$
12014.37 UZS
40.93
₽
146.19 UZS
1.66
€
13280.68 UZS
-1.46
31° Kechasi 18°

Amir Temur aslida kim?

12:07 / 06.08.2024

Tarixdan ma’lumki, har bir dinning ham millatning ham o‘z yetakchilari va hukmdorlari bo‘lgan. Xuddi shunday musulmon dunyosiga ham kuchli bir hukmdor kerak edi. Turli manbalarda turlicha ta’riflanadigan Amir Temur o‘z davrining ko‘plab shaxslari bilan ziddiyatlarga borgan. Jumladan, Yildirim Boyazid bilan bo‘lgan qarama-qarshiliklar ham tarixiy manbalarda turlicha yoritilgan.

Amir Temur va Yildirim Boyazidni ko‘pchilik o‘zaro yovlar deb biladi. Ammo haqiqatan ham shundaymi?

1. Amir Temur va Yildirim Boyazid o‘rtasida avvaldan nizo bo‘lganmi? Urush boshlanishiga asosiy sabab nima?

2. O‘z qo‘shini bilan Turkiyani zabt etgan Temur nima uchun u yerda hukmronligini o‘rnatmagan va bu davlatni bosib olmagan?

3. Amir Temur imperiyasining maydoni qancha? Ushbu imperiya hozir qaysi davlatlarga to‘g‘ri keladi?

4. Xo‘sh, Amir Temurning rafiqalari soni qancha? Uning haramidagi kanizaklar-chi?

5. Temur vafotining asl haqiqati qanday? Shu va shu kabi savollarga quyida batafsil to‘xtalamiz.

Amir Temur va Boyazid uzoq yillar davomida bir birlariga maktub yuborib turgan. Jumladan, Amir Temur birinchi maktubida Rum diyori podshohiga Qora Yusuf va Ahmad Jaloyirni yurtidan surgun qilishini talab qiladi. Bundan tashqari, Boyazidga Amir Temur va uning qo‘shinlariga bo‘ysunmagan podsholarning qismatini ham eslatib o‘tadi. Ushbu maktubga javobni Yildirim Boyazid “Qari ko‘ppak” deya Amir Temurni haqorat qilishdan boshlaydi. Hamda uni zolim, kofirlarning eng ashaddiysi deya ataydi. Ushbu nomani olgandan so‘ng kim jang maydoniga kelmasa uning xotini uch taloq bo‘lg‘ay deb maktubni yakunlaydi. Bu so‘zlar Amir Temurga juda og‘ir botadi. Shunday bo‘lsa-da, u bu munozarani jangga aylantirmaslikka sulh tuzishga ko‘p bor urinadi. Shu sabab ko‘p xatlar bitadi. Sulh tuzilsa orada do‘stlik va birodarlik rishtalari bog‘lanishini va musulmon musulmonning qonini to‘kishi joiz emasligini aksincha kofirlarga qarshi kurashishni ma’qul ko‘rishini aytadi. Bundan tashqari, Amir Temur Boyazid xasta ekanligida unga qarshi jang qilmagani ham e’tiborga molik. Shunday bo‘lsa-da, oradagi nizolar sabab urush boshlangan. Tez orada sohibqiron qo‘shini kichik Osiyo hududiga bostirib kirgan.

