$
11797.46 UZS
22.54
139.77 UZS
0.6
13608.37 UZS
20.11
31° Kechasi 18°

O‘zbekiston Prezidentining Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga Murojaatnomasi: iqtisodiyotni texnologik va innovatsion o‘sish modeliga o‘tkazish

15:22 / 26.12.2025

Bugungi kunda O‘zbekiston iqtisodiyoti tezkor global o‘zgarishlar va raqobat bosimi ostida barqaror o‘sishni ta’minlash vazifasi oldida turibdi. Shu bois mamlakatimizda sanoat, IT va moliya sohalarida texnologik transformatsiyani jadal rivojlantirish, mehnat unumdorligi va energiya samaradorligini oshirish, investitsiya va innovatsiyalarni faol jalb qilishga qaratilgan keng ko‘lamli dasturlar va islohotlar amalga oshirilmoqda. Ushbu kompleks chora-tadbirlar orqali 2026-yilda iqtisodiyotda yuqori o‘sishni ta’minlash, kapital bozori va raqamli startaplar sektori rivojlanishi, yashirin iqtisodiyot ulushini qisqartirish va mamlakatni global investitsiyalar uchun jozibador hududga aylantirish maqsad qilinmoqda.

Davlat Rahbarining navbatdagi Murojaatnomasida kelgusi yili iqtisodiyotda 6,6 foiz o‘sishni ta’minlab, yalpi ichki mahsulotni 167 milliard dollarga yetkazilishi maqsad qilinganligini ma’lum qildi.

Agar mehnat unumdorligi, energiya samaradorligi va tannarx bo‘yicha qattiq ishlansa, bu ko‘rsatkichni yanada oshirish uchun barcha imkoniyatlar bor. Shu bois, sanoatda “Unumdorlik va samaradorlikni ikki karra oshirish” dasturi boshlanishi ko‘zda tutilmoqda.

Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan mehnat unumdorligi va energiya samaradorligi bo‘yicha alohida loyiha amalga oshiriladi.

Ushbu loyihaga xalqaro moliya institutlaridan 200 million dollar kredit va grant jalb qilinib, sanoat korxonalari uchun xorijdan yuqori malakali texnolog va muhandislar olib kelinadi, biznes jarayonlari raqamlashtiriladi, energiya va boshqa xarajatlarni qisqartirish bo‘yicha auditlar o‘tkaziladi hamda ilg‘or texnologiyalar transfer qilinadi. Bu borada “To‘rtinchi sanoat inqilobi markazi” tashkil qilinadi.

Markaz negizida robototexnika, internet buyumlari, “aqlli fabrika” kabi “Industriya 4.0” yechimlarini sanoat korxonalarida joriy etish uchun “tartibga solish mexanizmi” yaratiladi.

Bunda, korxonalar yangi texnologiyalarni ishlab chiqarishga joriy qilishdan oldin ularni sinovdan o‘tkazish imkoniga ega bo‘ladi.

Akkreditatsiya, metrologiya va standartlashtirish sohalaridagi islohotlarimiz natijasida O‘zbekiston “Global sifat infrastrukturasi” indeksida so‘nggi ikki yilda 15 pog‘ona yuqorilab, 52-o‘ringa ko‘tarildi (185 ta davlat ichida).

Ular shunday mahsulotni o‘tgan yilga nisbatan oshirsa, ko‘paygan mahsulot hajmi qiymatining 5 foizi miqdorida subsidiya beriladi. Korxona mutaxassislarining ilmiy-tadqiqot va konstruktorlik ishlanmalaridan olgan daromadi soliqdan ozod qilinadi.

Ana shunday islohotlar orqali kelgusi besh yilda sanoatda mehnat unumdorligi 30 ming dollarga yetkaziladi va 1 ming dollarlik qo‘shilgan qiymat yaratishga ketadigan energiya sarfi 1,5 barobar kamaytiriladi.

Shavkat Mirziyoyevning Murojaatnoma davomida ma’lum qilishicha, bu yil IT, fintex, sun’iy intellekt kabi yo‘nalishlardagi mahalliy startaplarga xorijdan 270 million dollar investitsiya jalb qilindi.

Shuningdek, keyingi yildan “Raqamli startaplar” dasturini kengaytirib, “startap g‘oyasidan to eksportgacha” ko‘maklashadigan yangi tizimni yo‘lga qo‘yilishi aytildi. Bunda, xususiy startap markazlarini tashkil etish uchun Yoshlar jamg‘armasidan besh yil muddatga 5 milliard so‘mgacha foizsiz ssuda berilishi ta’minlanadi.

Oliygohlarning o‘zida qoladigan mablag‘larning 10 foizi ham inkubatsiya markazlarini rivojlantirishga yo‘naltiriladi. 

