$
11899.09 UZS
1.19
₽
141.53 UZS
1.35
€
13298.42 UZS
-37.94
31° Kechasi 18°

2025-yil uchun Davlat byudjeti xarajatlari 344,8 trln so‘m miqdorida belgilanmoqda

11:14 / 09.01.2025

2024-yilning 24-dekabrida “2025-yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni kuchga kirdi.

Qonun birinchi darajali byudjet mablag‘larini taqsimlovchilar uchun O‘zbekiston Respublikasining respublika byudjetidan ajratiladigan mablag‘lari miqdori, respublika byudjetidan mahalliy byudjetlarga ajratiladigan tartibga soluvchi byudjetlararo transfertlar miqdorlari, mahalliy byudjetlar daromadlari va xarajatlari prognozlari, davlat maqsadli jamg‘armalari byudjetlari, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi daromadlari va xarajatlarini o‘zida mujassam ettirgan.

“O‘zbekiston – 2030” strategiyasiga muvofiq makroiqtisodiy va fiskal barqarorlikni ta’minlash, shuningdek davlat qarzi oshishining oldini olish maqsadida qonun bilan konsolidatsiyalashgan byudjet taqchilligi YAIMga nisbatan 3 foiz miqdorida belgilanmoqda.

Qonunda xarajatlarni maqsadliligi va samaradorligini ta’minlashga alohida e’tibor qaratilgan. Byudjet intizomini ta’minlash hamda byudjet taqchilligi cheklangan miqdorining oshib ketishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan davlat byudjeti va davlat maqsadli jamg‘armalari hisobidan qo‘shimcha xarajatlar faqat qo‘shimcha daromad manbai mavjud bo‘lganda yoki boshqa xarajatlarni qisqartirish hisobiga amalga oshirilishi nazarda tutilmoqda.

2025-yil uchun davlat kafolati ostida tashqi qarzlarni jalb qilish bo‘yicha yillik imzolanadigan yangi bitimlarning cheklangan hajmi 5,5 mlrd AQSh dollari, shundan Davlat byudjetini qo‘llab-quvvatlash, shu jumladan byudjet taqchilligini moliyalashtirish uchun 3,0 mlrd AQSh dollari, investitsiya loyihalarini moliyalashtirish uchun 2,5 mlrd AQSh dollari miqdorida belgilanmoqda.

Davlat qarzi portfelini diversifikatsiya qilish hamda valyuta xatarlarini kamaytirish maqsadida 2025-yil uchun O‘zbekiston Respublikasi nomidan chiqariladigan davlat qimmatli qog‘ozlarining cheklangan sof hajmi – 30,0 trln so‘m miqdorida qayd etilmoqda.

Davlat tomonidan qabul qilinadigan majburiyatlar (sotib olish yoki to‘lab berish) va tasdiq xatlari berilishi talab qilinadigan barcha davlat-xususiy sheriklik tamoyillari asosidagi imzolanadigan yangi loyihalar qiymatining yuqori chegarasi 6,5 mlrd AQSh dollari miqdorida belgilanmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi konsolidatsiyalashgan byudjetining 2025-yilgi daromadlari 431,0 trln so‘m va xarajatlari 480,5 trln so‘m, taqchilligi 49,5 trln so‘mga prognoz qilinmoqda.

Ushbu maqsadlarga erishish borasida byudjet barqarorligini ta’minlashda soliq va byudjet siyosatining o‘rta muddatga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlari sifatida

– “yashirin iqtisodiyot”ni qisqartirish orqali daromadlar bazasini kengaytirish;

– barcha tadbirkorlar uchun teng imkoniyatlar yaratish hamda soliq tizimini raqamlashtirish va soddalashtirish;

– soliq, bojxona va byudjet siyosatini bosqichma-bosqich Jahon savdo tashkilotining talablariga uyg‘unlashtirish;

– o‘rta muddatda asosiy soliq stavkalarini o‘zgartirmasdan saqlab qolish;

– byudjetni shakllantirishda “natijaga yo‘naltirilgan byudjet” tizimini bosqichma-bosqich to‘laqonli joriy etish;

– inson kapitaliga xarajatlarning ustuvorligini, ijtimoiy himoyaga ajratilayotgan mablag‘larning manzilliligini kuchaytirish va samaradorligini ta’minlash;

– byudjet ochiqligini ta’minlash hamda byudjetni shakllantirishda fuqarolar ishtirokini yanada oshirish;

– davlat byudjetida Milliy barqaror rivojlanish maqsadlari bajarilishiga qaratilgan tadbirlarni aks ettirish, shuningdek “yashil byudjetlashtirish” tamoyillarini bosqichma-bosqich tatbiq etish belgilab olingan.

