9 may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan “Yangi O‘zbekiston” bog‘ida kechki soat 21:00da bayram salyuti otiladi. Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda “Gʻalaba bog‘i”da ushbu bayram tashkil qilinadi degan xabarlar tarqalgan edi. Biroq rasman “Yangi O‘zbekiston” bog‘ida bayram tadbiri tashkil qilinadigan bo‘ldi.
Qayd etilishicha, “Gʻalaba bog‘i” yodgorlik majmuasida Ikkinchi jahon urushiga bitta oiladan ikki va undan ortiq safarbar etilgan farzandlarga bag‘ishlangan “Vatan uchun jon fido qilganlar yodi mangu barhayot” nomli ekspozitsiya yaratilgan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!