"Sog‘liqni saqlash vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi Prezident Farmoni qabul qilindi.
Farmon bilan Aholining sog‘lom turmush tarzini qo‘llab-quvvatlash va jismoniy faolligini oshirish markazi Salomatlik va strategik rivojlanish instituti etib qayta tashkil qilindi.
Farmonga ko‘ra, quyidagilar ishlab chiqiladi:
- 2024-2026-yillarda sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, to‘g‘ri ovqatlanishni tizimli targ‘ib qilish va ommalashtirish dasturi;
- 2023-yil yakunigacha “Aholi salomatligi – 2030” milliy strategiyasi.
Ma’lum qilinishicha, dasturni amalga oshirishda xalqaro tashkilotlar va xorijiy konsalting kompaniyalari jalb qilinadi. Bunda vazirlikka quyidagi vazifalar yuklatiladi:
– aholini maksimal qamrab olgan holda birlamchi tibbiy-sanitariya xizmatini unga yanada yaqinlashtirish;
– fuqarolarning sog‘lom turmush tarzini, sog‘lom ovqatlanishini va jismoniy faolligini qo‘llab-quvvatlash, ularni aholi orasida har tomonlama targ‘ib qilish;
– onalik va bolalikni muhofaza qilish, aholining bu boradagi ehtiyojlarini qondirish;
– ixtisoslashgan tibbiy yordam ko‘lamini kengaytirish;
– sog‘liqni saqlash tizimini to‘liq raqamlashtirish, qog‘ozbozlikka, asossiz byurokratiyaga va navbatlarga chek qo‘yish, aholiga tibbiyot muassasalariga murojaat qilganida qulayliklar yaratish;
– zamonaviy va samarali boshqaruv usullarini joriy qilish va tibbiy xizmatlar sifatini oshirish;
– kadrlar salohiyatini oshirish, tibbiy ta’lim va ilm-fanni rivojlantirish;
– xususiy sektorni rivojlantirish va investitsiyalarni jalb qilish hamda yirik davlat-xususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirish;
– tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash;
– farmatsevtika tarmog‘ini samarali tartibga solish.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!