Ertaga, 20-yanvar kuni faqat Farg‘ona vodiysi viloyatlarida kechasi va ertalab yomg‘ir va qor ko‘rinishidagi yog‘ingarchilik saqlanib turadi. O‘zbekistonning qolgan hududlarida yog‘ingarchiliksiz ob-havo kuzatiladi. Ko‘pchilik hududlarda havo harorati kechasi 0-5 daraja sovuqqacha pasayadi, kunduzi 3-8 daraja iliqni, shimolda kechasi 8-13 daraja sovuqni, kunduzi 0-5 daraja iliqni tashkil etadi.
21-yanvar, yakshanba kuni mamlakatimiz hududida ochiq va quyoshli ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Harorat kechasi 0-5 daraja sovuq atrofida bo‘lishi saqlanib turadi, kunduzi 7-10 daraja iliqqacha ko‘tariladi, respublika shimolida kechasi 5-10 daraja sovuqqacha, kunduzi 2-7 daraja iliqqacha bo‘ladi.
20-21-yanvarda shimolda va cho‘l hududlarda ba’zi joylarda shamol tezligi 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin.
Toshkent va Namangan viloyatlarining tog‘li hududlarida ushbu kunlarda qor ko‘chishi xavfi bor.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!