Özbekistondagi bir qator internet naşrlari ijtimoiy tarmoqlarda mualliflik huquqi buzilgani haqidagi şikoyatlar orqali pul undiriş holatlariga duç kelmoqda. Noma’lum şaxslar naşrlarning materiallari ustidan şikoyat yuborib, postlar öçirilganidan söng ularni qaytarib oliş evaziga pul talab qilmoqda. Bu haqda Repost.uz xabar berdi.
Ma’lum qilinişiça, Repost.uz, Pressa.uz va Oblako.uz naşrlarining Instagram hamda Facebook’dagi yangilik va reklama postlari ustidan mualliflik huquqi buzilgani haqida şikoyatlar yuborilgan. Natijada ayrim materiallar platformalar tomonidan öçirib taşlangan.
Naşr vakillari şikoyat mualliflari bilan boğlanganida, ular da’volarni qaytarib oliş uçun pul talab qilgan. Ayrim holatlarda pul ötkazilganidan keyin şikoyatlar bir neça daqiqa içida bekor qilingan.
Ketma-ket yuborilgan şikoyatlar OAV sahifalarining çeklanişi yoki butunlay bloklanişiga olib kelişi mumkin. Bu esa naşrlarning auditoriyasini yöqotişi, reklama şartnomalarini bajara olmasligi va moliyaviy zarar körişiga sabab böladi.
Şuningdek, ayrim sahifalar bloklanganidan keyin noma’lum şaxslar ularni pul evaziga tiklab berişni taklif qilgani aytilmoqda. Biroq ularning ijtimoiy tarmoq xodimlari bilan aloqasi borligi haqidagi da’volar tasdiqlanmagan.
Hozirça şikoyatlarni kimlar yuborayotgani aniqlanmagan. Repost.uz ma’lumotiga köra, ayrim holatlarda bir xil elektron manzillar va pul talab qilişning öxşaş usullari kuzatilgan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!