Bundan tashqari, Markaziy bankda Fintex ofisi va Innovatsion xab tashkil etilib, unga Singapurdan mutaxassislar jalb qilinadi. Bu orqali yiliga 15-20 ta fintex startapni tashqi bozorga olib chiqish, ularga jami 1 milliard dollar investitsiya jalb qilish imkoniyati yaratiladi.

Umuman, venchur fondlar, startaplar, fintex kabi yangi moliyaviy instrumentlar bozorini rivojlantirish, bu sohadagi barcha ishtirokchilar huquqlarini qonun bilan kafolatlab qo‘yish zarurligi ma’lum qilindi.

Shu sababli davlat Rahbari Parlament Hukumat bilan birgalikda “Muqobil investitsiya jamg‘armalari to‘g‘risida”gi qonunni 1-martgacha ishlab chiqishini bildirdi.

Murojaatnoma davomida davlat Rahbari iqtisodiyotda o‘sishni ta’minlash va sanoatni modernizatsiya qilish maqsadida mehnat unumdorligi va energiya samaradorligini oshirishga qaratilgan loyihalarni yo‘lga qo‘yishini ma’lum qildi. IT, fintex va sun’iy intellekt sohalarida startaplar va inkubatsiya markazlari qo‘llab-quvvatlanadi, venchur fondlar va moliyaviy instrumentlar rivojlantiriladi. Bundan maqsad – ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish, raqamli va innovatsion texnologiyalarni targ‘ib qilish hamda xalqaro investitsiyalarni jalb qilish orqali sanoat va iqtisodiyotni yangi bosqichga olib chiqishdir.


O‘zbekiston


														
														Prezident Shavkat Mirziyoyevning Tonggi tarovat yurtiga tashrifi samimiy uchrashuv va suhbatlarga boy bo‘ldi

Prezident Shavkat Mirziyoyevning Tonggi tarovat yurtiga tashrifi samimiy uchrashuv va suhbatlarga boy bo‘ldi

Birinchi “Markaziy Osiyo – Koreya Respublikasi” sammiti doirasida davlatimiz rahbari mintaqa davlatlari rahbarlari bilan mul…
09:06 / 17.09.2026

														
														Samarqandda bolalar kelajagi bo‘yicha Butunjahon sammiti o‘tkaziladi

Samarqandda bolalar kelajagi bo‘yicha Butunjahon sammiti o‘tkaziladi

21–22-oktyabr kunlari Samarqandda bolalar farovonligi va ularning kelajagiga oid dolzarb masalalarga bag‘ishlangan Butunjaho…
08:57 / 17.09.2026

														
														17-sentyabr kungi ob-havo ma’lumoti

17-sentyabr kungi ob-havo ma’lumoti

Toshkent shahrida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat ke…
17:17 / 16.09.2026

														
														Saida Mirziyoyeva Administratsiyadagi jamoa bilan yirik loyihalarni muhokama qildi

Saida Mirziyoyeva Administratsiyadagi jamoa bilan yirik loyihalarni muhokama qildi

Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva jamoa bilan muhim yo‘nalishlar va yaqin istiqbolda amalga oshirilishi …
12:41 / 16.09.2026

														
														O‘zbekistonda “Umra” ziyorati bilan bog‘liq firibgarlik holatlari fosh etildi

O‘zbekistonda “Umra” ziyorati bilan bog‘liq firibgarlik holatlari fosh etildi

O‘zbekistonda fuqarolarni “Umra” ziyoratiga yuborish va’dasi bilan bog‘liq ikki noqonuniy holat fosh etildi. Bu haqda Davlat…
10:41 / 16.09.2026

														
														“Amir Temur xiyoboni” metro bekatida badbo‘y hid sababi ma’lum qilindi

“Amir Temur xiyoboni” metro bekatida badbo‘y hid sababi ma’lum qilindi

Toshkentdagi “Amir Temur xiyoboni” metro bekati hududida tarqalayotgan noxush hidga shahar oqova suv tarmoqlaridagi nosozlik…
10:32 / 16.09.2026

														
														Jizzaxda bolani urib yuborishiga sal qolgan Gentra haydovchisi jazolandi

Jizzaxda bolani urib yuborishiga sal qolgan Gentra haydovchisi jazolandi

Jizzax viloyati Forish tumanida Gentra haydovchisi piyodalar o‘tish joyidan o‘tayotgan bolani urib yuborishiga sal qoldi. Ho…
10:00 / 16.09.2026

														
														“9 soat”ning siri nimada?

“9 soat”ning siri nimada?

