Kecha, 27-iyun kuni Andijon viloyatining Xo‘jaobod tumanida ikkita avtomashina ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Holat yuzasidan viloyat IIB YHXB ma’lumot berdi.
Holat soat 22:30 larda Ho‘jaobod tumani “Mustaqillikning 27 yilligi” MFY hududidan o‘tgan A-373 avtomobil yo‘lining 457-kilometrida yuz bergan. 1997-yilda tug‘ilgan haydovchi S.U. boshqaruvidagi Nexia-3 avtomashinasini Andijon–Xonobod avtomobil transport qatnov yo‘lining Andijon yo‘nalishi bo‘yicha boshqarib borayotib, yo‘lning belgilanmagan joyidan qayrilishni amalga oshirayotgan vaqtida mazkur transport qatnov yo‘lida harakatlanib kelayotgan, 1987-yilda tug‘ilgan R.V. boshqaruvidagi FAR CAR MODEL rusumli avtomashina bilan to‘qnashib, yo‘l-transport hodisasi sodir etgan.
Oqibatda FAR CAR MODEL avtomashinasi yo‘lovchisi M.A. tan jarohati olib, shifoxonaga murojaat qilgan.
Mazkur holat yuzasidan Ho‘jaobod tumani IIB YHXG mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!