Buxoroda firibgarlik yo‘li bilan o‘zganing pullarini o‘zlashtirib olgan talaba qo‘lga tushdi. Bu haqda viloyat IIB matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, joriy yilning 21-oktabr kuni noma’lum shaxs Gijduvon tumani “Tavariyon” mahallasida yashovchi, 1987-yilda tug‘ilgan ayolning telefon raqamiga qo‘ng‘iroq qilib, ishonchiga kiradi. Unga o‘zini “Besh tashabbus” ko‘rik tanlovi hakamlar hay’ati rahbari sifatida tanishtirib, o‘tkazilayotgan tanlovda ishtirok etishini va’da qiladi. Shundan so‘ng, ayoldan 3 million so‘m pullarini aldov yo‘li bilan “Click” orqali qo‘lga kiritib, firibgarlik jinoyatini sodir qilgan.
Olib borilgan tezkor surishtiruv va tergov harakatlari davomida ushbu jinoyatni Qashqadaryo viloyati Mirishkor tumanida yashovchi 1999-yilda tug‘ilgan Buxoro davlat universiteti talabasi sodir qilgani aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan tuman IIB tomonidan Jinoyat Kodeksing 168-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari davom ettirilmoqda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!