$
12014.37 UZS
40.93
₽
146.19 UZS
1.66
€
13280.68 UZS
-1.46
31° Kechasi 18°

2022-yilda YaIM hajmi aholi jon boshiga 2 255 dollarni tashkil etdi

09:21 / 03.06.2023

Markaziy bank hisobotiga ko‘ra, 2022-yilda tijorat banklarida 19 ta va mikromoliya tashkilotlarida 9 ta tematik inspeksiyalar o‘tkazilgan.

Tekshiruvlar davomida qariyb 39 mingta mijozning jami 37 trln. so‘mlik kreditlari yoki ushbu banklar jami kredit portfelining 58 foizi qamrab olingan.

Tekshirish natijalari asosida kapital va likvidlilik me’yorlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni haqqoniy aks ettirmagan banklarga nisbatan tegishli choralar ko‘rildi, qonun hujjatlarida belgilangan talablarni buzgan banklarga nisbatan ayrim operatsiyalarini to‘xtatish, jarima sanksiyalari va boshqa ta’sirchan choralar qo‘llanilgan.

Jumladan, bank qonunchiligi talablarini buzganligi uchun 26 ta bankdan 56 ta holat bo‘yicha jami 3,8 mlrd. so‘m miqdorida jarimalar undirilgan.

Avval xabar berilganidek, bank qonunchiligida belgilangan talablarni bajarmaganligi uchun “HI-TECH BANK” va “Turkiston” xususiy aksiyadorlik tijorat banklarining bank faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyalari chaqirib olindi va bank omonatchilarining mablag‘larini to‘liq to‘lab berilishi ta’minlandi.

“Turkiston” xususiy aksiyadorlik tijorat banki omonatchilari mablag‘larini 251 mlrd. so‘mi Fuqarolarning banklardagi omonatlarini kafolatlash jamg‘armasi hisobidan qoplab berildi.

Geosiyosiy keskinlashuvlar natijasida iqtisodiy sanksiyalar va eksportga taqiqlar bilan bog‘liq xatarlarni iqtisodiyotimizga salbiy ta’sirlarini minimallashtirish, komplayens-nazorat tizimini takomillashtirish borasida ham tegishli ishlar amalga oshirildi.

Xususan, tijorat banklarida sanksiyaviy xatarlarni boshqarish bo‘yicha bo‘linmalar va Markaziy bankda ular faoliyatini muvofiqlashtiruvchi maxsus tarkibiy bo‘linma tashkil etildi.

Shuningdek, 2022-yil mart oyidan boshlab milliy valyuta almashuv kursi tebranishi hamda inflyatsiya bo‘yicha kutilmalarni moʻtadillashtirish maqsadida Markaziy bankning asosiy stavkasi yillik 17 foizgacha ko‘tarilgan bo‘lsa, II chorakdan boshlab makroiqtisodiy sharoitlarning barqarorlashuvi hamda ayrim kutilayotgan inflyatsion xatarlarning yuzaga chiqish ehtimolining pasayishi hisobiga Markaziy bankning asosiy stavkasi yillik 15 foizgacha tushirildi.

Bundan tashqari, 2022-yilda ichki valyuta bozorida, iqtisodiy faollikning ortib borishi ta’sirida, chet el valyutasiga bo‘lgan talab va taklifning yuqori sur’atlarda o‘sishi kuzatildi.

Xususan, ichki valyuta bozorida 2021-yilga nisbatan qariyb 1,3 barobarga ko‘p, 27,7 mlrd. AQSh dollari sotildi, valyutalar xaridi hajmi esa, 1,4 barobarga oshib, 14,8 mlrd. AQSh dollarini tashkil qildi.

Valyuta bozorida ishtirok etgan korxona va tashkilotlarning oylik o‘rtacha soni 2021-yildagi 10 mingtadan 11,5 mingtagacha ko‘paydi.

Shuningdek, neytral xarakterdagi valyuta intervensiyalari davom ettirilib, monetar oltin sotib olinishi (66,3 trln. so‘m yoki 6 mlrd. AQSh dollari ekvivalentida) hisobiga yuzaga kelgan qo‘shimcha likvidlikni sterilizatsiya qilish maqsadida 4,1 mlrd. AQSh dollari (44,9 trln. so‘m) miqdorida intervensiya operatsiyalari amalga oshirildi.

So‘mning almashuv kursi nisbatan barqaror darajada shakllanib, 12 oylik devalvatsiya ko‘rsatkichi 3,9 foiz doirasida qayd etildi.

Bu esa oltin-valyuta zaxiralarini 36,4 mlrd. AQSh dollari (2021-yilga nisbatan 1 mlrd. AQSh dollariga ko‘p) miqdorida shakllanishiga imkon berdi.