Ilk jang 1399-yil Sivash shahrida bo‘lib o‘tgan. Sohibqiron Usmonlilar qo‘shini bilan u yerda jang qilishdan voz kechadi va o‘z qo‘shini bilan Anqarani orqa tomondan qamal qiladi. Shundan so‘ng, Usmonlilar ortga qaytishga majbur bo‘lib, o‘zlari uchun noqulay sharoitda jang qilishga majbur bo‘lishadi. Anqara uchun bo‘lib o‘tgan jang 1402-yil 20-iyun kuni tongda boshlanadi. Ushbu jangda har tomondan 200 mingdan ortiq qo‘shin ishtirok etgan. Temur qo‘shinlari Usmonli qo‘shinlarining asosiy qismini zaxira qismdan ajratib, uni qurshab oladi. Sulton Boyazidning omon qolgan askar va sarkardalari har tarafga qochib qoladi. Hattoki, uch shahzoda ham otalarini jang maydonida tashlab qochishni afzal ko‘rishadi. Shundan so‘ng, Boyazidning sodiq sarkardalari unga jang taqdiri allaqachon hal bo‘lganini aytadi va qochishni maslahat beradi. Biroq sulton dushman qurshovida qolib ketganiga qaramay qochishdan voz kechadi. Boyazid yarim tungacha jang maydonida urush olib boradi. Yarim tunda esa uning oti yiqiladi. Temur jangchilari shu zahoti Boyazidni asir oladi. Murosasiz va shafqatsiz kechgan jang usmonli turklarining mag‘lubiyati bilan tugaydi va ushbu davlat to‘liq Temurning ixtiyoriga o‘tadi. Boyazid qoshining 2/3 qismi Temur qo‘shinining esa 1/8 qismi halok bo‘ladi.Shundan so‘ng asirlikka chiday olmagan mag‘rur Boyazid ko‘p o‘tmay vafot etadi. Usmonlilar davlati esa uning o‘g‘illariga bo‘lib beriladi. Ikki turkiy qavmning jangi sabab Yevropa mamlakatlari musulmonlarning tahdididan qutulib qoladi.

O‘z qo‘shini bilan Turkiyani zabt etgan Temur nima uchun u yerda hukmronligini o‘rnatmagan va bu davlatni bosib olmagan?

Bunga sabab Amir Temurning asosiy maqsadi Chig‘atoy ulusini kuchaytirish bo‘lgan edi. U musulmon davlatlar bilan hamisha sulh tuzishga harakat qilgan. Sulh tuzmagan Boyazid bilan jang bo‘lgan lekin ushbu davlatni Yana Yildirimning o‘g‘illariga bo‘lib bergan. Shuning uchun maktublarida ham yuqorida aytganimizdek, “Musulmon musulmon bilan urishishi joiz emas” – deya qayta-qayta ta’kidlagan.

Amir Temur imperiyasining maydoni qancha? Ushbu imperiya hozir qaysi davlatlarga to‘g‘ri keladi?

Amir Temur o‘z hukmronligi davrida juda katta maydonlarni egallagan edi. Bosib olgan hududlari hozirgi kunda Eron, Pokiston, Turkmaniston, Afg‘oniston, Ozarbayjon, Qozog‘istonning bir qismi, Iroq, Tojikiston, Hindistonning bir qismini, Turkiya, Gruziya, Qirg‘iziston va O‘zbekistonga to‘g‘ri keladi. Shuningdek, 1405-yilda imperiyaning maydoni 4.4 mln kv kmni tashkil etgan. Bu esa hozirgi O‘zbekiston maydonidan deyarli 10 baravarga katta hudud hisoblanadi.

Xo‘sh, Amir Temurning rafiqalari soni qancha? Uning haramidagi kanizaklar-chi?

Amir Temur kezi kelsa, shafqat bilmas jangchi bo‘lsa-da, o‘z oilasidagi ayollarga juda mehribon shaxs bo‘lgan. Tarixiy manbalarda aytilishicha, Amir Temur 18 marta uylangan. Bundan tashqari, uning 22 nafar xos kanizaklari ham bo‘lgan. Temur dunyodan ko‘z yumganida zavjalaridan 4 tasi hayot bo‘lgan. Ular Saroy Mulk xonim, Tuman og‘o xonim, Tukol xonim va Ruhparvar og‘o xonimlardir. Amir Temurning birinchi xotini Turmush og‘o bo‘lgan. Aytishlaricha, Saroy Mulk xonim va Amir Temur o‘rtasida farzand dunyoga kelmagan. Shunday bo‘lsa-da, Saroy Mulk xonim uning bir nechta nabiralarini tarbiyalagan. Shuningdek, u Bibixonim nomiga ham sazovor bo‘lgan. Bu nomga musharraf bo‘lish uchun yuksak aql-zakovat, did-farosat va fikrlash dunyosining kengligi bosh omil bo‘lgan. Bejizga Saroy Mulk xonim “Benazir” deya ta’riflanmagan. Bundan tashqari, u saltanat ishlarida dono maslahatlari bilan bosh-qosh bo‘lgan. Shuningdek, mamlakatdagi tolibi ilmlarga doimo homiylik qilgan. Sohibqiron ko‘plab yurishlarida Bibixonim birga yurgan. Bundan tashqari, davlat ishlarida Temur Bibixonimga oshkora bo‘ysunmasa-da, uning dono maslahatlariga hamisha ehtiyoj sezgan. Ibn Arabshoh bergan ma’lumotga ko‘ra, Xalil sulton mirzoning xotini Shodimulk 1408-yilda Saroy Mulk xonimni zaharlab o‘ldirgan. Uning jasadini esa o‘zi qurdirgan madrasa yonidagi maqbaraga mumiyolangan holda dafn ettirgan.

