25-sentabr kuni O‘zbekiston hududida biroz bulutli ob-havo kuzatiladi. Ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin.
Respublika bo‘yicha kunduzgi havo harorati +23…+33 daraja, kechasi esa +10…+18 daraja atrofida bo‘ladi.
Eng issiq ob-havo Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida kuzatiladi. Ushbu hududlarda havo harorati +28…+33 darajagacha ko‘tariladi.
Respublika bo‘ylab shamol sharqdan 7–12 m/s tezlikda esadi.
Tog‘li hududlarda havo o‘zgaruvchan bo‘lib, ayrim joylarda yomg‘ir yog‘ishi va momaqaldiroq kuzatilishi mumkin. Bu hududlarda harorat kechasi +9…+14 daraja, kunduzi esa +15…+20 daraja bo‘lishi kutilmoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, ob-havo sharoiti bo‘yicha batafsil ma’lumotni O‘zbekiston Gidrometeorologiya xizmati agentligi taqdim etgan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!