$
11935.37 UZS
23.66
₽
145.58 UZS
-0.91
€
13432.07 UZS
112.4
31° Kechasi 18°

Raqamli dunyoda huquqlarni himoya qilish: yangi qonun loyihasi onlayn platformalarga qanday majburiyatlar yuklaydi

15:14 / 12.05.2025

Biz har kuni aksariyat vaqtimizni ijtimoiy tarmoqlarga bag‘ishlaymiz: kayfiyatimizni ko‘tarish, yangiliklarni bilish yoki do‘stlar bilan muloqot uchun turli platformalardan foydalanamiz. Facebook, Instagram, YouTube va boshqa tarmoqlar hayotimizning ajralmas qismiga aylandi.

Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, bugungi kunda O‘zbekistonda 30 milliondan ortiq aholi internet tarmog‘idan foydalanadi. NapoleonCat portali 2024-yilda Instagram’dan 9 million 420 ming, Facebook’dan deyarli 10 million o‘zbekistonlik foydalanishini qayd etgan. Raqamlar yil sayin ortib bormoqda.

Bugungi kunda Internet va ijtimoiy tarmoqlar nafaqat ko‘ngilochar, ma’rifiy yoki texnologik kontentlar taqdim etmoqda, balki yangi tahdidlarning vujudga kelishiga sabab bo‘lyapti. Jumladan, dezinformatsiya, kiberbulling, zararli havolalar, onlayn firibgarlik holatlari ko‘paymoqda.

Yana raqamlarga murojaat qilsak. 2024-yilda onlayn platformalarda firibgarlik maqsadida fishing, dipfeyk, soxta profillar va zararli havolalarni tarqatish bilan bog‘liq 19 ming 295 ta, zo‘ravonlik, shafqatsizlik, sog‘liqqa zarar yetkazish bilan bog‘liq 274 ta, narkotiklar, psixotrop moddalar va prekursorlar reklamasi bilan bog‘liq 18 ming 393 ta holat aniqlandi.

Bunday vaziyatda tarmoqda foydalanuvchilar huquqlarini himoya qilish, noqonuniy kontentga qarshi kurash masalasi har qachongidan ham dolzarb ahamiya kasb etmoqda.

 

Onlayn platforma va veb-saytlar faoliyatini tartibga solishda xorij tajribasi qanday?

Masalan, Germaniyada 2017-yilda “Ijtimoiy tarmoqlarda huquqni qo‘llashni takomillashtirish to‘g‘risida”gi qonun (“Facebook to‘g‘risida”gi qonun sifatida mashhur) qabul qilingan. Ushbu hujjat yirik platformalar, jumladan, Facebook, Twitter, YouTube va boshqalarga Germaniya jinoyat kodeksining tegishli moddasiga ko‘ra “noqonuniy kontent” deb topilgan materiallarni darhol o‘chirish majburiyatini yuklaydi.

Fransiyada 2020-yilda “Internetda nafratni qo‘zg‘ashga qarshi kurash to‘g‘risida”gi qonun qabul qilinib, u onlayn platformalarni noqonuniy kontentni sud qarorisiz o‘chirish majburiyatini yuklaydi hamda shikoyat qanoatlantirilmagan taqdirda platformalarga jarima qo‘llash huquqini beradi. Shu bilan bir qatorda, ushbu qonunga binoan ijtimoiy tarmoqlarning Fransiya hududida qonuniy vakili bo‘lishi shart.

Ushbu hujjatga ko‘ra, noqonuniy kontentni joylashtirgan platformalar 250 ming yevrogacha, bunday materiallarni belgilangan muddatlarda o‘chirishdan bosh tortganlar 1,25 million yevrogacha jarimaga tortilishi mumkin.

Turkiyada 2020-yildan boshlab xorijiy IT-kompaniyalar mamlakat hududida o‘z vakolatxonasini ochishi kerakligi belgilangan. 2020-yil noyabrida mazkur tartibni bajarmagan bir qator yirik platformalar (Facebook, Twitter, Instagram, Periscope, Youtube, TikTok)ga 1 million yevrodan jarima solingan.

 

Yangi qonun loyihasi ijtimoiy tarmoq va veb-saytlarga qanday majburiyatlar qo‘ymoqda?

