Rossiya prezidenti Vladimir Putin, AQŞ prezidenti Donald Tramp va Xitoy raisi Si Szinpin Xitoyda bölib ötayotgan Osiyo-Tinç okeani iqtisodiy hamkorligi (APEC) sammitining yalpi majlisida nutq sözladi. Ular öz çiqişlarida iqtisodiy hamkorlik, savdo aloqalari va sun’iy intellektni rivojlantiriş masalalariga töxtaldi.
Putin Rossiya Osiyo-Tinç okeani mintaqasi bilan hamkorlikni strategik yönaliş sifatida körişini ta’kidladi. Uning aytişiça, Rossiya dunyoning yetakçi iqtisodiyotlari qatoriga kiradi. Şuningdek, u ASEAN mamlakatlari bilan tovar ayirboşlaş hajmi 60 foizga oşganini ma’lum qildi.
Donald Tramp AQŞ iqtisodiyotidagi özgarişlar haqida gapirib, soliqlarning pasaytirilişi, iqtisodiyotni tartibga soliş va 20 dan ortiq savdo bitimlarining tuzilişi iqtisodiy yutuqlarga xizmat qilganini bildirdi. Şuningdek, u Putin va Si Szinpin bilan bölajak uç tomonlama uçraşuvni «tarixiy» deb atab, uni intiqlik bilan kutayotganini aytdi.
Si Szinpin Xitoy APEC doirasida amaliy hamkorlikni rivojlantiriş uçun 20 million dollar ajratişini ma’lum qildi. U, şuningdek, mintaqa mamlakatlarini umumiy innovatsion ekotizim yaratiş va sun’iy intellekt sohasini rivojlantirişga çaqirdi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!