$
12355.14 UZS
-84.27
148.48 UZS
-3.39
14539.53 UZS
-44.43
31° Kechasi 18°

Atirgullar haqida qiziqarli 8 fakt

17:23 / 03.02.2022

Atirgul suvi

Atirgul suvini tayyorlash uchun uni distillash kerakligi haqidagi ilk qaydlar 916-yilga tegishli. Oʻsha vaqtlarda atirgul suvini suyuqlik oʻrnida isteʼmol qilishgan, atir qilib sepishgan, hattoki dori oʻrnida ham foydalanishgan. Atirgul suvi Sharq mamlakatlaridagi eng qimmatbaho mahsulotlardan biri boʻlgan. Hozirgi kunda ayollar uchun moʻljallangan atirlarning 98 foizi, erkaklar uchun moʻljallangan atirlarning 48 foizi atirgul yaproqlaridan tayyorlanadi.

Diametri bir santimetrli atirgul gʻunchasi

Dunyodagi eng kichkina atirgul gʻunchasining diametri bir santimetrga teng boʻlgan va u hindistonlik olim tomonidan yetishtirilgan. Shisha kolba ichiga joylashtirilgan atirgul ikki oy davomida elektromagnit nurlanish taʼsiri ostida boʻlgan.

Qimmatbaho moy

Yangi siqib olingan atirgul yogʻi – dunyodagi eng qimmatbaho moy hisoblanadi. Bu turdagi moy narxi oltin va platina narxidan ham qimmatroq. Atirgul yogʻining bir litrini tayyorlash uchun 3 tonna gul yaproqlari kerak boʻladi.

Ulkan butalar

Eng katta atirgul butasi 1885-yilda AQShda yetishtirilgan, uning kattaligi 740 kvadrat metrga teng boʻlgan. Ushbu turga Londondagi Qirollik Botanika bogʻi direktorining rafiqasi sharafiga “Benks xonim” deb nom berilgan. Uning bitta novdasida 200 mingta sariq rangli atirgul ochilgan.

Tinchlantiruvchi vosita

Atirgullarning yoqimli hididan bahramand boʻlgan odamni xavotir hissi tark etishi fanda isbotlangan. Atirgul hidi tinchlantiruvchi taʼsirga ega, shuning uchun ham atirgul moyi aromaterapiyada keng qoʻllaniladi.

Shekspir va atirgullar

Ingliz yozuvchisi Uilyam Shekspir atirgulni oʻz asarlarida 50 martadan koʻproq tilga olgan. Shu sababli noodatiy shaklga ega boʻlgan atirgul turiga yozuvchining nomi berilgan.

Dunyodagi eng “keksa” atirgul

Dunyodagi eng “keksa” atirgul Germaniyada joylashgan ibodatxonalardan birining yonida oʻsadi. Atirgul butasining balandligi oʻsimlik yonidagi bino balandligiga teng kelib qolgan. Uning yoshi ming yildan oshgan. Urush yillarida atirgul butasiga zarar yetkazilgan, biroq oradan vaqt oʻtib butun qolgan ildiz qismidan yangi novdalar oʻsib chiqqan.

Limondan foydaliroq

Yovvoyi atirgul, yaʼni naʼmatak mevasi tarkibida limon tarkibidagiga nisbatan koʻproq C vitamini saqlanadi. Naʼmatak qaynatmasi salomatlikni mustahkamlaydi.

 


Qiziqarli


														
														Bugun “Iphone” yangi qurilmalarining taqdimoti bo‘lib o‘tadi

Bugun “Iphone” yangi qurilmalarining taqdimoti bo‘lib o‘tadi

Marosimda Iphone 17 modeli ham taqdim etilishi kutilmoqda
19:36 / 09.09.2025

														
														2024-yilda dunyo millionerlari soni 2,34 million kishidan oshdi

2024-yilda dunyo millionerlari soni 2,34 million kishidan oshdi

Bu haqda Knight Frank kompaniyasining yillik Wealth Report hisobotida keltirildi.
12:45 / 08.03.2025

														
														Mumtoz Mahal kim edi va Toj Mahal nima uchun unga atalgan?

Mumtoz Mahal kim edi va Toj Mahal nima uchun unga atalgan?

Dunyoning eng buyuk me’moriy obidalaridan biri bo‘lgan va haqiqiy sadoqat, sevgining timsoli hisoblanadigan Toj Mahal o‘zini…
17:04 / 06.02.2025

														
														O‘sha tun...

O‘sha tun...

Voqeiy hikoyaO‘sha kuni qo‘shni bolalar bilan qora kechgacha o‘ynadik.
16:27 / 03.02.2025

														
														Meduza niqobi: Sitsiliyada 2000 yildan oshiq noodatiy artefakt topildi

Meduza niqobi: Sitsiliyada 2000 yildan oshiq noodatiy artefakt topildi

Italiyalik arxeologlar Sitsiliya janubidagi Agrigento provinsiyasidagi zamonaviy Likata yaqinida joylashgan qadimiy Finziade…
11:14 / 27.01.2025

														
														Ilm-fan “otalari”

Ilm-fan “otalari”

Ilm-fan otalari tarix kitoblaridagi shunchaki nomlar emas. Ular g‘oyalari bilan insoniyat sivilizatsiyasiga hissa qo‘shgan o…
12:11 / 15.01.2025