Seulda O‘zbekiston Prezidenti vatandoshlar bilan uchrashuvda “Prezident bo‘lib meni nima qiynaydi? Menga vaqt yetmaydi”, ded…
09:30 / 16.09.2026

														
														“Atirgul” tanlovi g‘oliblari e’lon qilindi

“Atirgul” tanlovi g‘oliblari e’lon qilindi

Kuni kecha O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi tashabbusi bilan Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi hamkorligida  xotin-qiz jurnal…
09:22 / 16.09.2026

														
														Zo‘ravonlikka javob berish tizimi takomillashtirilmoqda.

Zo‘ravonlikka javob berish tizimi takomillashtirilmoqda.

O‘zbekistonda xotin-qizlarga nisbatan zo‘ravonlik holatlariga javob berish mexanizmlarini takomillashtirishga qaratilgan yan…
08:16 / 16.09.2026

Bu ham qiziq

Zelenskiy: Rossiya samolyotim Moldova havo hududida bo‘lganida ikki marta dron uchirgan

Zelenskiy: Rossiya samolyotim Moldova havo hududida bo‘lganida ikki marta dron uchirgan

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiya uning prezidentlik samolyoti Moldova havo hududida bo‘lgan vaqtda ikki marta d…
10:47 / 16.09.2026
O‘zbekistonning barcha 6 ta jamoasi shaxmat Olimpiadasini g‘alaba bilan boshladi.

O‘zbekistonning barcha 6 ta jamoasi shaxmat Olimpiadasini g‘alaba bilan boshladi.

O‘zbekiston Samarqanddagi shaxmat olimpiadasida oltita jamoa bilan ishtirok etmoqda. 1-turda erkaklarning uchta jamoasi Yama…
08:25 / 17.09.2026
Oʻzbekiston Prezidenti Koreya Respublikasidagi vatandoshlar bilan uchrashdi

Oʻzbekiston Prezidenti Koreya Respublikasidagi vatandoshlar bilan uchrashdi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Koreya Respublikasiga davlat tashrifi chogʻida ushbu mamlakatda mehna…
17:32 / 15.09.2026
Turkiyada oila va bolalarni himoya qilish bo‘yicha keng ko‘lamli operatsiya boshlandi

Turkiyada oila va bolalarni himoya qilish bo‘yicha keng ko‘lamli operatsiya boshlandi

Turkiyada “Oilam himoyada” (Ailem Güvende) operatsiyasi doirasida 162 nafar gumondor, 9 ta uyushma va 13 ta kompaniyaga nisb…
10:44 / 15.09.2026
“9 soat”ning siri nimada?

“9 soat”ning siri nimada?

Seulda O‘zbekiston Prezidenti vatandoshlar bilan uchrashuvda “Prezident bo‘lib meni nima qiynaydi? Menga vaqt yetmaydi”, ded…
09:30 / 16.09.2026
Prezident Shavkat Mirziyoyevning Tonggi tarovat yurtiga tashrifi samimiy uchrashuv va suhbatlarga boy bo‘ldi

Prezident Shavkat Mirziyoyevning Tonggi tarovat yurtiga tashrifi samimiy uchrashuv va suhbatlarga boy bo‘ldi

Birinchi “Markaziy Osiyo – Koreya Respublikasi” sammiti doirasida davlatimiz rahbari mintaqa davlatlari rahbarlari bilan mul…
09:06 / 17.09.2026
Samarqandda bolalar kelajagi bo‘yicha Butunjahon sammiti o‘tkaziladi

Samarqandda bolalar kelajagi bo‘yicha Butunjahon sammiti o‘tkaziladi

21–22-oktyabr kunlari Samarqandda bolalar farovonligi va ularning kelajagiga oid dolzarb masalalarga bag‘ishlangan Butunjaho…
08:57 / 17.09.2026
16-sentyabr kungi ob-havo ma’lumoti

16-sentyabr kungi ob-havo ma’lumoti

16-sentyabr kuni respublika bo‘ylab biroz bulutli ob-havo kuzatiladi, yog‘ingarchilik kuzatilmaydi, faqat respublikaning tog…
17:14 / 15.09.2026
Farg‘onada obodonlashtirish mansabdorlari 158,7 mln so‘m budjet mablag‘larini talon-toroj qilgani aniqlandi

Farg‘onada obodonlashtirish mansabdorlari 158,7 mln so‘m budjet mablag‘larini talon-toroj qilgani aniqlandi

Farg‘ona viloyatining Qo‘shtepa tumanida Obodonlashtirish boshqarmasi mas’ul shaxslari tomonidan 158,7 mln so‘mlik budjet ma…
14:45 / 15.09.2026
Litva osmonida xavf: NATO qiruvchilari dronni urib tushirdi

Litva osmonida xavf: NATO qiruvchilari dronni urib tushirdi

15 sentyabr kuni NATO qiruvchi samolyotlari Litva havo hududiga kirgan dronni urib tushirdi. Bu haqda Litva Prezidenti Gitan…
11:06 / 15.09.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!