Jahon banki Özbekistonda birlamçi tibbiy yordam sifatini yaxşilaş maqsadida 100 million dollar imtiyozli kredit ajratişni ma’qulladi. Mablağ Samarqand viloyatida amalga oşiriladigan ŞIFO-1 dasturiga yönaltiriladi. Bu haqda Jahon banki ma’lum qildi.
Loyiha doirasida viloyatdagi 400 dan ortiq oilaviy poliklinikani modernizatsiya qiliş, tibbiyot muassasalarining moddiy-texnik bazasini yaxşilaş hamda surunkali kasalliklarni erta aniqlaş imkoniyatlarini kengaytiriş rejalaştirilgan.
Şuningdek, 6,4 mingdan ortiq tibbiyot xodimi malaka oşiriş kurslarida öqitilib, sertifikatlanadi. Ularning 1 250 nafari oilaviy şifokor, 5 ming nafari esa hamşiralardan iborat böladi.
Dastur doirasida tibbiy xizmatlarni raqamlaştiriş uçun D-MED milliy platformasi ham kengaytiriladi. Natijada 330 ming nafar katta yoşli aholi yurak-qon tomir kasalliklari xavfi böyiça tekşiruvdan ötkaziladi, 250 ming nafar bemorning davolaniş jarayoni muntazam kuzatib boriladi.
Jahon banki ma’lumotiga köra, loyiha Samarqand viloyatidagi qariyb 4,3 million aholiga körsatiladigan tibbiy xizmatlar sifatini oşirişga qaratilgan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!