Joriy yilning 10-may kuni muhokamaga qo‘yilgan “Onlayn-platforma va veb-saytlar foydalanuvchilarining huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi qonun loyihasida bir qator muhim o‘zgarish va yangiliklar bayon qilingan.

Avvalo, qonun loyihasidan ko‘zlangan eng asosiy maqsad – O‘zbekistonda ijtimoiy tarmoqlar faoliyatini tartibga solish, oddiy foydalanuvchilar huquqlarini himoya qilishdan iborat. Mazkur hujjat raqamli platforma va veb-saytlarga bir qator majburiyatlar yuklaydi.

Birinchidan, qonun loyihasiga ko‘ra, onlayn platformalar noqonuniy kontent – feyk xabarlar, narkotik reklamasi yoki tahqirlovchi materiallarni tezkorlik bilan o‘chirishi kerak. Masalan, agar Siz ijtimoiy tarmoqdagi biror-bir sahifadan shu mazmundagi postni ko‘rsangiz va bu haqda xabar bersangiz, platforma uni o‘chirishga majbur bo‘ladi.

Qonun loyihasi bilan shaxsiy ma’lumotlar daxlsizligi mustahkamlanmoqda. Platformalar uchinchi shaxslarga foydalanuvchilar haqida ma’lumotlarni uning roziligisiz taqdim etmasligi belgilangan.

Yana bir muhim nuqtalardan biri – onlayn-platforma foydalanuvchilarini moliyaviy xarakterdagi muayyan harakatlarni bajarishga aldov yo‘li bilan majbur qiladigan chalg‘ituvchi interfeyslardan foydalanishi taqiqlanmoqda. Bu turli moliyaviy firibgarlik bilan bog‘liq reklamalarning cheklanishiga olib keladi.

Qonun bilan onlayn platformalarga vakolatli organ (AOKA) bilan o‘zaro aloqalarni olib borish uchun Fuqarolik kodeksiga asosan o‘zining vakilini tayinlash majburiyati ham nazarda tutilgan. Bu O‘zbekistonning global miqyosdagi ijtimoiy tarmoqlar va platformalar bilan aloqalari mustahkamlanishiga, ularning O‘zbekiston qonunchiligi doirasida faoliyat olib borishiga yordam beradi.

Qonun loyihasida veb-saytlarga ham bir qator majburiyatlar bayon qilingan. Eng avvalo, veb-saytlar o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi asosida yuritishi belgilangan.

Ikkinchidan, veb-saytlarga shaxsning huquq va erkinliklari, sha’ni va qadr-qimmatini hurmat qilish majburiyati yuklandi. Bu turli resurslar orqali anonim xabarlar, fuqarolarning sha’ni va qadr-qimmatini tahqirlashga qaratilgan materiallarning tarqatilishiga qarshi kurashga yordam beradi. Yana bir muhim jihati – veb-saytlar noqonuniy kontent joylashtirmaslik va uni tarqatmaslik, uning mavjudligi aniqlangan taqdirda sayt ma’muriyati tomonidan o‘chirilishi lozimligi belgilab qo‘yilmoqda.

Bundan tashqari, ixtiyoriy homiylik mablag‘larini yig‘ishda qonunchilikka, jumladan, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish to‘g‘risidagi qonunchilik talablariga rioya qilish majburiyati yuklanmoqda.

Xulosa o‘rnida shuni aytish mumkinki, qonun loyihasi, birinchi navbatda, foydalanuvchilar huquqlarini himoya qilishga qaratilgan. Unga amal qilish orqali tarmoqlardagi ko‘plab salbiy tendensiyalar, noqonuniy axborot tarqatilishi holatlariga qarshi samarali kurashish mumkin.

Qonun loyihasi onlayn platformalar va veb-saytlar oldiga aniq majburiyatlar qo‘ymoqda. Bu so‘z erkinligini cheklash emas, balki toza va qonuniy o‘yin qoidalarini o‘rnatishdir. Mazkur hujjat loyihasi, shuningdek, O‘zbekistonning axborot suverenitetini mustahkamlashga yordam beradi.

Ijtimoiy tarmoqlar o‘z faoliyatini shaffof va qonunlarga amal qilgan olib borishi natijasida yanada xavfsizroq, yanada yaxshiroq “raqamli muhit”ni yaratishimiz mumkin. Qonun loyihasi qabul qilinishi natijasida qonunchilikni buzgan resurslar va platformalarga qarshi samarali choralar ko‘rishga erishish mumkin.

