Ayni paytda Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.
So‘nggi ikki yilda suv xo‘jaligiga, jumladan suv tejovchi texnologiyalarga katta miqdorda subsidiya ajratilgan.
Lekin o‘tgan yili iste’mol qilingan 39 milliard kub metr suvning 36 foizi tuproq o‘zanli kanal va ariqlarda yo‘qolgani ko‘rsatib o‘tildi.
Bundan tashqari, yerlarning 70 foizi eski usulda sug‘orilgani bois, 5-6 milliard kub metr suv behuda sarflanib, kollektorlarga tashlanayotgani aytildi.
Bugungi kunda 2,5 million gektar maydonni sug‘orish uchun 5 mingdan ziyod nasos ishlatilib, yiliga 7 milliard kilovatt soat elektr sarflanadi. Lekin, 80 foiz nasoslar 35-40-yildan beri ishlatilib, o‘z resursini o‘tab bo‘lgan.
Davlatimiz rahbari suv xo‘jaligidagi bunday vaziyatdan chuqur tashvishdaligini qayd etib, soha mutasaddilariga qattiq e’tiroz bildirdi.
Kanallarni beton qilish orqali yo‘qotishlarni kamaytirish, nasoslarni energiya tejamkoriga almashtirish, suv inshootlarida avtomatlashgan hisoblagich o‘rnatish yuzasidan topshiriqlar berildi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!