2022-yilda O‘zbekistonda iqtisodiy o‘sish ko‘rsatkichi yuqori darajada shakllanib, 5,7 foizni tashkil etdi. Yil yakunida YaIM hajmi aholi jon boshiga 2 255 AQSh dollariga yetdi.


Bu ham qiziq

Rossiyaning Uzoq Şarqida qiyin ahvolga tuşgan özbekistonliklar vatanga qaytarildi

Rossiyaning Uzoq Şarqida qiyin ahvolga tuşgan özbekistonliklar vatanga qaytarildi

Rossiyaning Uzoq Şarq federal okrugida vaqtinçalik mehnat faoliyati davomida oğir moliyaviy vaziyatga tuşib qolgan bir guruh…
09:51 / 14.11.2026
Toşkentda öquv markaziga bosqinçilik qilmoqçi bölgan tört kişi uşlandi

Toşkentda öquv markaziga bosqinçilik qilmoqçi bölgan tört kişi uşlandi

Toşkent şahridagi öquv markazlaridan birida saqlanayotgan katta miqdordagi pul mablağlarini bosqinçilik yöli bilan qölga kir…
09:59 / 13.11.2026
Jensen Xuang atrofidagi mojaro va Nvidia aksiyalari qiymatining pasayişi haqida xabarlar tarqaldi

Jensen Xuang atrofidagi mojaro va Nvidia aksiyalari qiymatining pasayişi haqida xabarlar tarqaldi

Nvidia kompaniyasi asosçisi va boş direktori Jensen Xuang atrofida şaxsiy hayoti hamda kompaniya faoliyatiga oid ehtimoliy x…
10:13 / 14.11.2026
Dehqonobodda maktabga boriş uçun soy keçadigan bolalar uçun köprik quriladi

Dehqonobodda maktabga boriş uçun soy keçadigan bolalar uçun köprik quriladi

Qaşqadaryo viloyati Dehqonobod tumanidagi Jingil qişloğida joylaşgan 84-sonli umumta’lim maktabi öquvçilari foydalanişi uçun…
09:42 / 14.11.2026
Özbekistonda öt öriş pulli böladimi? Rasmiy munosabat bildirildi

Özbekistonda öt öriş pulli böladimi? Rasmiy munosabat bildirildi

12-noyabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda Özbekistonda endilikda öt öriş uçun ham çipta sotib oliş va pul tölaş kerakligi haqida x…
09:56 / 13.11.2026
AQŞda tanker bilan töqnaşgan kruiz kemasi Missisipi daryosiga çökib ketdi

AQŞda tanker bilan töqnaşgan kruiz kemasi Missisipi daryosiga çökib ketdi

2026-yil 13-noyabr kuni AQŞning Nyu-Orlean şahrida Missisipi daryosida tanker kemasi kruiz kemasi bilan töqnaşdi. Hodisa oqi…
09:48 / 14.11.2026
Toşkentda uçta yolğon xabar foş etildi: janjal sahnalaştirilgan, xavf haqidagi ma’lumotlar tasdiqlanmagan

Toşkentda uçta yolğon xabar foş etildi: janjal sahnalaştirilgan, xavf haqidagi ma’lumotlar tasdiqlanmagan

Toşkent şahrida ijtimoiy tarmoqlarda tarqalib, aholi orasida xavotir uyğotgan uçta holat içki işlar organlari tomonidan örga…
15:39 / 12.11.2026
Özbekistonda narxlar statistikasini kuzatiş uçun “NarxStat” platformasi işga tuşirildi

Özbekistonda narxlar statistikasini kuzatiş uçun “NarxStat” platformasi işga tuşirildi

Özbekistonda oziq-ovqat mahsulotlari, yonilği va uy-joy narxlari böyiça statistik ma’lumotlarni taqdim etuvçi “NarxStat” oçi…
16:42 / 13.11.2026
Pokistonda yölbars hujumi oqibatida 19 yoşli yigit halok böldi

Pokistonda yölbars hujumi oqibatida 19 yoşli yigit halok böldi

Pokistonning Lahor şahridagi fermada boqilayotgan yölbars 19 yoşli işçiga hujum qildi. Oğir jarohat olgan yigit şifoxonada v…
10:28 / 14.11.2026
Toşkentda qariyb 23 ming yölovçi yöl haqini tölamagani uçun kamida ikki marta jarimaga tortildi

Toşkentda qariyb 23 ming yölovçi yöl haqini tölamagani uçun kamida ikki marta jarimaga tortildi

Toşkent şahridagi avtobuslarda yöl haqini tölamasdan harakatlangan 22 929 nafar yölovçi kamida ikki marta ma’muriy javobgarl…
09:58 / 14.11.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!