Nigora XODJAYEVA, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi bo‘limi boshlig‘i


O‘zbekiston


														
														Toşkentda yölni tösib, töy sababli öyin-kulgi qilgan 8 kişi 7 sutkaga qamaldi

Toşkentda yölni tösib, töy sababli öyin-kulgi qilgan 8 kişi 7 sutkaga qamaldi

Toşkent şahrining Olmazor tumanida avtomobil yölini tösib, transport vositalari harakatiga xalaqit bergan sakkiz nafar fuqar…
11:06 / 05.11.2026

														
														Surxondaryoda piyoz narxi 4,5 ming sömgaça oşdi: vazirlik sabablarini ma’lum qildi

Surxondaryoda piyoz narxi 4,5 ming sömgaça oşdi: vazirlik sabablarini ma’lum qildi

Surxondaryo viloyati bozorlarida piyozning bir kilogrammi 4–4,5 ming sömdan sotilmoqda. Qişloq xöjaligi vazirligi narx oşişi…
09:36 / 05.11.2026

														
														Toşkentda havo sifati yaxşilanişi kutilmoqda

Toşkentda havo sifati yaxşilanişi kutilmoqda

5-noyabrga ötar keçasi Toşkent şahrida atmosfera havosi sifati yaxşilanişi prognoz qilinmoqda. Bu haqda Ekologiya axborot xi…
09:25 / 05.11.2026

														
														Viloyat narkologiya muassasasi faoliyatini takomillaştiriş böyiça yangi dastur işlab çiqiladi

Viloyat narkologiya muassasasi faoliyatini takomillaştiriş böyiça yangi dastur işlab çiqiladi

Viloyat narkologiya muassasasi faoliyati örganildi. Taşrifdan közlangan maqsad sohadagi mavjud holatni joyida baholaş va tiz…
09:22 / 05.11.2026

														
														Havo ifloslanişiga qarşi kuraş: korxonalar yopildi, yangi nazorat uskunasi işga tuşirildi

Havo ifloslanişiga qarşi kuraş: korxonalar yopildi, yangi nazorat uskunasi işga tuşirildi

Özbekistonda atmosfera havosini muhofaza qiliş böyiça nazorat tadbirlari kuçaytirilmoqda. Sönggi kunlarda ekologik talablarg…
16:34 / 04.11.2026

														
														YPX xodimini haqorat qilib, videoni Instagram’ga joylagan fuqaro 8 sutkaga qamaldi

YPX xodimini haqorat qilib, videoni Instagram’ga joylagan fuqaro 8 sutkaga qamaldi

Andijon viloyatining Böston tumanida yöl-patrul xizmati inspektorini haqorat qilib, holat aks etgan videoni Instagram’ga joy…
15:40 / 04.11.2026

														
														Qarşida 1,4 ming gektar yerning suv ta’minoti yaxşilanadi

Qarşida 1,4 ming gektar yerning suv ta’minoti yaxşilanadi

Qaşqadaryo viloyatining Qarşi şahrida “Çap tarmoq” kanalini betonlaştiriş va uning atrofini obodonlaştiriş işlari boşlanadi.…
15:35 / 04.11.2026

														
														Samarqandda 4 kişini Umraga yuboriş evaziga 5 ming dollar olgan şaxs uşlandi

Samarqandda 4 kişini Umraga yuboriş evaziga 5 ming dollar olgan şaxs uşlandi

Samarqandda tegişli litsenziyaga ega bölmagan sayyohlik firmasi xodimi tört kişini Umra ziyoratiga yuborişni va’da qilib, 5 …
15:25 / 04.11.2026

														
														Qarşidagi 43-maktab ta’mirlanadi, 1-boğça örnida 360 örinli yangi bino quriladi

Qarşidagi 43-maktab ta’mirlanadi, 1-boğça örnida 360 örinli yangi bino quriladi

Qaşqadaryo viloyatining Qarşi şahridagi 43-maktab va 1-sonli maktabgaça ta’lim taşkilotining şaroiti örganildi. Boğça binosi…
13:35 / 04.11.2026

