$
12190.43 UZS
49.05
162.09 UZS
1.83
14362.76 UZS
49.29
31° Kechasi 18°

Buyuk Britaniyada 120 dan ortiq aviareys bekor qilindi

16:46 / 31.07.2025

Al Arabiya xabariga ko‘ra, Buyuk Britaniyada 30-iyul kuni aviadispetcherlik xizmatida sodir bo‘lgan texnik nosozlik tufayli 120 dan ortiq aviaqatnov bekor qilingan.

Bu holat London, Edinburg, Xitrou va Gatvik aeroportlariga ta’sir ko‘rsatgan.

Nosozlik chog‘ida London havo hududidagi samolyotlar soni cheklab qo‘yilgan. Garchi muammo tezda hal etilgan bo‘lsa-da, soat 19:30 (O‘zbekiston vaqti bilan 00:30)ga kelib 67 ta uchib ketish va 55 ta uchib kelish reysi bekor qilingan.

Ayrim samolyotlar boshqa hududlarga yo‘naltirilgan.

Aviadispetcherlik xizmati texnik nosozlik Angliyaning janubi-g‘arbidagi Svanvik boshqaruv markazida yuz berganini tasdiqlamoqda.

Nosozlik mahalliy vaqt bilan soat 16:00 atrofida aniqlanib, 1 soat mobaynida bartaraf etilgan.

Bu Britaniya aviadispetcherlik xizmati tizimida so‘nggi yillarda kuzatilgan eng yirik nosozliklardan biri bo‘lib, 2023-yilda ham shunga o‘xshash holat yuz bergandi.

O‘shanda 1,5 mingdan ziyod parvoz kechiktirilgandi. Nosozlik aynan yozgi ta’til paytida yuz berishi aviakompaniyalar rahbarlarining kuchli e’tiroziga sabab bo‘lmoqda.

Ryanair aviakompaniyasi operatsion direktori Nil MakMaxon aviadispetcherlik xizmati rahbari Martin Rolfning iste’fosini talab qilib, bunday holat yana takrorlangani “sharmandalik” ekanini ta’kidlagan.

“2023-yil avgustidagi nosozlikdan hech qanday xulosa chiqarilmagani ayon”, –dedi u.

Ma’lumot uchun, Buyuk Britaniyada yirik va kichik miqyosdagi jami 40 dan ortiq aeroport mavjud. Ulardan yiliga 100 milliondan ortiq yo‘lovchi foydalanadi.



														
														Qozog‘istonda SpaceX mobil aloqasi qachon ishga tushadi?

Qozog‘istonda SpaceX mobil aloqasi qachon ishga tushadi?

Bosh vazir o‘rinbosari-sun’iy intellekt va raqamli rivojlanish vaziri Jaslan Madiyev deputatlik so‘roviga javoban shunday de…
17:26 / 14.04.2026

														
														Eron beshta arab davlatidan kompensatsiya talab qildi

Eron beshta arab davlatidan kompensatsiya talab qildi

Eron Bahrayn, Saudiya Arabistoni, Qatar, BAA va Iordaniyadan AQSh-Isroil operatsiyasidagi roli uchun kompensatsiya talab qil…
10:16 / 14.04.2026

														
														“Biz do‘stona bo‘lmagan mamlakatlarga tabriklar yubormaymiz” – Peskov

“Biz do‘stona bo‘lmagan mamlakatlarga tabriklar yubormaymiz” – Peskov

Kreml “Tisa” partiyasi yetakchisi Peter Magyarni Vengriya parlament saylovlaridagi g‘alabasi bilan tabriklamaydi
17:32 / 13.04.2026

														
														Turkiyada Isroil konsulligiga qilingan hujum ortidan 12 kishi qo‘lga olindi

Turkiyada Isroil konsulligiga qilingan hujum ortidan 12 kishi qo‘lga olindi

Turkiya huquq-tartibot idoralari 7-aprel kuni Istanbulda Isroil konsulligiga uyushtirilgan qurolli hujum yuzasidan olib bori…
11:23 / 13.04.2026

														
														Orban Vengriya saylovlarida mag‘lubiyatga uchradi

Orban Vengriya saylovlarida mag‘lubiyatga uchradi

Vengriya Bosh vaziri Viktor Orban parlament saylovlarining dastlabki natijalarini o‘z partiyasi uchun og‘riqli deb atadi.
09:45 / 13.04.2026

														
														“Yaxshi niyat xayrixohlikni, dushmanlik esa dushmanlikni keltirib chiqaradi”

“Yaxshi niyat xayrixohlikni, dushmanlik esa dushmanlikni keltirib chiqaradi”

Abbos Aroqchi Pokistonda bo‘lib o‘tgan muzokaralar haqida gapirdi.
09:22 / 13.04.2026

