Buxoro viloyati IIB JXX YHXB xodimlari tomonidan Romitan tumanida 40 nafar bog‘cha bolalarini olib ketayotgan avtobus haydovchisining spirtli ichimlik ta’sirida ekani aniqlandi.
Zudlik bilan uning harakati to‘xtatilib, bolalarning xavfsizligi ta’minlandi hamda haydovchiga nisbatan qat’iy choralar ko‘rildi.
Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 131-moddasi 1-qismi, 194-moddasi 1-qismi, 128 prim 8-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan qoidabuzarliklar yuzasidan belgilangan tartibda ma’muriy chora ko‘rildi.
Ya’ni barcha turdagi avtomobillarni boshqarish huquqidan 3 yilga mahrum qilish hamda BHMning 40 baravari (16 480 000 so‘m) miqdorida jarima belgilandi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!