“Spotify Camp Nou” stadionida oʻtgan Ispaniya chempionatining 26-turidan oʻrin olgan “Barselona” – “Real” uchrashuvi (2:1)ga 95 mingdan ortiq tomoshabin tashrif buyurdi.
RAC1 xabariga koʻra, oʻsha oʻyinda kataloniyaliklar chipta sotishdan 8,2 million yevrodan koʻproq daromad olishga muvaffaq boʻlishgan – bu klub uchun rekorddir.
Qayd etish mumkin, “Barselona” 68 ochko bilan turnir jadvalida peshqadamlikni davom ettirmoqda.
“Real” ustidan qozonilgan gʻalaba evaziga “koʻk-anorranglilar” asosiy taʼqibchisidan 12 ochko oldinda bormoqda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!