19-23-oktyabr kunlari V “Zakovat-Gambit” turnirining hududiy saralash o‘yinlari bo‘lib o‘tdi. Bu yil musobaqada ishtirok etish uchun 5 831 nafar shaxmatchi ro‘yxatdan o‘tdi. Quvonarlisi, ular orasida 633 nafar ayol shaxmatchi bor – bu ham rekord ko‘rsatkich.
Muhim yangilik! Hududiy saralashda omad kulib boqmagan yoki unda ishtirok eta olmagan shaxmat ixlosmandlari uchun ham imkoniyat bor: 24-oktyabr kuni chess.com platformasida onlayn saralash o‘tkaziladi.
Saralashdan o‘tgan ishtirokchilar 28-oktyabr kuni yarim finalda, eng kuchlilar esa 29–30-oktabr kunlari Toshkentda final bosqichida bellashadi.
Bu yilgi turnir mehmonlari — dunyoga mashhur grossmeysterlar! Vengriyalik Peter Leko va hindistonlik Hampi Koneru tashrif buyurishi rejalashtirilgan. Ular shaxmat ishqibozlari uchun maxsus seanslar o‘tkazib, o‘z tajribalari bilan bo‘lishadi.
Turnirning jami sovrin jamg‘armasi — 620 million so‘m. Ishtirokchilar reytingiga qarab beshta guruhda bellashadi, har bir guruhda esa g‘oliblik uchun kurashish imkoniyati mavjud.
“Zakovat-Gambit” — yangi iste’dodlarni kashf etish, tajriba almashish va shaxmat ishqibozlarini birlashtiradigan katta musobaqa!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!