														
														“Uch mushketyor” qahramoni prototipining qabri topildi

“Uch mushketyor” qahramoni prototipining qabri topildi

Niderlandiyaning Maastrixt shahridagi Muqaddas Pyotr va Pavel cherkovida mashhur fransuz mushketyori d’Artanyanga tegishli b…
17:27 / 12.04.2026

														
														WhatsApp Дуровнинг танқидига жавоб қайтарди

WhatsApp Дуровнинг танқидига жавоб қайтарди

Pavel Durov Telegram asoschisi WhatsApp’ni keskin tanqid qilib, messenjer foydalanuvchilarni chalg‘itishi va ma’lumotlar xav…
17:13 / 12.04.2026

														
														Tramp Xitoyni ogohlantirdi

Tramp Xitoyni ogohlantirdi

AQSh prezidenti Donald Tramp Eron bilan muzokaralar yuzasidan gapirar ekan, natija qanday bo‘lishidan qat’i nazar, Vashingto…
11:11 / 12.04.2026

														
														AQSh–Eron muzokaralari muvaffaqiyatsiz yakunlandi

AQSh–Eron muzokaralari muvaffaqiyatsiz yakunlandi

Islomobodda AQSh va Eron o‘rtasida 21 soat davom etgan muzokaralar kelishuvsiz yakunlandi. Jey Di Vens boshchiligidagi AQSh …
10:16 / 12.04.2026

Bu ham qiziq

Surxondaryoda Media haftalik boshlandi – sen ham bu jarayonning bir qismi bo‘lishing mumkin!

Surxondaryoda Media haftalik boshlandi – sen ham bu jarayonning bir qismi bo‘lishing mumkin!

Bugundan Surxondaryo viloyatida media sohasining eng dolzarb masalalari, real tajriba va zamonaviy yondashuvlarni birlashtir…
09:14 / 14.04.2026
“World Content Market”da ilk bor O‘zbekiston milliy pavilyoni tashkil etildi

“World Content Market”da ilk bor O‘zbekiston milliy pavilyoni tashkil etildi

Media va raqamli kontent sohasidagi nufuzli xalqaro tadbir – “World Content Market” o‘z ishini boshladi.
17:49 / 14.04.2026
So‘nggi 9 yilda 10 mingga yaqin yangi qurilish korxonalari ish boshladi

So‘nggi 9 yilda 10 mingga yaqin yangi qurilish korxonalari ish boshladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida videoselektor yig‘ilishi boshlandi. Respublika va viloyat studiyalaridan yig‘ilishda…
16:56 / 14.04.2026
Toshkent metrosida poyezd eshigi yopilmasdan harakatlandi

Toshkent metrosida poyezd eshigi yopilmasdan harakatlandi

14-aprel kuni Toshkent metrosining “Alisher Navoiy” bekatidan yo‘lga chiqqan poyezdning uchinchi vagoni eshigi to‘liq yopilm…
12:35 / 15.04.2026
15-aprel kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

15-aprel kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

Toshkent shahrida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol g‘arbdan 5-10 m/s tezlikd…
17:18 / 14.04.2026
Poytaxt aeroportida 6,3 kg. “marixuana”ni olib kirishga uringan xorijiy yo‘lovchi to‘xtatib qolindi

Poytaxt aeroportida 6,3 kg. “marixuana”ni olib kirishga uringan xorijiy yo‘lovchi to‘xtatib qolindi

“Toshkent-Aero” IBKning “Toshkent xalqaro aeroporti” chegara bojxona posti xodimlari giyohvandlik vositalarini yashirincha o…
15:10 / 13.04.2026
16-aprel kuni O‘zbekistonda qanday ob-havo kuzatiladi?

16-aprel kuni O‘zbekistonda qanday ob-havo kuzatiladi?

Toshkent shahrida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.
17:00 / 15.04.2026
Qozog‘istonda SpaceX mobil aloqasi qachon ishga tushadi?

Qozog‘istonda SpaceX mobil aloqasi qachon ishga tushadi?

Bosh vazir o‘rinbosari-sun’iy intellekt va raqamli rivojlanish vaziri Jaslan Madiyev deputatlik so‘roviga javoban shunday de…
17:26 / 14.04.2026
Yevropa Ukrainaga o‘q-dori va raketa yetkazib berishni kamaytirdi

Yevropa Ukrainaga o‘q-dori va raketa yetkazib berishni kamaytirdi

Agentlik manbasining so‘zlariga ko‘ra, Ukraina hozirda urush zonasida tobora ko‘proq Yevropada ishlab chiqarilgan dronlardan…
09:52 / 14.04.2026
Tashiyevning ikki o‘rinbosari hibsga olindi

Tashiyevning ikki o‘rinbosari hibsga olindi

Qirg‘izistonda Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasining sobiq o‘rinbosarlari — Timur Shabdanbekov va Daniyel Risaliyev hibsga …
12:21 / 15.04.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!