$
12097.93 UZS
50.48
151.77 UZS
-0.13
14194.50 UZS
95.37
31° Kechasi 18°

2023-yilgi Haj ziyorati mavsumi boshlandi

09:46 / 04.06.2023

Joriy yil 3-iyundan 4-iyunga o‘tar kechasi mahalliy vaqt bilan soat 02:00 da Uzbekistan Airways milliy aviakompaniyasining bortida 240 nafar ziyoratchi bo‘lgan ilk reysi Toshkentdan Madinaga (Saudiya Arabistoni) uchib ketdi. Shu tariqa, 2023-yilgi Haj mavsumi ochildi.

Qayd etilishicha, 4-19-iyun kunlari O‘zbekistonning 10 ta shahridan Madinaga parvozlar amalga oshiriladi. Bu yil eng ko‘p ziyoratchilar Toshkentdan Hajga boradi – 16 reysda 5 575 nafar yo‘lovchi tashiladi. Namangandan 14 ta, Farg‘onadan 6 ta, Samarqanddan 4 ta, Buxoro, Urganch, Qarshi va Termizdan 3 tadan reys, shuningdek, 2 ta reys Navoiydan, Nukusdan esa 1 ta reys amalga oshiriladi. 2023-yilda Oʻzbekistondan jami 15 130 nafar ziyoratchi Haj ziyoratini ado etadi.

Bu yilgi Haj boshlanishi bilan Toshkent xalqaro aeroporti jo‘nab ketish zalining steril zonasida bir vaqtning o‘zida 80 va 60 kishini sig‘dira oladigan ikkita, erkaklar va ayollar uchun namozxona ochildi. Bundan tashqari, ibodatxonalar oldida endi tahorat olish uchun – erkaklar va ayollar uchun ham maxsus xonalar mavjud. Shu bilan birga, hojatxonalarning katta bloki foydalanishga topshirilgan.

Eslatib oʻtish mumkin, mazkur reyslar davomida poytaxt aeroporti estakadasida harakatlanish vaqtincha cheklanadi, terminalga kirish faqat yoʻlovchilar uchun ochiq boʻladi. Shuningdek, O‘zbekiston musulmonlari idorasi ziyoratchilarning yaqinlariga terminalda tiqilinch holatni va aeroport yon atrofida tirbandliklarni oldini olish uchun aeroportga kelmasdan, o'z yaqinlarini masjidlardan kuzatishni tavsiya qildi. Ziyoratchilar aeroportga maxsus avtobuslarda uyushqoqlik bilan yetib kelishadi, roʻyxatdan oʻtgach yetarlicha oʻrindiqlar joylashgan joʻnab ketish zonasiga borishadi, samolyotga chiqishni kutish vaqtida ziyoratchilarga ichimlik va gazaklar ham taklif etiladi.


Bu ham qiziq

O‘zbekistonda 318,3 mingta MChJ faoliyat yuritmoqda

O‘zbekistonda 318,3 mingta MChJ faoliyat yuritmoqda

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning 1-dekabr holatiga O‘zbekistonda 405,5 mingta tijorat tashkilo…
16:40 / 14.12.2025
Zelenskiy Trampning tinchlik rejasini Ukrainaga moslab qayta ko‘rib chiqmoqda

Zelenskiy Trampning tinchlik rejasini Ukrainaga moslab qayta ko‘rib chiqmoqda

WSJ gazetasining yozishicha, Zelenskiy o‘z xalqi ishonchini yo‘qotmagan holda Oq uyning taklifiga konstruktiv yondashmoqchi …
08:34 / 15.12.2025
Odam savdosidan jabrlangan o‘zbek, qozoq va qirg‘iz fuqarolari Myanmadan vatanga qaytarildi

Odam savdosidan jabrlangan o‘zbek, qozoq va qirg‘iz fuqarolari Myanmadan vatanga qaytarildi

“O‘zbekiston va Qozog‘istonning Tailanddagi diplomatik vakolatxonalari ko‘magida Myanmada og‘ir vaziyatga tushib qolgan O‘zb…
15:50 / 13.12.2025
Urganchda MChJ 6 mlrd so‘mlik tabiiy gazni o‘mardi

Urganchda MChJ 6 mlrd so‘mlik tabiiy gazni o‘mardi

Ushbu qoidabuzarlik natijasida, gaz ta’minoti korxonasining dastlabki hisob-kitoblariga ko‘ra, 6 milliard 33 million so‘mlik…
11:57 / 15.12.2025
Belarus hukumati 123 nafar siyosiy mahbusni ozod qildi

Belarus hukumati 123 nafar siyosiy mahbusni ozod qildi

The Insider nashr bu haqda Belarus prezidenti matbuot xizmati bayonotiga tayanib xabar bermoqda.
08:34 / 14.12.2025
Rossiyada qiyin ahvolga tushgan o‘zbekistonliklar 30 kungacha bepul yotoqdan foydalanishi mumkin

Rossiyada qiyin ahvolga tushgan o‘zbekistonliklar 30 kungacha bepul yotoqdan foydalanishi mumkin

Rossiya Federatsiyasida ishlash jarayonida murakkab moliyaviy ahvolga tushib qolgan, turar joysiz qolgan, tazyiq yoki zo‘rav…
16:51 / 13.12.2025
Isroil tomonidan XAMASning yuqori martabali rahbari yo‘q qilindi

Isroil tomonidan XAMASning yuqori martabali rahbari yo‘q qilindi

Isroil Mudofaa kuchlari bayonotiga ko‘ra, 13-dekabr kuni Isroil kuchlari XAMASning qurol-yarog‘ ishlab chiqarish shtabi rahb…
10:36 / 14.12.2025
14-dekabr kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

14-dekabr kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

14-dekabr kuni Toshkentda havo o‘zgarib turadi, kechga tomon yomg‘ir yog‘adi. G‘arbdan sekundiga 3-8 metr tezlikda shamol es…
15:58 / 13.12.2025
Prezident Shavkat Mirziyoyev Yoshlar o‘rtasida V Paraosiyo o‘yinlari g‘oliblariga tabrik yo‘lladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Yoshlar o‘rtasida V Paraosiyo o‘yinlari g‘oliblariga tabrik yo‘lladi

Avvalo, barchangizni V Yoshlar Paraosiyo o‘yinlarida erishilgan ulkan tarixiy g‘alaba bilan chin qalbimdan samimiy muborakbo…
10:30 / 15.12.2025
Toshkentda Yangi yil tadbirlari sabab ayrim hududlarda transport harakati cheklanadi

Toshkentda Yangi yil tadbirlari sabab ayrim hududlarda transport harakati cheklanadi

Bu haqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
18:02 / 13.12.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!