Donald Trampning o‘g‘illari — Eric Tramp va Donald Tramp Jr. Qozog‘istondagi volfram qazib olish loyihasi bilan bog‘liq kompaniyada ulushga ega bo‘ldi. Bu haqda “Financial Times” nashri xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, ular 2025-yil avgust oyida Skyline Builders qurilish guruhi orqali ulush sotib olib, keyinchalik bir qator bitimlar natijasida Skyline Kaz Resources kompaniyasining 20 foiziga egalik qilgan. Mazkur kompaniya Cove Capital investitsiya guruhi bilan bog‘liq hisoblanadi.
Shundan so‘ng Qozog‘istondagi loyihalarni boshqaruvchi tuzilmalar birlashtirilib, yangi “Kaz Resources” brendi ostida Nasdaq birjasida ommaviy aksiyalar joylashtirish rejalashtirilgan.
Nashrga ko‘ra, AQShning eksport-import banki va boshqa moliyaviy institutlar Qozog‘istondagi volfram loyihalarini qo‘llab-quvvatlash uchun 1,6 milliard dollargacha mablag‘ ajratishni ma’qullagan.
Donald Trampning kichik o‘g‘li ushbu loyihada passiv investor ekanini, operatsion jarayonlarda ishtirok etmasligini va davlat organlari bilan aloqada bo‘lmasligini bildirgan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!