Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi 3-dekabr kuni “Baxti Tashkentskiy”ning qamoqqa olinganini rasman e’lon qildi. Ammo bungacha bo‘lgan vaqtda Baxtiyor Qudratullayev Yakkasaroy tumani sudining qarori bilan MJtKning 183-moddasi va 194-moddalarda nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarlikni sodir etgan deb topilib, 15 sutka ma’muriy qamoq jazosiga tortilgan.
Sud qarori 29-noyabr kuni qabul qilingan. Qarordan tushunish mumkinki, B.Qudratullayev 28-noyabr kuni tunda tumanning Kohinur ko‘chasidagi yashash uyi atrofida IIO xodimlariga baqir-chaqir qilib, fuqarolarning tinchligini buzgan. U IIO xodimlarining IIB binosiga borib shaxsiga aniqlik kiritish haqidagi qonuniy talablarini bajarmagan.
Eslatib o‘tamiz, ayni vaqtda Toshkent IIBB B.Qudratullayevni JKning 165-modda 3-qismi, juda ko‘p miqdorda tovlamachilik, 276-modda 2-qismi, ko‘p miqdorda giyohvandlik vositalarini saqlash kabi jinoyatlarni amalga oshirganlikda gumonlanib qo‘lga olinganini ma’lum qildi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!