Qiziq, Temur vafotining asl haqiqati qanday edi?

Tarix kitoblarida Amir Temurning vafoti bilan bog‘liq sabablar bir-biri bilan juda o‘xshash deyarli farq qilmaydi. Ba’zi manbalarda sarkardani bosh shamollashidan vafot etgan deyilsa, ba’zilarida esa aksi. Masalan tarixchi Hamdam Sodiqovning “Amir Temur saltanatida xavfsizlik xizmati” kitobida Amir Temur zaharlanganligi haqida fikrlar bor. Asarda yozilishicha, Amir Temurning josusi Xitoy imperatori elchisi Shuanning shubhali harakatlarini sezadi. U bozorda tez-tez Xitoylik savdogarlar bilan uchrashib turgan. Shuningdek, Xitoylik elchilar oxirgi kunlarda juda bezovta ham bo‘lgan. Bularni ko‘rgan Amir Temur bazm uyushtiradi va ularga o‘zi may uzatib turadi. Ular mast holga kelgach, elchidan rejasi haqida so‘raydi. Sarxush elchi esa Amir Temur qachon Xitoyga yurish qilishini bilish va u Pekinga yetmasdan yo‘q qilish vazifasini olganini aytadi. Bundan tashqari, Bibixonimning aytishicha, Amir Temur soch oldirib bo‘lgach bardam va tetik holda chodiri tomon yo‘l olgan. Ichkariga qadam bosganida esa dimog‘iga badbo‘y hid urilgan. Shundan so‘ng, badanini qaltiroq bosgan. Kitobda yozilishicha, shu voqeada Xitoyliklar uni zaharlagan bo‘lishi ehtimoli yuqori. Bundan tashqari o‘sha davr tarixchilari sohibqironning o‘limiga ko‘p miqdordagi ichimlik sabab bo‘lgan deb ham yozishadi. Shunday qilib, har bir boshlanishning nihoyasi va har bir quyosh chiqishining botishi bo‘lganidek, Sohibqiron sarkarda Amir Temur bundan 616 yil avval namozshom bilan xufton orasida “Tavhid” kalimasini takror-takror aytib hayotdan ko‘z yumadi.

Xo‘sh, sizningcha Amir Temur aslida qanday inson edi? Adolatparvar podshohmi yoki qonxo‘r jallod?

                                                                                                                          Muallif: Gulzoda Olimjanova


O‘zbekiston


														
														Kuz-qiş mavsumida tabiiy gaz ta’minoti: aholi va ijtimoiy soha obyektlariga ustuvorlik beriladi

Kuz-qiş mavsumida tabiiy gaz ta’minoti: aholi va ijtimoiy soha obyektlariga ustuvorlik beriladi

Vazirlar Mahkamasining tegişli qarori bilan 2026–2027-yillar kuz-qiş mavsumida aholi, ijtimoiy soha obyektlari va strategik …
16:45 / 14.11.2026

