AQSh moliya vaziri Skott Bessentning aytishicha, Rossiyaning bu ikki yirik neft kompaniyasi “Kremlning harbiy mashinasini moliyalashtirmoqda”, prezident Donald Tramp jangovar harakatlarga yakun yasashga urinmoqda.
Yangi AQSh sanksiyalari “Rosneft”ning 28 ta sho‘ba korxonasini va “Lukoyl”ning 6 ta filiali hamda bo‘linmalarini ham o‘z ichiga oladi, deya ma’lum qilindi vazirlik tomonidan e’lon qilingan bayonotda.
“Sanksiyalar Rossiyaning “Ukrainaga qarshi urushni to‘xtatish bo‘yicha tinchlik jarayoniga jiddiy yondashuvni ko‘rsatmaganligi” sababli joriy etilmoqda. Moskva darhol o‘t ochishni to‘xtatishga rozi bo‘lishi kerak”, – deyiladi AQSh Moliya vazirligi xabarida.
Shuningdek, sanksiyalangan shaxs yoki kompaniyalar ulushi 50 foizdan ortiq bo‘lgan barcha yuridik shaxslar ham bloklanadi. Bu qoidalarni buzgan shaxslar – ham AQSh fuqarolari, ham xorijliklar – nisbatida fuqarolik yoki jinoiy javobgarlik choralari qo‘llanishi mumkin.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!