2025-yilgi davlat byudjeti daromadlari 308,5 trillion so‘m yoki yalpi ichki mahsulotga nisbatan 18,9 foiz miqdorida, davlat maqsadli jamg‘armalarining daromadlari 66,4 trln so‘m hamda O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasining daromadlari 22,2 trln so‘m prognoz qilinib, ularning xarajatlari tegishincha 62,8 trln so‘m va 20,3 trln so‘m miqdorda tasdiqlanmoqda.

2025-yil uchun Davlat byudjeti xarajatlari 344,8 trln so‘m miqdorida belgilanmoqda.

Shuni alohida qayd etish joizki, “O‘zbekiston – ijtimoiy davlat” degan Konstitutsiyaviy tamoyilga mos ravishda kelgusi yil Davlat byudjetida ham ijtimoiy yondashuv ustuvorligi saqlab qolingan. Kelgusi yilda ham davlat byudjetida ijtimoiy soha xarajatlari salmoqli ulushni tashkil etadi. Xarajatlarning 52 foizi yoki 177,7 trillion so‘mi ijtimoiy sohaga yo‘naltirilmoqda.

Bunda ta’limga yo‘naltirilayotgan xarajatlar 84,0 trillion so‘mni, sog‘liqni saqlash sohasiga esa 41,3 trillion so‘mni yoki byudjet xarajatlarining 36,4 foizini tashkil etmoqda.

Shu kabi, sog‘liqni saqlash, madaniyat, sport sohalariga ham ajratilayotgan mablag‘lar salmog‘i oshyapti.

Aholini ijtimoiy himoya qilish masalalari kelgusi yilda ham e’tibor markazida bo‘lishini alohida ta’kidlash lozim.

“Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturi doirasida 15 ta tuman va shaharni kompleks rivojlantirish dasturlariga 1 trln so‘m, hududlarni rivojlantirishda muhim “drayver” loyihalar uchun zarur infratuzilmani yaratish maqsadlariga 800 mlrd so‘m, og‘ir ahvoldagi 1000 ta mahalla infratuzilmasini yaxshilashga 1,4 trln so‘m maqsad qilingan.

Kelgusi yilgi Davlat byudjeti va umuman oxirgi yillarda byudjetni shakllantirishda BRMga, shu jumladan “yashil” loyihalarni qo‘llab-quvvatlashga, bunda ayniqsa ta’lim, sog‘liqni saqlash, energetika, toza suv va sanitariya hamda yo‘l infratuzilmasini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilayotgani quvonarli albatta.

Joriy yilda Barqaror rivojlanish sohasidagi milliy maqsadlarni (16 ta) amalga oshirish uchun yo‘naltirilgan mablag‘lar jami byudjet xarajatlarining 69 foizini tashkil qilgan bo‘lsa, 2025-yilda bu ko‘rsatkich 246,5 trln so‘m tashkil etishi belgilanmoqda.

Byudjetni ko‘rib chiqish davomida gender tenglikni ta’minlash sohasiga e’tibor qaratilishi (genderga asoslangan milliy byudjet) gender tenglikni ta’minlash bo‘yicha erishilayotgan natijalarga hal qiluvchi ta’sir ko‘rsatmoqda.

Jumladan, yaqinda e’lon qilingan Gender tenglik va boshqaruv indeksida boshqaruv, ta’lim, IT (AyTi), mehnat, tadbirkorlik va zo‘ravonlikni oldini olish kabi sohalarda erishilgan ijobiy natijalarga ko‘ra O‘zbekiston 103-o‘rindan 52-o‘ringa ko‘tarilgan.

Qonunda tuman va shaharlar byudjetlari daromadlar bazasini mustahkamlash, ularni mustaqilligini yanada oshirish ko‘zda tutilmoqda.

Xususan, tuman va shaharlar byudjetlariga to‘lanadigan amaldagi soliqlarga qo‘shimcha ravishda aylanmadan olinadigan soliq, yuridik shaxslarning mol-mulk va yer solig‘i (yirik soliq to‘lovchilar tomonidan to‘lanadigan soliqlar bundan mustasno), jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i tushumlarining kamida 50 foizi (bu yerda ham yirik soliq to‘lovchilar tomonidan to‘lanadigan soliqlar bundan mustasno), hamda davlat aktivlarini ijaraga berishdan tushumlar kiritilmoqda.

Bundan tashqari, Qonun bilan 2025-yildan boshlab Iqtisodiyot va moliya vazirligi Davlat byudjetidan ajratilgan genderga doir mablag‘lar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni har chorak yakunlari bo‘yicha Oliy Majlis palatalariga taqdim etishi bo‘yicha yangi norma kiritilmoqda.

