Isroil Bosh vaziri Benyamin Netanyaxu mamlakatning G‘azo sektoridagi XAMASga qarshi harbiy harakatlari ushbu tashkilot hokimiyatda qolar ekan hali beri yakunlanmasligini aytgan.
“XAMASni yo‘q qilmagunimizcha urushni tugatishga rozi bo‘lmayman. Biz ularni Tel-Avivdan 30 mil uzoqlikda joylashgan G‘azo hokimiyatida qoldira olmaymiz. Bu hech qachon sodir bo‘lmaydi”, – deya keltirmoqda Netanyaxuning so‘zlarini The Wall Street Journal. U bu so‘zlarni nashrga bergan intervyusida aytib o‘tgan.
Avvalroq, Isroil armiyasi G‘azodagi operatsiyalarini kuchaytirib, buni XAMAS infratuzilmasini yo‘q qilish va Isroil hududiga bo‘ladigan keyingi ehtimoliy hujumlarning oldini olish zarurati bilan izohlagan edi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!