$
12196.00 UZS
3.94
151.74 UZS
8.74
14141.26 UZS
144.78
31° Kechasi 18°

1-yanvardan O‘zbekiston qonunchiligida nimalar o‘zgaradi?

10:38 / 30.12.2021

2022-yil 1-yanvardan O‘zbekiston qonunchiligida qator o‘zgarishlar kuchga kiradi.  Asosiy o‘zgarishlar haqida “Norma” qisqacha ma’lumot berdi.

Soliq solishda nimalar o‘zgaradi?

Mahalliy ishlab chiqarilgan uzum va meva-rezavorlardan tayyorlangan tabiiy ravishda achitilgan tabiiy vino (etil spirti qo‘shilmagan holda) va ko‘piklanadigan vinoning 1 daliga aksiz solig‘i 1 so‘m etib belgilandi.

“Mehr daftari”ga kiritilgan yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armalar mablag‘lari alkogol mahsulotlarining (pivo va tabiiy vino bundan mustasno) ulgurji savdosi bilan shug‘ullanuvchi korxonalar sof tushumining ajratmalari, shuningdek, qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan shakllantiriladi.

Alkogol mahsulotlarining (pivo va tabiiy vino bundan mustasno) ulgurji savdosi bilan shug‘ullanuvchi korxonalar sof tushumidan ajratmalar miqdori 5 foizdan 3 foizga pasaytiriladi. Ular byudjetga to‘lanadigan soliq va yig‘imlarga tenglashtiriladi, soliq organlari tomonidan undiriladi va import qilinadigan alkogol mahsulotlariga nisbatan tatbiq etilmaydi.

2023-yil 1-yanvarga qadar respublika tumanlarida (Toshkent shahri bundan mustasno) faoliyat yurituvchi yakka tartibdagi tadbirkorlik subyektlariga belgilangan ijtimoiy soliq stavkasi 2 baravarga pasaytiriladi.

QQSning salbiy summasini qoplash (qaytarish) uchun soliq organlariga ariza bilan alohida murojaat qilish haqidagi majburiy talab bekor qilinadi.

Soliq to‘lovchi tegishli soliq davri uchun soliq hisobotini topshirishda, soliq organlarini xabardor etgan holda QQS salbiy summasini qoplash (qaytarish) talabini bildirishga haqli.

Yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan soliq va bojxona to‘lovlari bo‘yicha qarzdorlik to‘lanmaganda, soliq yoki bojxona organlari bankka to‘lovchining hisobvaraqlaridagi qarzdorlik summasiga teng miqdordagi pul mablag‘larini muzlatib qo‘yish va ularni 30 kalendar kunidan so‘ng undirish to‘g‘risidagi farmoyishni bu haqda to‘lovchini xabardor qilgan holda yuboradi.

Uyali aloqa operatorlari uchun uyali aloqa xizmatlariga solinadigan aksiz solig‘i stavkasi 10 foizgacha pasaytiriladi.

Tekshiruvlar qanday amalga oshiriladi?

Nazorat qiluvchi organlar tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatini belgilangan tartibda tasdiqlangan savolnoma bo‘yicha tekshiradi.

SSP a’zosi bo‘lgan tadbirkorlik subyektining faoliyatini tekshirishda ushbu tadbirkorlik subyekti roziligi bilan SSP xodimlari ishtirok etadi.

Tadbirkorlik subyektlari faoliyatida tekshiruvlarni o‘tkazishga qonunbuzilishlarga yo‘l qo‘yilishining oldini olish bo‘yicha profilaktika tadbirlari belgilangan tartibda o‘tkazilgandan so‘ng yo‘l qo‘yiladi. Bundan soliq tekshiruvlari, jinoyat ishlari va tezkor-qidiruv faoliyati doirasida, shuningdek, qonunchilik hujjatlari buzilishi haqidagi murojaatlar va ma’lumotlar asosida o‘tkaziladigan tekshiruvlar mustasno.

Moliyaviy sanksiyalar quyidagi hollarda bekor qilinadi:

– kameral soliq tekshiruvi natijalari bo‘yicha aniqlangan huquqbuzarliklar uchun;

– tadbirkorlik subyektlari tomonidan soliq hisobotini belgilangan muddatlarda taqdim etmaganlik uchun.

Bojxona tartib-taomillari soddalashtiriladi

Ortiqcha to‘langan yoki undirilgan bojxona to‘lovlarini bojxona organlari tomonidan qaytarish to‘g‘risidagi qaror qabul qilingandan so‘ng ushbu mablag‘lar TIF ishtirokchisiga uch ish kuni davomida qaytariladi.