Qonunning maqsadi O‘zbekiston Respublikasi respublika byudjeti ajratmalarini tasdiqlash, byudjet jarayoni va byudjet darajalari o‘rtasidagi munosabatlarni tartibga solish hamda 2025-yil mamlakatimizda “Atrof-muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot yili” uchun O‘zbekiston Respublikasining davlat byudjeti hamda ularni tayyorlash uchun asos bo‘lgan makroiqtisodiy rivojlanish prognozlarini o‘zida aks ettirish bilan bir qatorda jahonda ro‘y berayotgan global tahdidlar iqtisodiyotda keskin o‘zgaruvchanlik va yuqori noaniqlikning saqlanib qolishi sharoitida 2025-yilda ham mamlakatimizda milliy iqtisodiyotni 6 foizdan kam bo‘lmagan darajada o‘stirish, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiyotda xususiy sektor ulushini oshirishga qaratilgan tarkibiy islohotlarning davom ettirilish, aholining daromadlarini oshirishga, kambag‘allik darajasini qisqartirishga qaratilgan.

 


O‘zbekiston


														
														13-oktyabr kungi ob-havo ma’lumoti

13-oktyabr kungi ob-havo ma’lumoti

Respublika bo‘ylab o‘zgaruvchan ob-havo kuzatiladi, ayrim joylarda yog‘ingarchilik kuzatiladi.
17:58 / 12.10.2026

														
														“O‘zgidromet” tezkor ogohlantirish bilan chiqdi

“O‘zgidromet” tezkor ogohlantirish bilan chiqdi

Joriy yilning 13-14-oktyabr kunlari kutilayotgan yomg‘irlar yog‘ishi sababli, respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida…
12:03 / 12.10.2026

														
														Yil oxirigacha Yangi Toshkentda 20 ming xonadonni foydalanishga topshirish rejalashtirilgan

Yil oxirigacha Yangi Toshkentda 20 ming xonadonni foydalanishga topshirish rejalashtirilgan

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Yangi Toshkent qurilishini jadallashtirish masalalari yuzasidan investor va tadbirkorlar bi…
10:38 / 12.10.2026

														
														Istanbul aeroportida hushidan ketgan 19 yoshli o‘zbekistonlik Vatanga qaytarildi

Istanbul aeroportida hushidan ketgan 19 yoshli o‘zbekistonlik Vatanga qaytarildi

Turkiyada sog‘lig‘i yomonlashib, Istanbul aeroportida hushini yo‘qotgan 19 yoshli O‘zbekiston fuqarosi davolanib, Vatanga qa…
10:14 / 12.10.2026

														
														Xitoylik tadbirkor xodimlariga BMW avtomobillarini sovg‘a qildi

Xitoylik tadbirkor xodimlariga BMW avtomobillarini sovg‘a qildi

Xitoyning Xenan provinsiyasida restoranlar tarmog‘i rahbari Ma Yanli yuqori natijalarga erishgan xodimlariga BMW rusumli avt…
15:49 / 10.10.2026

														
														Buxoroda 500 dollar evaziga tibbiy ma’lumotnoma va’da qilgan shifokor ushlandi

Buxoroda 500 dollar evaziga tibbiy ma’lumotnoma va’da qilgan shifokor ushlandi

Buxoro viloyatining G‘ijduvon tumanida akademik ta’til olish uchun tibbiy ma’lumotnoma tayyorlab berishni va’da qilib, 500 A…
13:03 / 10.10.2026

														
														Tailand qirolichasi qiruvchi samolyotni ilk bor mustaqil boshqardi

Tailand qirolichasi qiruvchi samolyotni ilk bor mustaqil boshqardi

Tailand qirolichasi Sutxida Shvetsiyada ishlab chiqarilgan JAS 39C Gripen ko‘p maqsadli qiruvchi samolyotida ilk mustaqil pa…
09:37 / 10.10.2026

														
														Toshkentda 1,2 kilogrammdan ortiq sintetik giyohvandlik moddasi musodara qilindi

Toshkentda 1,2 kilogrammdan ortiq sintetik giyohvandlik moddasi musodara qilindi

Toshkentda sintetik giyohvandlik moddalarini tarqatishda gumonlangan shaxs ushlandi. Davlat xavfsizlik xizmati (DXX) ma’lumo…
09:35 / 10.10.2026

														
														Olmazorda yuk mashinasi uchta transport vositasiga urildi

Olmazorda yuk mashinasi uchta transport vositasiga urildi

Toshkent shahrining Olmazor tumanida FAW rusumli yuk mashinasi haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib, svetoforning qizil chirog‘i…
09:33 / 10.10.2026

														
														Tramp Oq uy matbuot kotibi lavozimiga Keti Zaxariyani tayinladi

Tramp Oq uy matbuot kotibi lavozimiga Keti Zaxariyani tayinladi

AQSH Prezidenti Donald Tramp Keti Zaxariyani Oq uyning yangi matbuot kotibi etib tayinlaganini e’lon qildi. U avgust oyi oxi…
09:29 / 10.10.2026

