Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Antoniu Guterrish BMT Xavfsizlik Kengashi yig‘ilishida Eronning Isroilga qarshi hujumini qoraladi.
“Apreldagi Eron hujumida bo‘lgani kabi, men kecha Eronning Isroilga uyushtirgan yirik raketa hujumini yana keskin qoralayman. Hujum Falastin xalqini qo‘llab-quvvatlash yoki ularning azob-uqubatlarini kamaytirish uchun hech narsa qilmadi”- deydi Gutterish.
Avvalroq Isroil BMT Bosh kotibini mamlakatga kirishini taqiqlagandi. Isroil rasmiylari Guterrishning Eronning raketa hujumini qoralay olmaganini hisobga olib, shunday qarorga kelgan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!