Toshkent metrosining “Chilonzor” bekatida qurilgan ona-bola xonasi va hojatxona tajriba-sinovdan muvaffaqiyatli o‘tgani munosabati bilan boshqa 9 ta bekatda ham shunday maxsus xonalar qurilishi to‘g‘risida xabar berilgan edi.
Metropoliten matbuot xizmatining xabar berishicha, hojatxona qurish uchun yer ostida joylashgan quyidagi 9 ta bekat tanlab olingan:
1. “Buyuk ipak yo‘li” bekati;
2. “Amir Temur xiyoboni” bekati;
3. “Mustaqillik maydoni” bekati;
4. “Paxtakor” bekati;
5. “Olmazor” bekati;
6. “Beruniy” bekati;
7. “Chorsu” bekati;
8. “Do‘stlik” bekati;
9. “Bodomzor” bekati.
Ta’kidlanishicha, hozirgi vaqtda 4 ta metro bekatda qurilishi rejalashtirilgan hojatxonalarning loyiha hujjatlari yakuniy bosqichda bo‘lib, qurilishning 1-bosqichi boshlangan. Qurilish boshlangan bekatlar quyidagilardir: “Buyuk ipak yo‘li”, “Amir Temur xiyoboni”, “Paxtakor” va “Beruniy”.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!