“O‘zgidromet” prognozlariga ko‘ra, 27-dekabr, shanba kuni faqat Qoraqalpog‘iston Respublikasida ayrim joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi mumkin.
Yakshanba kuni Buxoro, Navoiy, Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Qashqadaryo viloyatlarida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, tog‘li hududlarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Respublikaning qolgan hududlarida yog‘ingarchiliksiz ob-havo saqlanib turadi.
Havo harorati shanba kuni 7-12 daraja iliqqacha, yakshanba kuni 10-13 daraja iliqqacha ko‘tariladi. Harorat kechalari 2 daraja sovuq-3 daraja iliq atrofida bo‘ladi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Respublikaning ayrim joylariga tuman tushishi mumkin.
Toshkent shahrida harorat 4-6 daraja iliq bo‘ladi. Shanba kuni yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi 0-2 daraja iliq, kunduzi 7-9 daraja iliq bo‘ladi. Yakshanba kuni kunning ikkinchi yarmida yomg‘ir yog‘adi. Harorat kechasi 2-4 daraja iliq, kunduzi 10-12 daraja iliq bo‘ladi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!