Bojxona to‘lovlarini kechiktirib yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lashning eng kam muddati 14 kun etib belgilanadi. Ushbu muddatda foizlar undirilmaydi, bunda kechiktirib yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lashning eng kam muddatidan ortganda to‘liq davr uchun foizlar hisoblanadi.

Qo‘shimcha hisoblangan bojxona to‘lovlarining undirilmaydigan va qaytarilmaydigan miqdori BHMning 20 foizigacha etib belgilanadi.

Tovarlarning TIF tovarlar nomenklaturasi bo‘yicha kodini aniqlash yuzasidan bojxona organi tomonidan tayinlangan ekspertiza yakunlangunga qadar tovarlarni bojxona to‘lovlari to‘lanishini ta’minlash orqali shartli chiqarib yuborish amaliyoti joriy etiladi.

Zaharlilik darajasi "Yevro-4" ekologik toifa talablariga mos kelmaydigan gaz, benzin va dizel dvigatellari bilan jihozlangan "M" va "N" toifalaridagi g‘ildirakli transport vositalaridan foydalanish va ularni sotish maqsadida "vaqtincha olib kirish" va "erkin muomala (import) uchun chiqarish" bojxona rejimiga joylashtirish taqiqlanadi.

Pensiyalar to‘lashning yangi tartibi joriy etiladi

Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi tomonidan moliyalashtiriladigan pensiyalar, ijtimoiy nafaqalar, kompensatsiyalar va boshqa to‘lovlarni to‘lash tijorat banki va boshqa ixtisoslashgan tashkilotlar tomonidan amalga oshiriladi.

Pensiya va nafaqalarni mahalla fuqarolar yig‘ini binosi yoki fuqaroning yashash manziliga yetkazib berish shartlaridan kelib chiqib, xizmat haqi differensiyalashgan tartibda pensiya va nafaqalar to‘lanadigan (yetkazib berilgan) summaning 1 foizigacha miqdorda bo‘lishi mumkin. Pensiya va nafaqalarni yetkazib berish bilan bog‘liq xarajatlar Pensiya jamg‘armasi va respublika byudjeti tomonidan to‘lab beriladi.

Sog‘liqni saqlash sohasida shtat birliklari kengaytiriladi

Oilaviy shifokor punktlari va oilaviy poliklinikalarda “tibbiyot brigadalari” faoliyatini yo‘lga qo‘yish, shuningdek, aholiga yanada sifatli tibbiy xizmatlar ko‘rsatish qamrovini kengaytirish uchun qo‘shimcha 10 mingta o‘rta tibbiyot xodimlari shtatlari ajratiladi.

Markaziy tuman (shahar) shifoxonalarining Davlat byudjetidan moliyalashtiriladigan amaldagi koykalar fondining 10%i to‘lov asosida tibbiy xizmatlar ko‘rsatishdan tushadigan byudjetdan tashqari mablag‘lar hisobiga ta’minlanadigan koykalar fondiga o‘tkaziladi.

Paralimpiyachilar uchun kollejlarda qo‘shimcha kvotalar

Olimpiya zaxiralari kollejlarining paralimpiya sport turlari bo‘limlariga yuborilayotgan jismoniy imkoniyati cheklangan va nogironligi bo‘lgan sportchilar uchun 5 foizgacha qo‘shimcha kvotalar ajratiladi.

Davlat sport ta’lim muassasalarida paralimpiya sport turlari bo‘yicha trenerlarning lavozim maoshini hisoblashda bazaviy tarif stavkalari 1,5 baravar miqdorda qo‘llaniladi.

Chet tilini bilganlik uchun - ustama

Xorijiy tillardan milliy va xalqaro sertifikatga ega davlat boshqaruv idoralarining barcha bo‘g‘inlari xodimlariga lavozim maoshiga nisbatan 20 foizgacha qo‘shimcha ustama tashkilotlarning byudjetdan tashqari hamda ish haqi fondi doirasida byudjet mablag‘lari hisobidan to‘lanadi.

Boshqaruvchi kompaniyalar oldidagi qarzdorlik shartnomada ko‘rsatiladi

Notarial idoralar tomonidan mulkdorlarning boshqaruvchi oldida qarzdorligi mavjud bo‘lgan taqdirda, uning miqdori uy-joylarga bo‘lgan mulk huquqini rasmiylashtirishda tegishli shartnomada aks ettiriladi. Yangi mulkdor ushbu qarzdorlik haqida ogohlantiriladi.