														
														Belgorodda dron hujumi oqibatida bir oilaning uç a’zosi halok böldi

Belgorodda dron hujumi oqibatida bir oilaning uç a’zosi halok böldi

Rossiyaning Belgorod viloyati Proletarskiy posyolkasida dron turar joyga hujum qilişi oqibatida bir oilaning uç a’zosi — erk…
14:31 / 14.11.2026

														
														Özbekistonda dorilarni retseptsiz sotiş mezonlari özgartirildi

Özbekistonda dorilarni retseptsiz sotiş mezonlari özgartirildi

Ma’lum qilinişiça, tegişli hujjat 2026-yil 12-noyabr kuni davlat röyxatidan ötkazilgan. Unga muvofiq, dorilarni retseptsiz s…
14:24 / 14.11.2026

														
														Pokistonda yölbars hujumi oqibatida 19 yoşli yigit halok böldi

Pokistonda yölbars hujumi oqibatida 19 yoşli yigit halok böldi

Pokistonning Lahor şahridagi fermada boqilayotgan yölbars 19 yoşli işçiga hujum qildi. Oğir jarohat olgan yigit şifoxonada v…
10:28 / 14.11.2026

														
														Polşa Ukraina uçun AQŞ qurollarini xarid qilişni moliyalaştirmaydi

Polşa Ukraina uçun AQŞ qurollarini xarid qilişni moliyalaştirmaydi

Polşa Ukraina uçun AQŞda işlab çiqarilgan qurol-yaroğ va harbiy texnikalarni xarid qilişga hozirça mablağ ajratmaydi. Boş va…
10:17 / 14.11.2026

														
														Toşkentda qariyb 23 ming yölovçi yöl haqini tölamagani uçun kamida ikki marta jarimaga tortildi

Toşkentda qariyb 23 ming yölovçi yöl haqini tölamagani uçun kamida ikki marta jarimaga tortildi

Toşkent şahridagi avtobuslarda yöl haqini tölamasdan harakatlangan 22 929 nafar yölovçi kamida ikki marta ma’muriy javobgarl…
09:58 / 14.11.2026

														
														Toşkentda 15–16 yoşli qizlar örtasida 7 ta homiladorlik holati qayd etildi

Toşkentda 15–16 yoşli qizlar örtasida 7 ta homiladorlik holati qayd etildi

2026-yilning yanvar–sentabr oylarida Toşkent şahrida 15–16 yoşli qizlar örtasida 7 ta homiladorlik holati aniqlangan. Bu haq…
09:55 / 14.11.2026

														
														Rossiyaning Uzoq Şarqida qiyin ahvolga tuşgan özbekistonliklar vatanga qaytarildi

Rossiyaning Uzoq Şarqida qiyin ahvolga tuşgan özbekistonliklar vatanga qaytarildi

Rossiyaning Uzoq Şarq federal okrugida vaqtinçalik mehnat faoliyati davomida oğir moliyaviy vaziyatga tuşib qolgan bir guruh…
09:51 / 14.11.2026

														
														AQŞda tanker bilan töqnaşgan kruiz kemasi Missisipi daryosiga çökib ketdi

AQŞda tanker bilan töqnaşgan kruiz kemasi Missisipi daryosiga çökib ketdi

2026-yil 13-noyabr kuni AQŞning Nyu-Orlean şahrida Missisipi daryosida tanker kemasi kruiz kemasi bilan töqnaşdi. Hodisa oqi…
09:48 / 14.11.2026

														
														Dehqonobodda maktabga boriş uçun soy keçadigan bolalar uçun köprik quriladi

Dehqonobodda maktabga boriş uçun soy keçadigan bolalar uçun köprik quriladi

Qaşqadaryo viloyati Dehqonobod tumanidagi Jingil qişloğida joylaşgan 84-sonli umumta’lim maktabi öquvçilari foydalanişi uçun…
09:42 / 14.11.2026

Bu ham qiziq

Özbekiston xalqaro investitsiyaviy arbitraj işida ğalaba qozondi

Özbekiston xalqaro investitsiyaviy arbitraj işida ğalaba qozondi

2026-yil 26-oktyabr kuni Investitsiyaviy nizolarni hal etiş böyiça xalqaro markaz (ICSID) arbitraj tribunali Turkiya fuqaros…
09:39 / 14.11.2026
Toşkentda qariyb 23 ming yölovçi yöl haqini tölamagani uçun kamida ikki marta jarimaga tortildi