														
														Buxoroda 270 ming nafar aholining daromadi örtaça körsatkiçdan past

Buxoroda 270 ming nafar aholining daromadi örtaça körsatkiçdan past

Buxoro viloyatida 99 ming nafar fuqaro mehnat migratsiyasida. Xorijdan qaytgan 24 ming kişi esa hozirgaça iş topmagan. Viloy…
11:55 / 04.11.2026

Bu ham qiziq

Toşkentda noqonuniy tamaki mahsulotlari savdosi bilan şuğullangan şaxslar uşlandi

Toşkentda noqonuniy tamaki mahsulotlari savdosi bilan şuğullangan şaxslar uşlandi

Toşkent şahrida aksiz markasi bölmagan tamaki mahsulotlarini noqonuniy sotiş bilan şuğullangan bir neça şaxslar uşlandi.
10:10 / 03.11.2026
Buxoroda 300 million dollarlik yangi xalqaro aeroport qurilmoqda

Buxoroda 300 million dollarlik yangi xalqaro aeroport qurilmoqda

Buxoro viloyatida xalqaro standartlarga mos, qiymati 300 million dollar bölgan yangi aeroport qurilmoqda. Yangi majmua bir v…
11:44 / 04.11.2026
Qarşida 1,4 ming gektar yerning suv ta’minoti yaxşilanadi

Qarşida 1,4 ming gektar yerning suv ta’minoti yaxşilanadi

Qaşqadaryo viloyatining Qarşi şahrida “Çap tarmoq” kanalini betonlaştiriş va uning atrofini obodonlaştiriş işlari boşlanadi.…
15:35 / 04.11.2026
Özbekistonda ekstremistik taşkilotlarda iştirok etganlik uçun 10 yilgaça qamoq jazosi belgilandi

Özbekistonda ekstremistik taşkilotlarda iştirok etganlik uçun 10 yilgaça qamoq jazosi belgilandi

Özbekistonda ekstremizmga qarşi kuraşiş sohasidagi qonunçilikka özgartiriş va qöşimçalar kiritildi. Unga köra, ekstremistik,…
09:39 / 04.11.2026
4-noyabr kungi ob-havo ma’lumoti

4-noyabr kungi ob-havo ma’lumoti

Respublika böylab havo özgaruvçan böladi, ayrim joylarda yoğingarçilik kuzatiladi.
17:30 / 03.11.2026
Viloyat narkologiya muassasasi faoliyatini takomillaştiriş böyiça yangi dastur işlab çiqiladi

Viloyat narkologiya muassasasi faoliyatini takomillaştiriş böyiça yangi dastur işlab çiqiladi

Viloyat narkologiya muassasasi faoliyati örganildi. Taşrifdan közlangan maqsad sohadagi mavjud holatni joyida baholaş va tiz…
09:22 / 05.11.2026
Yevropada uy-joy xarajatlari eng yuqori bölgan davlatlar ma’lum böldi

Yevropada uy-joy xarajatlari eng yuqori bölgan davlatlar ma’lum böldi

Yevropaning qator davlatlarida aholi daromadining katta qismini uy-joy xarajatlariga sarflamoqda. 2025-yil yakunlariga köra,…
09:47 / 04.11.2026
Buxoroda 270 ming nafar aholining daromadi örtaça körsatkiçdan past

Buxoroda 270 ming nafar aholining daromadi örtaça körsatkiçdan past

Buxoro viloyatida 99 ming nafar fuqaro mehnat migratsiyasida. Xorijdan qaytgan 24 ming kişi esa hozirgaça iş topmagan. Viloy…
11:55 / 04.11.2026
Toşkentdagi xalqaro turnirga kelgan qozoğistonlik yoş futbolçilar zaharlandi

Toşkentdagi xalqaro turnirga kelgan qozoğistonlik yoş futbolçilar zaharlandi

Toşkent şahrida ötkazilayotgan «Döstlik Cup 2026» xalqaro futbol festivalida iştirok etiş uçun kelgan qozoğistonlik yoş futb…
17:24 / 02.11.2026
OÇL-2. «Nasaf» superkambek bilan «Al-Quvayt»ni mağlub etdi.

OÇL-2. «Nasaf» superkambek bilan «Al-Quvayt»ni mağlub etdi.

Qarşining «Nasaf» klubi Osiyo Çempionlar Ligasi 2 guruh bosqiçidagi törtinçi öyinini «Al-Quvayt» (Quvayt) klubiga qarşi ötka…
08:21 / 05.11.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!