Bugun, 21-oktyabr kuni soat 22:31 da Toshkent shahar, Mirobod tumani, Sarakul ko‘chasida joylashgan qurilishi tugallanmagan binoning yerto‘lasida yong‘in sodir bo‘lgani to‘g‘risida Toshkent shahar FVBga xabar qilingan.
Shunga ko‘ra, yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 22:39 da voqea joyiga yetib borib, yong‘in soat 22:52 da qurshab olinib, soat 22:58 da o‘chirilgan. BU haqda Toshkent shahar FVB axborot xizmati xabar berdi.
Aniqlanishicha, aytilgan manzilda qurilishi tugallanmagan binoning yerto‘la qismida qurilish mollari yonib zararlangan.
“Yong‘in oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q”, – deyiladi xabarda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!