														
														Gender testlari mojarosi bilan tanilgan Iman Halif Google’da eng ko‘p qidirilgan sportchi bo‘ldi

Gender testlari mojarosi bilan tanilgan Iman Halif Google’da eng ko‘p qidirilgan sportchi bo‘ldi

Google qidiruv tizimi orqali 2024-yilda eng ko‘p izlangan mavzularni sarhisob qildi va qidiruvlarni yo‘nalishlar bo‘yicha aj…
11:22 / 12.12.2024

														
														Yaponiyada odamlarni yuvadigan kir mashina yaratildi

Yaponiyada odamlarni yuvadigan kir mashina yaratildi

2025-yil aprel oyida Osaka shahrida bo‘lib o‘tadigan Butunjahon ko‘rgazmasida insonlar foydalanishi uchun mo‘ljallangan kir …
14:41 / 23.11.2024

														
														2024-yilning eng yaxshi pishlog‘i aniqlandi

2024-yilning eng yaxshi pishlog‘i aniqlandi

“Yilning eng yaxshi pishlog‘i” nomli an’anaviy xalqaro tanlov Portugaliyaning Vizeu shahrida o‘tkazildi.
10:26 / 20.11.2024

														
														“Titanik”dagi kapitanning soati auksionda sotildi

“Titanik”dagi kapitanning soati auksionda sotildi

Henry Aldridge and Son auksion uyining xabar berishicha, “Titanik”ning 700 dan ortiq yo‘lovchisini qutqargan “Karpatiya” kem…
10:22 / 18.11.2024

Bu ham qiziq

Fridrix Mers: “Putinning imperiyaviy rejalari Ukrainadan ko‘ra ancha kengroq”

Fridrix Mers: “Putinning imperiyaviy rejalari Ukrainadan ko‘ra ancha kengroq”

Kansler Yevropa ittifoqdoshlarini ustuvor yo‘nalishlarni qayta ko‘rib chiqish va AQSh bilan munosabatlar o‘zgarayotgan sharo…
10:44 / 09.09.2025
Shavkat Mirziyoyev Janni Infantinoni “Do‘stlik” ordeni bilan taqdirladi

Shavkat Mirziyoyev Janni Infantinoni “Do‘stlik” ordeni bilan taqdirladi

O‘zbekiston Prezidenti FIFA bilan sheriklikni kengaytirish muhimligini ta’kidladi
20:57 / 08.09.2025
Nikohni rasmiylashtirishda tibbiy ko‘rik natijalarini taqdim qilish talabi bekor qilinadi

Nikohni rasmiylashtirishda tibbiy ko‘rik natijalarini taqdim qilish talabi bekor qilinadi

Farmon 2025-yilning 1-dekabridan kuchga kirishi kutilmoqda
22:19 / 09.09.2025
Isroil Suriyaga havo hujumlarini boshladi

Isroil Suriyaga havo hujumlarini boshladi

Ma’lumotlarga ko‘ra, Isroil harbiy samolyotlari Suriyaning markaziy qismidagi Xoms viloyatiga havo hujumlarini amalga oshirg…
10:39 / 09.09.2025
Qatar poytaxtida kuchli portlashlar sodir bo‘ldi

Qatar poytaxtida kuchli portlashlar sodir bo‘ldi

Xabarlarga ko‘ra, Isroil armiyasi HAMAS yetakchilarining Dohaga kelgani sabab, ularni nishonga olganligi taxmin qilinmoqda
19:02 / 09.09.2025
Toshkentda qurilish maydonidagi kran qulashi oqibatida bir kishi halok bo‘ldi

Toshkentda qurilish maydonidagi kran qulashi oqibatida bir kishi halok bo‘ldi

Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIB rasmiy ma’lumot berdi.i.
12:23 / 09.09.2025
Ozarbayjonda mushkul ahvolda qolgan o‘zbekistonlik vatanga qaytarildi

Ozarbayjonda mushkul ahvolda qolgan o‘zbekistonlik vatanga qaytarildi

“O‘zbekistonning Ozarbayjondagi elchixonasi xodimlari ko‘magida Boku shahrida og‘ir vaziyatga tushib qolgan hamyurtimizning …
16:45 / 09.09.2025
Nepal prezidenti iste’foga chiqdi

Nepal prezidenti iste’foga chiqdi

Nepal prezidenti mamlakatdagi tartibsizliklar fonida iste’foga chiqdi.
17:31 / 09.09.2025
O‘zbekistonning 80 ta tumanida bog‘cha ochish uchun imtiyozlar e’lon qilindi

O‘zbekistonning 80 ta tumanida bog‘cha ochish uchun imtiyozlar e’lon qilindi

Shavkat Mirziyoyev raisligida maktabgacha va maktab ta’limi sohasidagi islohotlar ijrosi va kelgusidagi ustuvor vazifalar yu…
14:26 / 09.09.2025
Buyuk Britaniya politsiyasi mashhur ko‘cha rassomi Benksiga tergov boshladi

Buyuk Britaniya politsiyasi mashhur ko‘cha rassomi Benksiga tergov boshladi

Buning natijasida uning shaxsi maxfiylikdan chiqarilishi mumkin
21:38 / 09.09.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!