$
12707.95 UZS
57.69
140.95 UZS
-1.01
14099.47 UZS
115.87
35° Kechasi 21°

2024-yilning Davlat byudjeti tasdiqland

18:09 / 26.12.2023

“2024-yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti to‘g‘risida”gi Qonun (O‘RQ–886, 25.12.2023 yil) Prezident tomonidan imzolandi.

Qonun bilan 2024-yil uchun O‘zbekistonning konsolidatsiyalashgan byudjetini shakllantirish va ijro etish bilan bog‘liq munosabatlar tartibga solindi.

Ijtimoiy jihatdan ahamiyatga molik milliy va davlat dasturlariga ajratiladigan grant mablag‘larining belgilangan miqdorlari Qonunga o‘zgartish kiritilmasdan ko‘paytiriladi.

O‘zbekiston byudjet tizimi byudjetlarining 6 oylik ijrosi yakunlari bo‘yicha daromadlari prognozi bajarilmagan va joriy moliya yilining oxiriga qadar ularning kelib tushishi uchun yetarli asoslar mavjud bo‘lmagan hollarda:

respublika byudjeti umumiy xarajatlarining 3 va undan ortiq foizi miqdoridagi xarajatlarni qisqartirish Oliy Majlis palatalari tomonidan;

3 foizdan kam miqdordagi xarajatlarni qisqartirish Vazirlar Mahkamasi qarori asosida amalga oshiriladi.

O‘zbekiston nomidan chiqariladigan davlat qimmatli qog‘ozlarining cheklangan sof hajmi 25 trln so‘m miqdorida belgilandi.

2024-yil uchun O‘zbekiston konsolidatsiyalashgan byudjeti taqchilligining cheklangan miqdori yalpi ichki mahsulotning 4 foizi miqdorida belgilandi.

Qonunga ko‘ra, jumladan soliqlarning quyidagi turlari tumanlar va shaharlar byudjetlariga to‘liq hajmda o‘tkaziladi:

▫jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk solig‘i;

▫jismoniy shaxslardan olinadigan yer solig‘i;

▫mol-mulkni ijaraga berishdan olinadigan yillik daromad to‘g‘risidagi deklaratsiyaga asosan jismoniy shaxslar tomonidan to‘lanadigan, shuningdek YATTlar tomonidan to‘lanadigan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i;

▫suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq, bundan elektr stansiyalari tomonidan to‘lanadigan soliq mustasno;

▫noruda qurilish materiallari bo‘yicha yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq.

Qonun-2024 yil-1 yanvardan e’tiboran kuchga kiradi.

 


Bu ham qiziq

Durov Fransiyada hibsga olinishiga izoh berdi

Durov Fransiyada hibsga olinishiga izoh berdi

6-sentyabr kuni Telegram messenjeri asoschisi Pavel Durov Fransiyada hibsga olinishiga izoh berdi.
12:02 / 06.09.2024
Oshxona malikalari uchun foydali maslahatlar

Oshxona malikalari uchun foydali maslahatlar

Sabzavotli salatni yanada to‘yimli qilish uchun, unga ozroq qaynatilgan kartoshka qo‘shing.
17:46 / 06.09.2024
Selena Gomez milliarderlar ro‘yxatiga kirdi

Selena Gomez milliarderlar ro‘yxatiga kirdi

32 yoshli aktrisa va qo‘shiqchi 1,3 milliard dollarlik boylik to‘plagan.
11:50 / 07.09.2024
“Menimcha, Zelenskiy Floridadagi uylaridan biriga ko‘chib kelish imkoniyatini qidiradi” – sobiq razvedkachi Toni Shaffer

“Menimcha, Zelenskiy Floridadagi uylaridan biriga ko‘chib kelish imkoniyatini qidiradi” – sobiq razvedkachi Toni Shaffer

AQShda Zelenskiyning Ukrainadan qochishi haqida gaplar tarqala boshladi.
16:56 / 07.09.2024
Ertalab yoki kechqurun: qachon mashq qilgan afzal?

Ertalab yoki kechqurun: qachon mashq qilgan afzal?

Ertalab mashq qilish teriosti yog‘larini yoqmoqchi bo‘lganlar uchun ayni muddao.
14:20 / 06.09.2024
Pensiya tayinlashda bir qancha o‘zgarishlar kiritiladi

Pensiya tayinlashda bir qancha o‘zgarishlar kiritiladi

Bu haqda O‘zbekiston Milliy axborot agentligining matbuot xizmati xabar berdi.
14:51 / 07.09.2024
Bugun 15 nafar o‘zbekistonlik paralimpiyachi medallar uchun kurashga kirishadi

Bugun 15 nafar o‘zbekistonlik paralimpiyachi medallar uchun kurashga kirishadi

Parij shahrida bo‘lib o‘tayotgan Paralimpiyada o‘yinlarida O‘zbekiston delegatsiyasi 6 ta sport turi bo‘yicha bahslarga kiri…
09:38 / 07.09.2024
Insult bo‘lmaslik uchun

Insult bo‘lmaslik uchun

Uyqudan oldin qon bosimini tushiradigan dori ichib yotish yaxshi emas. Uyqu vaqtida qon bosimi o‘z-o‘zidan pasayadi.
17:15 / 07.09.2024
Rossiyada migrantlarning farzandlariga maktablarni pullik qilish taklif etildi

Rossiyada migrantlarning farzandlariga maktablarni pullik qilish taklif etildi

Rossiya davlat Dumasi Mehnat, ijtimoiy siyosat va faxriylar ishlari bo‘yicha qo‘mita rahbari Yaroslav Nilov migrant farzandl…
15:48 / 07.09.2024
Toshkent metrosida kunlik yo‘lovchilar soni 1 millionga yetishi kutilmoqda

Toshkent metrosida kunlik yo‘lovchilar soni 1 millionga yetishi kutilmoqda

Yozgi mavsumda metropoliten bir kunda 550-600 ming yo‘lovchini tashigan bo‘lsa, o‘quv jarayonlari boshlangach, bu ko‘rsatkic…
15:45 / 07.09.2024

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!