Rossiyaning Aeroflot aviakompaniyasining Farg‘ona – Moskva yo‘nalishi bo‘yicha SU1971 reysini amalga oshirayotgan samolyot Toshkent aeroportiga favqulodda qo‘nishni amalga oshirdi. Bunga yo‘lovchilardan birining sog‘lig‘i yomonlashgani sabab bo‘lgan. Ekipaj muqobil aerodromga borishga qaror qilgan.
Bu haqda, Uzbekistan Airports matbuot xizmati ma’lum qildi.
“Boeing 737 samolyoti mahalliy vaqt bilan 22:11 da poytaxtga kelib qo‘ndi. Samolyotdan yo‘lovchi (1954-yilda tug‘ilgan ayol) va uning yuklari tushirilgach yo‘lovchi insult gumoni bilan Toshkentdagi tibbiyot muassasalaridan biriga yotqizildi.
Samolyot Toshkent vaqti bilan soat 23:02 da Moskvaga uchdi”, – deyiladi xabarda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!