Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston – Turkiya biznesni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yuqori darajadagi kengash yig‘ilishida mamlakat iqtisodiyotidagi o‘sish sur’atlari va 2030-yilgacha amalga oshirilishi rejalashtirilgan maqsadlarni ma’lum qildi.
Davlat rahbari ta’kidlashicha, 2017-yildan buyon O‘zbekiston iqtisodiyoti uch barobar o‘sgan. Shu davr mobaynida mamlakatga 150 milliard dollardan ortiq xorijiy investitsiya jalb etilgan.
2030-yilga qadar yalpi ichki mahsulot hajmini 300 milliard dollarga yetkazish, sanoat ishlab chiqarishini ikki barobar oshirish va ushbu tarmoqda 2 millionta yuqori daromadli ish o‘rni yaratish rejalashtirilgan. Shuningdek, yuqori texnologik mahsulotlar ulushini uchdan bir qismga yetkazish maqsad qilingan.
Mazkur vazifalarni amalga oshirishda strategik hamkor Turkiya bilan iqtisodiy aloqalarni yanada kengaytirish va amaliy hamkorlikni izchil rivojlantirish muhimligi ta’kidlandi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!