“Hududgazta’minot” AJ Boshqaruv raisi topshirig‘i bilan bo‘lib o‘tayotgan tezkor nazorat tadbirlari davomida tizim xodimlari orasidagi qing‘irlik fosh etilgan.
“Hududgaz Qashqadaryo” gaz ta’minoti filiali komplayens nazorat tuzilmalari, huquq-tartibot organlari xodimlari bilan hamkorlikda Qashqadaryo viloyatining Dehqonobod tumanida suyultirilgan gaz ta’minotidagi qonunbuzilish holatlarini aniqlash bo‘yicha o‘rganish o‘tkazilgan.
Joriy yilning 12-dekabr kuni tuman suyultirilgan gaz xizmati ta’minotchi-chilangari N.B. hamda maxsus avtotransport vositasi haydovchisi A.N. “Tog‘aytemir” MFY iste’molchilariga yetkazib berilishi lozim bo‘lgan 100 dona maishiy gaz ballonlarni mazkur mahallada istiqomat qiluvchi fuqaro B.X.ning xonadonida tashkil etilgan “bunker”ga tushirayotgani aniqlangan. Xonadon ko‘zdan kechirilganda olib kelingan ballonlardan tashqari yana 101 ta bo‘sh maishiy gaz ballonlar borligi ma’lum bo‘lgan.
Bu haqda “Hududgazta’minot” AJ matbuot xizmati ma’lum qildi.
“Holat yuzasidan dalolatnoma tuzilib, barcha hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlar va FVBga taqdim etildi”, – deyiladi xabarda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!