Toşkentda qariyb 23 ming yölovçi yöl haqini tölamagani uçun kamida ikki marta jarimaga tortildi

Toşkent şahridagi avtobuslarda yöl haqini tölamasdan harakatlangan 22 929 nafar yölovçi kamida ikki marta ma’muriy javobgarl…
09:58 / 14.11.2026
Avstraliyada 48 qavatli osmonöpar bino quyoş elektr stansiyasiga aylantirildi

Avstraliyada 48 qavatli osmonöpar bino quyoş elektr stansiyasiga aylantirildi

Avstraliyaning Melburn şahrida joylaşgan 48 qavatli ofis binosining taşqi devorlari va tomiga 1 391 ta quyoş paneli örnatild…
10:32 / 14.11.2026
Özbekistonda 6 yoşli bolalar uçun bir yillik maktabga tayyorlov majburiy etiladi

Özbekistonda 6 yoşli bolalar uçun bir yillik maktabga tayyorlov majburiy etiladi

Özbekistonda 2027-yildan boşlab 6 yoşli bolalarni bir yillik majburiy maktabga tayyorlov bilan töliq qamrab oliş rejalaştiri…
15:31 / 12.11.2026
Mozori Şarifda Alişer Navoiy yodgorligi qurilişi yakunlanmoqda

Mozori Şarifda Alişer Navoiy yodgorligi qurilişi yakunlanmoqda

Surxondaryo viloyati hokimi Uluğbek Qosimov boşçiligidagi Özbekiston delegatsiyasi Afğonistonning Mozori Şarif şahriga taşri…
15:30 / 13.11.2026
Bugun Özbekistonning ayrim hududlarida yomğir yoğişi mumkin

Bugun Özbekistonning ayrim hududlarida yomğir yoğişi mumkin

13-noyabr kuni Özbekiston böylab havo özgaruvçan böladi. Respublikaning ayrim hududlarida yomğir yoğişi, ba’zi joylarda tuma…
17:10 / 12.11.2026
Kuz-qiş mavsumida tabiiy gaz ta’minoti: aholi va ijtimoiy soha obyektlariga ustuvorlik beriladi

Kuz-qiş mavsumida tabiiy gaz ta’minoti: aholi va ijtimoiy soha obyektlariga ustuvorlik beriladi

Vazirlar Mahkamasining tegişli qarori bilan 2026–2027-yillar kuz-qiş mavsumida aholi, ijtimoiy soha obyektlari va strategik …
16:45 / 14.11.2026
Toşkentda öquv markaziga bosqin uyuştirmoqçi bölgan tört kişi uşlandi

Toşkentda öquv markaziga bosqin uyuştirmoqçi bölgan tört kişi uşlandi

Toşkent şahridagi öquv markazlaridan birida saqlanayotgan katta miqdordagi pul mablağlarini bosqinçilik yöli bilan qölga kir…
09:18 / 13.11.2026
"Demokrat.uz" rahbari va bloger 10 yildan ortiq muddatga qamaldi

"Demokrat.uz" rahbari va bloger 10 yildan ortiq muddatga qamaldi

"Demokrat.uz" rahbari Fazliddinxon Mehmonov va bloger Aziz Ğoipnazarovga nisbatan sud hukmi e’lon qilindi. 11-noyabr kuni çi…
14:44 / 12.11.2026
GWU prezidentining maslahat kengaşi yiğilişida universitetni rivojlantiriş strategiyasi muhokama qilindi

GWU prezidentining maslahat kengaşi yiğilişida universitetni rivojlantiriş strategiyasi muhokama qilindi

Jorj Vaşington universiteti (GWU) prezidenti Ellen Granberg va universitet Prezidentining maslahat kengaşi a’zolari navbatda…
09:27 / 14.11.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!