O‘zbekistonda haftaning ikkinchi yarmida nam va nisbatan sovuq havo kirib kelishi kutilmoqda.
Prognozlarga ko‘ra, 1–3-dekabr kunlari O‘zbekiston hududi bo‘yicha quruq ob-havo saqlanib turadi. Havo harorati asta-sekin ko‘tariladi va dekabrga kelib kunduzi havo 12-13 daraja iliqqacha isiydi.
4–5-dekabr kunlari respublika hududiga nam va nisbatan sovuq havo kirib kelishi kutilmoqda. Shimoliy hududlardan tashqari, respublika hududi bo‘yicha ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi, tog‘larda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi mumkin.
Havo harorati 6-11 daraja iliqqacha pasayadi. 1–5-dekabrda harorat kechalari 3 daraja sovuq -2 daraja iliq atrofida bo‘ladi.
Shamol sharqdan o‘rtacha tezlikkacha esadi. Respublikaning ayrim joylariga tuman tushishi mumkin.
Toshkentda 1–3-dekabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 4–5 dekabrda vaqti-vaqti bilan biroz bo‘lgan yomg‘ir yog‘adi. Harorat kechalari 0-5 daraja iliq bo‘ladi, kunduz kunlari 1–3-dekabrda 13-15 daraja iliqqacha ko‘tariladi, 4–5-dekabrda 8-11 daraja bo‘ladi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!