Belgiyalik futbolchi Chempionlar ligasidagi g‘alabani nishonlash chog‘ida “Real” muxlislariga murojaat qildi.
“Real Madrid” muxlislari, men bu yerda 3 yildan beri ishlayapman, juda ko‘p jarohatlar, juda ko‘p turli narsalarni boshdan kechirdim...
Lekin keyingi yil sizlar uchun yaxshi o‘yinlar ko‘rsatishga harakat qilaman”, – dedi yarim himoyachi.
Belgiyalik futbolchi so‘zini tugatgach, qolgan “Real” futbolchilari uni quchoqlab, uning atrofida sakrashga kirishdilar.
“Ishonchim komilki, keyingi yil meniki bo‘ladi”, – dedi Azar.
Ma’lumot o‘rnida, 31 yoshli futbolchi joriy mavsumda “Real” safida barcha turnirlar doirasida 23 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!