Prognozlarga ko‘ra, 18-yanvar, yakshanba kuni respublika hududining katta qismida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Faqat kechasi va ertalab Navoiy, Toshkent, Sirdaryo viloyatlarida va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida ba’zi joylarda biroz qor yog‘adi.
Havo harorati kunduzi 0-5 daraja iliq atrofida bo‘ladi. Kechalari 3 daraja sovuq 2 daraja iliqqacha pasayadi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin.
Tog‘li hududlarda vaqti-vaqti bilan qor yog‘adi. Qor ko‘chishi xavfi bor.
Toshkentda yakshanba kuni kechasi va ertalab biroz qor yog‘adi, tuman tushishi mumkin. Kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi 1 daraja sovuq 1 daraja iliq, kunduzi 3-5 daraja iliq bo‘ladi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!