O‘tgan yilning sentyabr oyida Namangan va boshqa viloyatlarda maktab o‘quvchilari SAMO kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan “Antistrumin” preparatini qabul qilib, zaharlangani haqida yozgan edik.
Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi tekshiruvdan so‘ng “Samo” MChJ litsenziyasining amal qilishini vaqtinchalik to‘xtatib qo‘yganini ma’lum qildi, unda jiddiy qonunbuzarliklar aniqlangan. 2023-yil dekabr oyida Markaz “Samo” MChJ litsenziyasini bekor qilish to‘g‘risida sudga da’vo kiritgan.
Biroq 2024-yil 19-yanvarda Namangan shahrida bolalarning zaharlanishiga doir jinoyat ishi bo‘yicha tergov harakatlari olib borilayotganligi munosabati bilan da’vo arizasini ko‘rib chiqish sudlanuvchining arizasiga ko‘ra to‘xtatilgan.
Zangiota tumanlararo xo‘jalik sudi tomonidan aholi hayoti va sog‘lig‘iga tahdidlarning oldini olish maqsadida yuqoridagi holat bo‘yicha yakuniy qaror qabul qilingunga qadar “Samo” MChJ litsenziyasining amal qilishini to‘xtatib turish to‘g‘risidagi Markazning iltimosnomasi qanoatlantirildi.
“Korxonaga 2020-yil 30-martda dori vositalari ishlab chiqarish uchun berilgan 15571-sonli litsenziyaning amal qilishi vaqtincha to‘xtatildi”, — deyiladi Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazining xabarida.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!