Prezident Şavkat Mirziyoyev Özbekiston – Turkiya biznesni qöllab-quvvatlaş böyiça yuqori darajadagi kengaş yiğilişida mamlakatda investitsiya muhitini yaxşilaş va tadbirkorlar uçun byurokratik tösiqlarni kamaytiriş işlari davom ettirilişini ta’kidladi.
Davlat rahbarining ma’lum qilişiça, maxsus iqtisodiy zonalarda investitsiya hajmi va belgilangan şartlarga qarab, investorlar uçun 3 yildan 10 yilgaça soliq va bojxona imtiyozlari taqdim etilmoqda. Yirik investorlarga tayyor işlab çiqariş binolari, yer maydonlari hamda zarur muhandislik infratuzilmasi ham ajratilmoqda.
Bunga misol sifatida Toşkent viloyatida taşkil etilgan 100 gektarlik «Ostim» sanoat zonasi keltirildi. Hozirda uşbu hududni kengaytiriş böyiça işlar olib borilmoqda. Prezident mazkur tajribani mamlakatning boşqa hududlarida ham joriy etişga tayyorligini bildirdi.
Yiğiliş yakunida Turkiya kompaniyalari rahbarlari Özbekistonda faoliyat yuritiş uçun yaratilgan şaroitlar uçun minnatdorlik bildirib, amalga oşirilayotgan loyihalari, kelgusidagi rejalari va takliflari bilan örtoqlaşdi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!