Qonunga ko‘ra, alkogol va tamaki mahsulotlarini quyidagi holatlarda realizatsiya qilish (sotish, sotib olish va hokazo) taqiqlanadi:
21 yoshga to‘lmagan shaxslarga va ular tomonidan;
sotuvchining bevosita ishtirokisiz, o‘ziga o‘zi xizmat ko‘rsatish tokchalaridan, elektron tijorat shaklida;
sayyor savdo qilish yo‘li bilan, ko‘chmas savdo obyektlaridan tashqarida, dorixonalarda;
bolalarga mo‘ljallangan tovarlar sotiladigan xonalarda;
bolalar o‘yinchoqlariga, konfetlarga yoki bolalar uchun mo‘ljallangan boshqa tovarlarga o‘xshatib ishlangan bo‘lsa;
sog‘liqni saqlash, ta’lim, madaniyat, sport inshootlari, sanatoriy hamda tibbiy-ijtimoiy muassasalar hududlarida;
ta’lim, sport va diniy tashkilotlardan 100 metrdan kam masofada joylashgan savdo obyektlarida;
yaroqlilik muddati o‘tganda, mahsulot sifatini tasdiqlovchi tegishli hujjatlarsiz;
donalab yoki ochilgan (yaxlitligi buzilgan) iste’mol o‘rovida – (qutisida) sigaretalar va qizdiriladigan tamaki mahsulotiga nisbatan.
Alkogol mahsulotlarini ish joylarida, ko‘chalarda, stadionlarda, xiyobonlarda, bog‘larda, barcha turdagi jamoat transportida va boshqa jamoat joylarida iste’mol qilish taqiqlanadi.
Chilim chekish uchun maxsus ajratilgan joylar faqat chilim berish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatiladigan, ventilyatsiya tizimlari bilan jihozlangan alohida ajratilgan binolar, inshootlar va obyektlarda tashkil etilishi mumkin.
Alkogol mahsulotlarining iste’mol idishida yorliq asosiy yuzasining kamida qirq foizini egallaydigan matnli yozuv va (yoki) rasm tarzidagi tibbiy ogohlantirish bo‘lishi kerak.
Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran uch oy o‘tgach kuchga kiradi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!