boshqaruv huquqidan mahrum etilgan shaxslarning transport vositasini boshqarishi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 135-moddasi uchinchi qismi bilan bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravari — 20,6 million so‘m miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi. Agar haydovchilik huquqidan mahrum etilgan shaxs ma’muriy jazo qo‘llanilgandan keyin ham avtomashina boshqarsa, unga nisbatan Jinoyat kodeksining 261-2-moddasi (transport vositalarini boshqarish huquqidan mahrum etilgan shaxsning transport vositasini boshqarishi) bilan BHMning 50 baravaridan 100 baravarigacha — 20,6 million so‘mdan 41,2 million so‘mgacha miqdorda jarima yoki ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud ikki yildan uch yilgacha ozodlikdan mahrum etish bilan jazolanadi.


O‘zbekiston


														
														Favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida malakali kadrlar tayyorlanadi

Favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida malakali kadrlar tayyorlanadi

“Favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida malakali kadrlar tayyorlash tizimini tubdan isloh qilish chora-tadbirlari…
14:32 / 04.04.2026

														
														Endilikda dori vositalarini ro‘yxatdan o‘tkazishda ularning xalqaro miqyosdagi samaradorligi o‘rganiladi

Endilikda dori vositalarini ro‘yxatdan o‘tkazishda ularning xalqaro miqyosdagi samaradorligi o‘rganiladi

Unga ko‘ra, dori vositalarining samaradorligi 12 ta xalqaro ilmiy manbalar asosida tekshiriladi.
13:57 / 04.04.2026

														
														Qoraqalpog‘istonda “Media haftalik”ning ilk bosqichi yakunlandi

Qoraqalpog‘istonda “Media haftalik”ning ilk bosqichi yakunlandi

So‘nggi besh kun mobaynida Qoraqalpog‘iston Respublikasi mamlakatimiz axborot makonining tom ma’nodagi qaynoq markaziga — o‘…
12:53 / 04.04.2026

														
														PPX xodimiga musht tushirgan erkak hibsda qoldirildi

PPX xodimiga musht tushirgan erkak hibsda qoldirildi

Unga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi o‘zgarishsiz qoldirildi.
11:40 / 04.04.2026

														
														Kichik halqa yo‘lida (KHAY) ta’mirlash ishlarining uchinchi bosqichi boshlandi

Kichik halqa yo‘lida (KHAY) ta’mirlash ishlarining uchinchi bosqichi boshlandi

Shu sababli ayrim ko‘chalarda transportlar harakati vaqtincha cheklandi.
10:28 / 04.04.2026

														
														Toshkentda bank eksperti 10 ming dollar bilan ushlandi

Toshkentda bank eksperti 10 ming dollar bilan ushlandi

Hozirda unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
09:28 / 04.04.2026

														
														Endi nomingizda bo‘lmagan telefon raqam bilan bank ilovasiga kira olmaysiz

Endi nomingizda bo‘lmagan telefon raqam bilan bank ilovasiga kira olmaysiz

22-apreldan boshlab mobil bank ilovalaridan foydalanish uchun telefon raqami aynan foydalanuvchi nomiga rasmiy ro‘yxatdan o‘…
16:49 / 03.04.2026

														
														Namangan–Dehli yo‘nalishida to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yildi

Namangan–Dehli yo‘nalishida to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yildi

Ushbu yo‘nalishidagi qatnovlar har haftaning juma kuni amalga oshirilishi rejalashtirilgan.
16:25 / 03.04.2026

														
														4-aprel kuni uchun ob-havo ma’lumoti

4-aprel kuni uchun ob-havo ma’lumoti

Toshkent shahrida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.
16:12 / 03.04.2026

														
														Tojikistondagi zilzila O‘zbekistonda ham sezildi

Tojikistondagi zilzila O‘zbekistonda ham sezildi

O‘zbekiston Respublikasi hududida sezilish kuchi:
15:36 / 03.04.2026

Bu ham qiziq

Qoraqalpog‘istonda “Media haftalik”ning ilk bosqichi yakunlandi

Qoraqalpog‘istonda “Media haftalik”ning ilk bosqichi yakunlandi

So‘nggi besh kun mobaynida Qoraqalpog‘iston Respublikasi mamlakatimiz axborot makonining tom ma’nodagi qaynoq markaziga — o‘…
12:53 / 04.04.2026
Erondagi ko‘prikka uyushtirilgan hujum natijasida halok bo‘lganlar soni 13 kishiga yetdi

Erondagi ko‘prikka uyushtirilgan hujum natijasida halok bo‘lganlar soni 13 kishiga yetdi

Tehron va Karaj o‘rtasidagi Eronning V1 ko‘prigiga AQSh-Isroil hujumi natijasida halok bo‘lganlar soni 13 kishiga yetdi.
09:50 / 04.04.2026
Qirg‘izistonda Qamchibek Tashiyevning ukasi qo‘lga olindi

Qirg‘izistonda Qamchibek Tashiyevning ukasi qo‘lga olindi

U davlatga 4,1 milliard qirg‘iz so‘mi (47 million dollar) miqdorida zarar yetkazganlikda gumon qilinmoqda.
10:15 / 02.04.2026
4-aprel kuni uchun ob-havo ma’lumoti

4-aprel kuni uchun ob-havo ma’lumoti

Toshkent shahrida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.
16:12 / 03.04.2026
Bank xodimi mijozni o‘ldirib, jasadni kanalga tashlab yubordi

Bank xodimi mijozni o‘ldirib, jasadni kanalga tashlab yubordi

Qo‘qon shahridagi banklardan birining kredit bo‘limi mutaxassisi A.T. gumonlanuvchi sifatida qo‘lga olinganini ma’lum qildi.…
10:43 / 03.04.2026
Starlink qurilmasini noqonuniy olib kirmoqchi bo‘lgan fuqaroga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Starlink qurilmasini noqonuniy olib kirmoqchi bo‘lgan fuqaroga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Tekshiruv jarayonida transport vositasining yukxona qismida yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasida ko‘rsatilmagan, shuningdek, t…
17:33 / 01.04.2026
Xitoyda yangi virus tarqaldi

Xitoyda yangi virus tarqaldi

Reuters xabariga ko‘ra, Xitoyda ilgari uchramagan yangi turdagi yashur kasalligi, ya’ni chorva orasida tez yuqadigan virus a…
11:24 / 03.04.2026
2027-yildan boshlab oliy taʼlim tashkilotlarini ularning milliy reytingdagi natijalariga koʻra moliyaviy ragʻbatlantirish tizimi yoʻlga qoʻyiladi

2027-yildan boshlab oliy taʼlim tashkilotlarini ularning milliy reytingdagi natijalariga koʻra moliyaviy ragʻbatlantirish tizimi yoʻlga qoʻyiladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar tizimini yanada takomillashtirishga qaratilgan takliflar taq…
15:13 / 03.04.2026
NASA Yerning yangi suratlarini e’lon qildi

NASA Yerning yangi suratlarini e’lon qildi

Oyga so‘nggi boshqariladigan missiya 1972-yil dekabr oyida Amerikaning "Apollon-17" ekspeditsiyasi doirasida amalga oshirilg…
14:18 / 04.04.2026
Toshkentda PPX xodimiga musht tushirgan haydovchiga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Toshkentda PPX xodimiga musht tushirgan haydovchiga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

30-mart kuni tungi vaqtda Yashnobod tumani ko‘chalarining birida Malibu va Leapmotor avtomashinalari ishtirokida to‘qnashuv …
14:06 / 02.04.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!