Konsertga faqat NKM cheki bilan

Namoyish obyektlari ro‘yxatiga kiritilgan namoyish obyektlarida chiptalar savdosini tegishli yagona elektron tizimga integratsiya qilmagan holda amalga oshirish NKM va hisob-kitob terminallarini qo‘llash tartibini buzish deb baholanadi.

Davlat xizmatchilari daromad to‘g‘risidagi deklaratsiyani to‘ldiradilar

Davlat xizmatchilari, davlat ulushi 50 foizdan yuqori bo‘lgan tashkilotlar, davlat korxonalari va muassasalari rahbarlari va o‘rinbosarlari, ularning turmush o‘rtog‘i va voyaga yetmagan farzandlarining daromadlari va mol-mulki deklaratsiya qilinishi kerak bo‘ladi.

Davlat xizmatchilariga respublika hududidan tashqarida hisobraqamlar ochish va egalik qilish, naqd pul mablag‘larini saqlash, ko‘chmas va boshqa mol-mulkka ega bo‘lish taqiqlanadi (xorijda ishlayotgan davlat xizmatchilari va davlat xizmatiga kirishdan oldin olingan mol-mulk bundan mustasno).

Avtomototransport vositasini ijaraga berish shartnomasi - notarial tasdiqlashsiz

Jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan avtomototransport vositalarini elektron savdo platformasidagi elektron onlayn-auksion yo‘li bilan ijaraga berishda shartnomalarni notarial tasdiqlash talabi bekor qilinadi. Bunda elektron onlayn-auksion natijasiga ko‘ra rasmiylashtirilgan bayonnoma ijara shartnomasi kuchiga ega bo‘ladi.

Taqdim etiladigan ma’lumotlar soni kamayadi

Davlat organlari, xo‘jalik birlashmalari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va davlat tashkilotlari tomonidan aholidan, shu jumladan tadbirkorlik subyektlaridan bir qator ma’lumotlar va hujjatlarni talab qilish bekor qilinadi.

Sud tizimi raqamlashtirilmoqda

Sud qarorlari taraflarga onlayn tarzda, ularning iltimosnomasi bo‘yicha esa qog‘oz shaklida taqdim etiladi.

Sudyalar oliy maktabiga uning rasmiy sayti orqali ariza va murojaatlar yo‘llanadi. Professor-o‘qituvchilar va tinglovchilarning elektron reytingi, shuningdek sudyalik lavozimlariga nomzodlarni tayyorlash doirasida va qayta tayyorlash, ularning malakasini oshirish kurslari tinglovchilarining o‘quv jarayonini onlayn tarzda nazorat qilish tartibi joriy etiladi.

Tugallanmagan qurilishni moliyalashtirish to‘xtatiladi

Qurilish-montaj ishlari yakunlanganligi to‘g‘risida qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyalarining foydalanishga ruxsati olinmagan ob’ektlarni joriy saqlash uchun Davlat byudjetidan mablag‘lar ajratilishi taqiqlanadi.

Majburiyatlarini bajarmagan shaxslar bilan yer ijarasi shartnomalari bekor qilinadi 

Ko‘p tarmoqli faoliyatni o‘zlashtirmagan fermer xo‘jaliklari bilan tuzilgan yer ijarasi shartnomalari qonun hujjatlariga muvofiq bekor qilinadi.

Qarzdorning mol-mulki kim oshdi savdosida sotiladi

Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etishda mol-mulkni realizatsiya qilish bo‘yicha elektron onlayn auksionda sotuvga qo‘yilgan mol-mulk uni sotishdan tushgan pul mablag‘lari hisobidan auksion g‘olibiga qarzlarsiz va taqiqlardan yechilgan holda topshiriladi. Bunda, mol-mulkni sotishdan tushgan pul mablag‘lari yetarli bo‘lmaganda qarzdorlikni to‘lash majburiyati uning sobiq egasi – qarzdor zimmasida qoladi.

Shartnomaning tarafi ikkinchi tarafdan shartnoma bo‘yicha majburiyatlarni to‘la yoki qisman bajarishini qabul qilgan yoxud shartnomaning amal qilishini boshqacha tarzda tasdiqlaganda, ushbu shartnomani keyinchalik haqiqiy emas deb topishni talab qilishga, agar bunday talab halollik prinsipiga zid bo‘lsa, haqli emas.

