Navoiy viloyatining Konimex tumanida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi oqibatida 4 kishi vafot etdi. Bu haqda “Millar” dasturida xabar berildi.
Hodisa joriy yilning 22-fevral kuni yuz bergan. Avtomashinada 22 yoshli yigit va uning sheriklari boʻlgan. Avtohalokatdan so‘ng olingan videolar ijtimoiy tarmoqlarda ham tarqalgandi. Unda avtomashina YTHdan so‘ng ayanchli holga kelib qolgani aks etgan.
Navoiy viloyati IIB ma’lum qilishicha, hodisa oqibatida ikki nafar fuqaro voqea joyida, yana ikki kishi esa shifoxonada vafot etgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, avtohalokatga quvib o‘tish qoidalarini buzish sabab bo‘lgan.
Ayni paytda holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, tergov harakatlari olib borilmoqda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!