Yaqin Sharqda davom etayotgan harbiy nizo sabab Bahrayn, Quvayt, Suriya, Iroq, Eron, Qatar, Isroil, Iordaniya, BAA va Livan havo hududlari vaqtincha yopildi. Shu bois 28-fevraldan boshlab O‘zbekistondan Dubay, Sharja, Madina, Doha, Jidda, Tel-Aviv, Tehron va Quvayt yo‘nalishlaridagi reyslar bekor qilindi. Natijada 28-fevral – 2-mart kunlari 1 681 nafar fuqaro ucha olmadi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev topshirig‘iga ko‘ra, Transport vazirligi va aviakompaniyalar hamkorligida fuqarolarni qaytarish choralari ko‘rildi, “O‘zaviatsiya”da 24/7 shtab tashkil etildi.
Hozirga qadar Madina va Jiddadan 21 ta reys bilan 4 948 nafar, Dubaydan esa 235 nafar yo‘lovchi O‘zbekistonga olib kelindi.
Ma’lumotlarni faqat aviakompaniyalarning rasmiy manbalari orqali aniqlashtirish tavsiya etiladi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!