$
12683.99 UZS
35.87
139.24 UZS
0.82
13647.97 UZS
25.94
32° Kechasi 21°

Bo‘stonliqda o‘quvchi bullingga uchrayotganligi haqida xabar bergan

16:11 / 05.04.2024

Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida o‘quvchi qizlar sinfdoshini kaltaklab, haqoratladi. Bu haqda Bolalar ombudsmani xabar berdi.

Qayd etilishicha, Bolalar ombudsmanining shaxsiy qabuliga 3-aprel kuni 2010-yilda tug‘ilgan, Bo‘stonliq tumanida yashovchi E.O. (qiz bola) kelib, murojaat qilgan.

E.O. o‘z murojaatida maktabda sinfdoshlari tomonidan muttasil tazyiq va bullingga uchrayotganligi, bu holatga maktab ma’muriyati ham, boshqa mas’ullar ham e’tiborsiz ekanligini bildirgan.

“Bolalar ombudsmani so‘rovi asosida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi va Ichki ishlar organlari mazkur holatni o‘rgandi. Bo‘stonliq tumani MMT bo‘limi o‘rganishi davomida joriy yilning 18-mart kuni informatika darsida E.O., S.M., M.K., K.V. lar (barchasi qizlar) o‘zaro gap talashib qolishgani, dars mashg‘ulotlari tugaganidan so‘ng, nizoni hal qilish uchun sinfxonada yig‘ilib, o‘zaro janjallashgani va 3 nafar qiz birgalikda E.O.ni urgani, uni turli haqoratli so‘zlar bilan kamsitishgani ma’lum bo‘ldi”, deyiladi xabarda.

Bo‘stonliq tumani, “Markaziy” MFY profilaktika inspektori tomonidan bolalar o‘rtasidagi bu holat bo‘yicha tergovga qadar tekshiruv olib borilib, voyaga yetmagan o‘quvchi qizlar E.O. va K.V.ga sud tibbiyot ekspertizasi tayinlangan va ularning yengil tan jarohati olganliklari aniqlangan.

Maktab rahbariyati va inspektor-psixolog bolalar o‘rtasida bu kabi bulling holatlariga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha tegishlicha ogohlantirilgan.


Bu ham qiziq

Chery brendi Buxoro viloyatidagi avtomobil sohiblarini WCWL loyihasi doirasida birlashtirdi

Chery brendi Buxoro viloyatidagi avtomobil sohiblarini WCWL loyihasi doirasida birlashtirdi

2024-yilning 27-aprel kuni Buxoro viloyatida Chery avtomobil brendining O‘zbekistondagi rasmiy distribyutori bo‘lgan ADM Glo…
16:27 / 06.05.2024
Ikkinchi jahon urushi qatnashchilariga 20 million so‘mdan mukofot beriladi

Ikkinchi jahon urushi qatnashchilariga 20 million so‘mdan mukofot beriladi

Bu bo‘yicha Prezidentning tegishli farmoni e’lon qilindi.
10:14 / 07.05.2024
Narkotiklarni nazorat qilish milliy markazi tashkil etildi

Narkotiklarni nazorat qilish milliy markazi tashkil etildi

Bu bo‘yicha Prezidentning tegishli farmoni qabul qilindi.
09:47 / 07.05.2024
O‘zbekistonda 3 oyda  qancha qurilish ishlari bajarilgan?

O‘zbekistonda 3 oyda qancha qurilish ishlari bajarilgan?

Bu ko‘rsatkich 2023-yilning mos davri bilan solishtirilganda 6,8 foizga oshgan.
15:08 / 06.05.2024
Nodirbek Abdusattorov Polshada 175 ming dollarlik turnirda ishtirok etadi

Nodirbek Abdusattorov Polshada 175 ming dollarlik turnirda ishtirok etadi

Turnir Polshaning Varshava shahrida 7-maydan 12-mayga qadar bo‘lib o‘tadi.
10:56 / 07.05.2024
Quyoshda yana bir kuchli chaqnash sodir bo‘ldi

Quyoshda yana bir kuchli chaqnash sodir bo‘ldi

Qayd etilishicha, bu bir hafta ichida ikkinchi marotaba sodir bo‘lgan.
16:41 / 06.05.2024
Amudaryo ustidan o‘tuvchi qo‘shma ko‘prikda transport harakati vaqtincha to‘xtatiladi

Amudaryo ustidan o‘tuvchi qo‘shma ko‘prikda transport harakati vaqtincha to‘xtatiladi

Ushbu davr mobaynida avtotransport vositalari harakati “Qipchoq ponton ko‘prigi” orqali amalga oshiriladi.
17:07 / 07.05.2024
Qirg‘iziston oktyabrda Xitoydan O‘zbekistonga temir yo‘l qurishni boshlamoqchi

Qirg‘iziston oktyabrda Xitoydan O‘zbekistonga temir yo‘l qurishni boshlamoqchi

Bu haqda Sadir Japarov ma’lum qilgan.
12:22 / 07.05.2024
Moskva markazida XVI-XIX asrlarga oid arxeologik topilmalar topildi

Moskva markazida XVI-XIX asrlarga oid arxeologik topilmalar topildi

Ularning 33 mingdan ortig‘i Rossiya muzey fondining davlat qismiga o‘tkazilgan.
10:19 / 07.05.2024
“Robocop” endi Toshkent ko‘chalarida patrullik qilmoqda

“Robocop” endi Toshkent ko‘chalarida patrullik qilmoqda

Toshkentda jamoat tartibini nazorat qiluvchi robot test rejimida ishlay boshladi.
16:18 / 06.05.2024

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!