$
12910.15 UZS
-14.77
159.78 UZS
-0.16
14660.77 UZS
40.1
31° Kechasi 18°

Buxoroda 13 yoshli qiz 4 nafar erkak tomonidan zo‘rlangani aytilmoqda

14:07 / 02.05.2023

Holat yuzasidan JKning bir nechta moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. 4 nafar erkak gumonlanuvchi sifatida qamoqqa olingan.

Avvalroq, Buxoroda 13 yoshli qiz cho‘lda 4 nafar erkak tomonidan zo‘rlangani haqida xabar tarqalgan edi.

Xabarda ma’lum qilinishicha, qiz onasi vafot etgani sababli akasining oilasi bilan birga yashagan. Qizning yangasi uni begona erkaklar bilan jinsiy aloqa qilishga majbur qilib kelgan. Erkaklar qizning qarshiligiga qaramay, unga nisbatan kuch ishlatishib, jinsiy zo‘ravonlik qilishgan. Yanga qizni 4 nafar erkak qo‘liga topshirgan. Erkaklar qizni cho‘ldagi kulbalardan biriga majburlab, olib borishgan. Haydovchidan tashqari, uch nafar erkak 13 yoshli qizni navbatma-navbat zo‘rlagan.

Buxoro viloyati IIB axborot xizmati rahbari Shuhrat Jalolovning aytishicha, holat yuzasidan Buxoro viloyati IIB Tergov boshqarmasi tomonidan JKining 118-moddasi (Nomusga tegish), 4-qismi (o‘n to‘rt yoshga to‘lmagan shaxsning nomusiga tegish, o‘n besh yildan yigirma yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Ayni paytda, 13 yoshli qizni cho‘lga olib chiqib, unga zo‘ravonlik qilganlikda gumonlangan uch shaxs hamda haydovchi ushlanib, qamoqda saqlanmoqda. Yana bu ishga daxldorlar bor-yo‘qligi tajribali tergovchi tomonidan aniqlanmoqda. Barcha jarayonlar qonun doirasida, haqqoniy olib boriladi. Tergov yakuni bo‘yicha qonunda belgilangan tartibda aybdorlarga nisbatan jazo choralari qo‘llaniladi.


Bu ham qiziq

O‘zbekiston viloyatlariga 241 ta avtobus yetkazib berildi

O‘zbekiston viloyatlariga 241 ta avtobus yetkazib berildi

2025-yilning yanvar-aprel oylarida O‘zbekiston mintaqalariga yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish uchun 241 ta avtobus va 113 ta…
15:36 / 08.05.2025
UFC 315. Bilol Muhammad mag‘lub etildi, Maddalena – yangi chempion

UFC 315. Bilol Muhammad mag‘lub etildi, Maddalena – yangi chempion

Kanadaning Monreal shahrida UFC 315 turniri o‘z yakuniga yetdi.
10:53 / 11.05.2025
O‘zbekistonda saratonga qarshi kurash milliy rejasi ishlab chiqilmoqda

O‘zbekistonda saratonga qarshi kurash milliy rejasi ishlab chiqilmoqda

O‘zbekistonda saraton kasalligiga qarshi kurash milliy rejasi ishlab chiqilmoqda. Bu haqda JSSTning O‘zbekistondagi matbuot …
21:02 / 09.05.2025
Xitoy kompaniyasi Surxondaryoda paxta yetishtirish bo‘yicha 95 million dollar investitsiya kiritadi

Xitoy kompaniyasi Surxondaryoda paxta yetishtirish bo‘yicha 95 million dollar investitsiya kiritadi

Xitoyning Jiangsu World Group korporatsiyasi Surxondaryo viloyatidagi paxta yetishtirish va qayta ishlash bo‘yicha avtomatla…
20:25 / 08.05.2025
Mirziyoyevning Moskvaga tashrifi yakunlandi

Mirziyoyevning Moskvaga tashrifi yakunlandi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin taklifiga binoan …
08:33 / 10.05.2025
Germaniya, Fransiya va Buyuk Britaniya rahbarlari Kiyevga boradi

Germaniya, Fransiya va Buyuk Britaniya rahbarlari Kiyevga boradi

Germaniya kansleri Fridrix Mers, Fransiya prezidenti Emmanuyel Makron va Buyuk Britaniya bosh vaziri Key Starmer Ukrainaga t…
09:51 / 10.05.2025
9-may kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

9-may kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

Harorat kechasi 18-20 daraja, kunduzi 28-30 daraja bo‘ladi.
21:16 / 08.05.2025
Vladimir Putin Shavkat Mirziyoyevni  g‘alabaning 80 yilligi bilan tabrikladi

Vladimir Putin Shavkat Mirziyoyevni  g‘alabaning 80 yilligi bilan tabrikladi

Putin, shuningdek, Ozarbayjon, Armaniston rahbarlari, Gruziya va Moldova xalqlarini g‘alabaning 80 yilligi bilan tabrikladi.
21:08 / 08.05.2025
Samarqandda portlash oqibatida 2 kishi halok bo‘ldi

Samarqandda portlash oqibatida 2 kishi halok bo‘ldi

2025-yil 7-may kuni soat taxminan 15:06 larda Kattaqo‘rg‘on tumani, “Qushtepa” MFYda joylashgan AYOQShda portlash yuz berdi.…
18:25 / 08.05.2025
“Kosmos-482” fazoviy qurilmasi Hind okeaniga quladi

“Kosmos-482” fazoviy qurilmasi Hind okeaniga quladi

“Roskosmos” mutaxassislarining hisob-kitoblariga ko‘ra, fazoviy qurilma Moskva vaqti bilan 9:24 da (Toshkent vaqti bilan 11:…
15:35 / 10.05.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!