Kommunal xizmatlar ko‘rsatish shartnomalarni monopoliyaga qarshi kurashish organi tekshiradi

Kommunal soha, energiya bilan ta’minlash, aloqa xizmati, yo‘lovchi va yuklarni tashish va boshqa shu kabi katta ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan sohalarda tabiiy monopoliya subyektlari tomonidan ishlab chiqilgan ommaviy shartnomalar monopoliyaga qarshi kurashish organi bilan kelishilganidan so‘ng iste’molchilar bilan tuziladi.

Davlat xizmatlari soni ko‘payadi

Davlat xizmatlari markazlari orqali quyidagi xizmatlar amalga oshiriladi:

- O‘zbekiston fuqarosi, respublikada doimiy yashovchi chet el fuqarosi va fuqaroligi bo‘lmagan shaxsning identifikatsiya ID-kartasini hamda O‘zbekiston fuqarosining xorijga chiqish biometrik pasportini rasmiylashtirish va berish;

- jismoniy shaxslarga ayrim faoliyat turlari bilan shug‘ullanish huquqini beruvchi malaka sertifikatlarini berish hamda ularni ushbu maqsadda attestatsiyadan o‘tkazish.


Bu ham qiziq

Kartoshka ko‘rinishida niqoblangan 72 kg narkotik modda fosh qilindi

Kartoshka ko‘rinishida niqoblangan 72 kg narkotik modda fosh qilindi

Hozirda holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
11:46 / 24.03.2026
25-mart uchun ob-havo ma’lumoti

25-mart uchun ob-havo ma’lumoti

Toshkent shahrida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kec…
16:46 / 24.03.2026
Prezidentga Yangi Toshkentdagi “Buyuk Ipak yo‘li” loyihasi taqdimot qilindi

Prezidentga Yangi Toshkentdagi “Buyuk Ipak yo‘li” loyihasi taqdimot qilindi

Maydoni 32 gektar bo‘lgan “Buyuk Ipak yo‘li” majmuasi Yangi Toshkentning muhim jamoat va madaniy makonlaridan biri bo‘lishi …
09:20 / 25.03.2026
“Qamchiq” dovonida yuk avtomobili ag‘darilib ketdi

“Qamchiq” dovonida yuk avtomobili ag‘darilib ketdi

Kuni kecha, taxminan soat 11:30 lar atrofida “Qamchiq” dovonida yuk avtomobili haydovchisi boshqaruv yo‘qotishi oqibatida yu…
14:40 / 23.03.2026
Ikki oyda 1 milliondan ortiq o‘zbekistonliklar chet elga safar qilgan

Ikki oyda 1 milliondan ortiq o‘zbekistonliklar chet elga safar qilgan

Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda qariyb 49,3 ming nafarga oshgan.
11:06 / 22.03.2026
“Italiya – Markaziy Osiyo (C5) + Ozarbayjon” biznes- forumining yakuniy kommyunikesi qabul qilindi

“Italiya – Markaziy Osiyo (C5) + Ozarbayjon” biznes- forumining yakuniy kommyunikesi qabul qilindi

Toshkentda “Italiya – Markaziy Osiyo (C5) + Ozarbayjon” biznes-forumi bo‘lib o‘tmoqda.
17:55 / 23.03.2026
“Sirdaryo” chegara posti orqali Qozog‘istonga o‘tish tiklandi

“Sirdaryo” chegara posti orqali Qozog‘istonga o‘tish tiklandi

Endilikda fuqarolar uchun chegaradan o‘tish jarayonlari yanada yengillashtirilib, qulay va tezkor harakatlanish imkoniyati y…
15:18 / 24.03.2026
Toshkent–Dubay yo‘nalishidagi ayrim reyslar bekor qilindi

Toshkent–Dubay yo‘nalishidagi ayrim reyslar bekor qilindi

Bekor qilingan reyslar yo‘lovchilariga aviakompaniyaning istalgan keyingi reyslariga chiptalarni bepul qayta rasmiylashtiris…
09:44 / 24.03.2026
Eronning Isroilga tungi zarbalari natijasida 160 dan ortiq kishi jarohatlangan

Eronning Isroilga tungi zarbalari natijasida 160 dan ortiq kishi jarohatlangan

Isroil rasmiylari ma’lumotiga ko‘ra, hujumlar natijasida Aradda 84 kishi, Dimonada 78 kishi jarohatlangan. Ushbu ikki shahar…
18:52 / 22.03.2026
Sifati kafolatlanmagan dori vositalari fosh etildi

Sifati kafolatlanmagan dori vositalari fosh etildi

Yaroqlilik muddati tugagan 55 840 dona “Menovazin”, 25 000 dona “Vodorod peroksidi”, 50 800 dona “Etil spirti” hamda 28 mln …
17:22 / 25.03.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!