$
11963.23 UZS
50.85
155.35 UZS
1.96
13970.66 UZS
97.5
31° Kechasi 18°

“Baxti Tashkentskiy” 15 sutkaga qamaldi

09:32 / 06.12.2023

Toshkent shahar jinoyat ishlari bo‘yicha Yakkasaroy tuman sudi Toshkent shahar IIBB binosida Qudratullayev Baxtiyor Zaparovichga doir ishni ko‘rib chiqdi.

Joriy yilning 29-noyabr kuni Qudratullayev Baxtiyor Zaparovich MJtKning 183-moddasi (mayda bezorilik) va 194-moddasi (IIO xodimini qonuniy talabini bajarmaslik) 1-qismida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklarni sodir etganlikda aybli deb topildi va sud hukmi bilan 15 sutkaga qamaldi.

Ma’lum bo‘lishicha, Qudratullayev Baxtiyor Zaparovich 2023-yil 28-noyabr kuni soat 21:45 atrofida Toshkent shahar, Yakkasaroy tumani, Kohinur ko‘chasidagi uyning yo‘lagida va hovlisida bo‘la turib, jamoat joyida IIO xodimlariga nisbatan baqir-chaqir qilib, fuqarolarning tinchligini va jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan buzib, IIO xodimlarining IIB binosiga borib shaxsiga aniqlik kiritish haqidagi qonuniy talablarini bajarmagan.

Huquqbuzar B.Qudratullayev sud majlisida huquqbuzarlikni tan olmay, hech qanday huquqbuzarlik sodir etmaganligini, uyida bo‘lganida uni uyidan olib ketishganligini bildirib, suddan ishni odilona ko‘rib chiqishni so‘ragan.

Sud hukmiga ko‘ra, Qudratullayev Baxtiyor Zaparovich MJtKning 183-moddasi (ichki ishlar organlari xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik) va 194-moddasi 1-qismida (mayda bezorilik) nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklarni sodir qilgan deb topilgan va unga nisbatan 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yil 3-dekabr kuni "Baxti Tashkentskiy" nomi bilan tanilgan Baxtiyor Qudratullayevga nisbatan JKning 165-moddasi 3-qismi (juda ko‘p miqdorda tovlamachilik) 276-moddasi 2-qismi (ko‘p miqdorda giyohvandlik vositalarini saqlash) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan edi.


Bu ham qiziq

Toshkent viloyati prokuraturasi uchun 4,5 mlrd so‘mga avtoturargoh quriladi

Toshkent viloyati prokuraturasi uchun 4,5 mlrd so‘mga avtoturargoh quriladi

Bu bo‘yicha Toshkent viloyati hokimining 2025-yil 6-dekabrdagi farmoyishi “e-qaror” portaliga joylashtirilgan.
16:44 / 07.12.2025
7-dekabr kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

7-dekabr kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

7-dekabr kuni Toshkentda havo o‘zgarib turadi, kechasi va ertalab yomg‘ir yog‘adi. Kunduzi yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Kechqu…
14:45 / 06.12.2025
Suriyada qachon prezidentlik saylovlari o‘tkaziladi?

Suriyada qachon prezidentlik saylovlari o‘tkaziladi?

Suriyaning yangi konstitutsiyaga ko‘ra, to‘rt yildan so‘ng prezidentlik saylovlari o‘tkaziladi.
10:16 / 07.12.2025
Qozog‘istondagi avtobus halokatida ikki nafar o‘zbekistonlik vafot etdi

Qozog‘istondagi avtobus halokatida ikki nafar o‘zbekistonlik vafot etdi

Bu haqda O‘zbekiston FVV matbuot xizmati xabar berdi.
16:23 / 07.12.2025
Yangi hafta boshida qanday ob-havo kuzatiladi?

Yangi hafta boshida qanday ob-havo kuzatiladi?

“O‘zgidromet” 8–11-dekabr kunlari uchun ob-havo prognozini e’lon qildi.
17:14 / 06.12.2025
Toshkentda  narkokuryer talabalar qo‘lga olindi

Toshkentda narkokuryer talabalar qo‘lga olindi

Yashnobod tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida, 2 nafar talaba xolislar ishtirokida tekshirilganda, yonidan 120 gr Al…
09:07 / 08.12.2025
Toshkent metrosidagi 16 ta bekat kassalari yopiladi

Toshkent metrosidagi 16 ta bekat kassalari yopiladi

Toshkent metropolitenida 16 ta bekatda kassalar yopilib, infokioskalar ishga tushiriladi.
14:13 / 06.12.2025
Qashqadaryoda MChJ tomonidan 3,5 mlrd so‘mlik “svet” o‘marildi

Qashqadaryoda MChJ tomonidan 3,5 mlrd so‘mlik “svet” o‘marildi

Ushbu qoidabuzarlik natijasida, elektr ta’minoti korxonasining dastlabki hisob-kitoblariga ko‘ra, 3 milliard 517 million so‘…
11:35 / 06.12.2025
UFC. Pyotr Yan Merab Dvalishvilidan kamarni tortib oldi

UFC. Pyotr Yan Merab Dvalishvilidan kamarni tortib oldi

AQShning Las-Vegas shahrida yilning so‘nggi raqamli turniri – UFC 323 yakunlandi.
11:28 / 07.12.2025
Saida Mirziyoyeva Xitoy Xalqaro kommunikatsiya markazi raisi bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva Xitoy Xalqaro kommunikatsiya markazi raisi bilan uchrashdi

Markaz O‘zbekiston-Xitoy aloqalarini mustahkamlash, shuningdek, turli sohalardagi loyihalarni ilgari surishda muhim o‘rin tu…
17:38 / 06.12.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!