AQSh prezidenti Jo Bayden Xalqaro jinoyat sudining Isroil bosh vaziri Benyamin Netanyaxu va sobiq mudofaa vaziri Yoav Galantni hibsga olish to‘g‘risidagi qarorini g‘azabli deb atadi.
“Xalqaro jinoyat sudi Isroil rahbariyatini hibsga olish to‘g‘risida order berish juda dahshatli. Yana bir bor aniqlik kiritishga ijozat bering: Biz har doim Isroil bilan uning xavfsizligiga tahdidlarga qarshi turamiz”, – degan Bayden o‘z bayonotida.
Payshanba kuni Xalqaro jinoyat sudi Netanyaxu va Galantni G‘azo sektoridagi harbiy jinoyatlar uchun hibsga olish to‘g‘risida order berdi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!