Bu ham qiziq

“Real Sanjik” ishi: Sanjar Karimovga chiqarilgan hukm o‘zgarishsiz qoldirildi

“Real Sanjik” ishi: Sanjar Karimovga chiqarilgan hukm o‘zgarishsiz qoldirildi

Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudida 8-oktabr kuni “Real Sanjik” nomi bilan tanilgan tadbirkor Sanjar Karimovga n…
17:51 / 08.10.2026
“Dunyo tubdan o‘zgarmoqda, ziddiyatlar ortib, odatiy iqtisodiy aloqalar qayta qurilmoqda” – Shavkat Mirziyoyev

“Dunyo tubdan o‘zgarmoqda, ziddiyatlar ortib, odatiy iqtisodiy aloqalar qayta qurilmoqda” – Shavkat Mirziyoyev

Quyida Prezident Shavkat Mirziyoyevning MDH davlat rahbarlari kengashining tor doiradagi majlisidagi nutqidan asosiy fikrlar…
14:45 / 09.10.2026
Toshkent viloyatida eskirgan va yaroqsiz avtotransport vositalariga tegishli davlat raqam belgilari topshirilmoqda

Toshkent viloyatida eskirgan va yaroqsiz avtotransport vositalariga tegishli davlat raqam belgilari topshirilmoqda

Foydalanish imkoniyati yo‘qolgan, yaroqsiz holga kelgan avtomobillar davlat ro‘yxatidan chiqarilib, ularga tegishli davlat r…
09:26 / 09.10.2026
O‘zbekistondagi kiberjinoyatlarning 90 foizi xorijdan sodir etilmoqda

O‘zbekistondagi kiberjinoyatlarning 90 foizi xorijdan sodir etilmoqda

O‘zbekistonda sodir etilayotgan kiberjinoyatlarning 90 foizi chet davlatlardan turib amalga oshirilmoqda. Bu haqda Ichki ish…
11:45 / 08.10.2026
Istanbul aeroportida hushidan ketgan 19 yoshli o‘zbekistonlik Vatanga qaytarildi

Istanbul aeroportida hushidan ketgan 19 yoshli o‘zbekistonlik Vatanga qaytarildi

Turkiyada sog‘lig‘i yomonlashib, Istanbul aeroportida hushini yo‘qotgan 19 yoshli O‘zbekiston fuqarosi davolanib, Vatanga qa…
10:14 / 12.10.2026
O‘zbekiston delegatsiyasi MDHning urug‘chilik bo‘yicha yig‘ilishida ishtirok etdi

O‘zbekiston delegatsiyasi MDHning urug‘chilik bo‘yicha yig‘ilishida ishtirok etdi

6–8-oktabr kunlari Turkmanistonning Avaza shahrida Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligining urug‘chilik masalalari bo‘yicha Hukum…
17:27 / 08.10.2026
O‘zbekistonda 9 oyda 1 441 ta poraxo‘rlik jinoyati aniqlandi – IIV

O‘zbekistonda 9 oyda 1 441 ta poraxo‘rlik jinoyati aniqlandi – IIV

O‘zbekistonda joriy yilning to‘qqiz oyida 3 tonnadan ortiq giyohvandlik vositasi noqonuniy muomaladan olib qo‘yildi, 319 ta …
15:43 / 09.10.2026
Tailand qirolichasi qiruvchi samolyotni ilk bor mustaqil boshqardi

Tailand qirolichasi qiruvchi samolyotni ilk bor mustaqil boshqardi

Tailand qirolichasi Sutxida Shvetsiyada ishlab chiqarilgan JAS 39C Gripen ko‘p maqsadli qiruvchi samolyotida ilk mustaqil pa…
09:37 / 10.10.2026
Toshkentda 1,2 kilogrammdan ortiq sintetik giyohvandlik moddasi musodara qilindi

Toshkentda 1,2 kilogrammdan ortiq sintetik giyohvandlik moddasi musodara qilindi

Toshkentda sintetik giyohvandlik moddalarini tarqatishda gumonlangan shaxs ushlandi. Davlat xavfsizlik xizmati (DXX) ma’lumo…
09:35 / 10.10.2026
Qozog‘iston Shimoliy Orol dengizi sathini 44 metrgacha ko‘tarmoqchi

Qozog‘iston Shimoliy Orol dengizi sathini 44 metrgacha ko‘tarmoqchi

Qozog‘iston hukumati kelgusi besh-olti yil ichida Shimoliy Orol dengizidagi suv sathini 44 metrgacha ko‘tarishni rejalashtir…
15:18 / 08.10.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!